II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija http://interscience.uz/ 157
mashg`ulotlar olib borishni talab qiladi. Shaxsiy izlanishlar olib borish o`qituvchining pedagogik
mahoratini takomillash-tirishning muhim omili bo`lib hisoblanadi.
Boshlang`ich sinflarda ishlaydigan o`qituvchi vatanparvarlik burchini to`g`ri anglaydigan,
o`z ixtisosligiga doir bilimlarni chuqur biladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan,
dunyoviy, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol bo`lmog`i lozim. Shunki, o`quvchi
shaxsini rivojlantirishda o`qituvchining ahamiyati va ta’siri beqiyos. Chunki o`qituvchi o`quvchi
bilimlarini, tafakkurini o`stiradi, ijodiy qobilyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo`lib
qoladi.
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal
darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim
vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlardan biri to`garaklarning o`rni
benihoya katta.
To`garak — sinfdan tashqi havaskorlik ishlarining biror turiga umumiy maqsad va intilish
bilan birlashgan o`quvchilar jamoasidir. Har bir to`garak o`zining taxminiy ish rejasiga ega
bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
To`garaklarning mashg`ulotlari o`qishdan tashqari vaqtda, muntazam ravishda o`tkazilishi
lozim. Matematikadan o`tkaziladigan to`garakning mazmuni dars mashg`ulotlarida egallangan
bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo`lishi kerak. Shundagina sinfdan
tashqari mashg`ulotlar dars mashg`ulotlarining mantiqiy davomi bo`lib xizmat qila oladi.
Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarining husnixatga bo`lgan talabi alohida, muhim o`rin
tutadi. “Husnixat” togaraklarining asosiy vazifasi: O`quvchi so`zlarni xato qilmasdan yoza bilishi;
bo`g`inlab ko`chirishni; so`zni to`g`ri ko`chira bilishni; gaplarni ma’nosiga qarab to`g`ri tuzishni
o`z ichiga oladi. To`g`ri yozish malakasi har bir o`quvchi oldiga qo`yiladigan maqsad ekanligini
anglay bilishlari shart. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat sifatida ongli jarayonligicha
qoladi.
To`g`ri yozuv malakasini shakllantirish uchun o`quvchining fikrlash qobiliyati kengligi
talab qilinadi. Biroq to`g`ri yozuv hodisasini o`zlashtirish uchun o`quv va yodda saqlashgina emas,
balki tahlil, tarkib ham talab etiladi. Bunda grammatik va orfografik hodisalarning o`xshash va
farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash uchun shu imlodan foydalanish hamda so`z va so`z
formalarini ma’lum gramatik yoki grafik guruhlarga ajratish, muayyan sistemaga solish ,
tushuntirish va isbotlash mashqlaridan foydalanish muhim rol o`ynaydi. Shunday qilib
orfografiyani o`rganishda gramatikani o`rganish kabi o`quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini
asta takomillashtirib borish talab etiladi. O`quvchilarga t`og`ri yozuv malakalarini shakllantirish
grammatik nazariyani va imlo xato qoidasini o`zlashtirishga asosladi.
“Ifodali o`qish” to`garagining asosiy vazifalari quyidagicha:
O`qish malakasini takomillashtirish. O`quvshilarda yaxshi o`qishsizlik darajasi sifatlari:
to`g`ri, tez, ongli, ifodali o`qish malakalarini shakllantirish.
Bolalarda kitobga muhabbat uyg`otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni
olishga o`rgatish, ya’ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovshi,
sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.
O`quvchilarda atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy
dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
O`quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
O`quvchilar nutqi (asosan, og`zaki nutqi)ni va tafakkurini o`stirish.
Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Boshlang`ich ta’lim barcha fanlarning asosi negizi hisoblanadi. Har bir fan yo`nalishining
asoslarini boshlang`ich sinflarda o`rganiladi. Shu asosda “Atrofimizdagi olam” va
“Tabiatshunoslik” darslari ham kelgusida o`rganiladigan fizika, biologiya, zoologiya, ximiya,
astronomiya, geografiya kabi yana bir qancha fanlarga asos bo`ladi.