112
ijtimoiy siyosat mexanizmlarining aholini ijtimoiy muhofaza qilish uchun yetarli
emasligini ko‗rsatmoqda.
Tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi ish o‗rinlarini ochish
hisobidan aholi bandligini yanada oshirish, aholining muhtoj qatlamlari bandligini
oshirishni rag‗batlantirishga qaratilgan aktiv ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari
Oʻzbekiston
Respublikasini
yanada
rivojlantirishning
2017–2021-yillarga
mo‗ljallangan Harakatlar strategiyasining to‗rtinchi yo‗nalishida o‗z aksini topgan.
Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlariga
quyidagi xarajat
guruhlari kiradi:
iqtisodiyotga xarajatlar;
markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.
Davlat byudjetining iqtisodiyot sohalariga yo‗naltirilgan xarajatlari so‗nggi
yillarda jami xarajatlarning 8-10 foizi atrofida, markazlashgan investitsiyalarni
moliyalashtirish bilan bog‗liq xarajatlar esa o‗rta hisobda 10-11 foizni tashkil etgan.
Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari tarkibiga qishloq va suv xo‗jaligi
sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o‗rmon xo‗jaligi
xarajatlari, qishloq xo‗jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish
muassasalarining xizmatlariga haq to‗lash va ularni saqlab turish, hosildorligi past
yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini
yetishtiruvchi
fermer
xo‗jaliklarini
moliyaviy
qo‗llab-quvvatlash,
standartlashtirish
va
sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek,
geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari,
gidrometeorologiya
xizmati
muassasalarini
saqlab
turish,
atrof-muhit
va
landshaftning, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta‘minlash bilan bog‗liq
bo‗lgan xarajatlar kiradi.
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari tarkibiga respublika
vazirliklari, davlat qo‗mitalari va idoralari buyurtmachi bo‗lgan
markazlashtirilgan
investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari, jumladan: respublika iqtisodiyotini
rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha investitsiya loyihalari, davlat
maqsadli dasturlari va davlatlararo bitimlarni amalga oshirish; sug‗oriladigan yerlarni
tiklash va yangilarini o‗zlashtirish, suv xo‗jaligi qurilishi hamda kichik
gidroenergetikani rivojlantirish; aholi punktlarining
muhandislik infratuzilmasi,
birinchi navbatda, yakka tartibdagi qurilish massivlarini rivojlantirish; ta‘lim,
sog‗liqni saqlash, madaniyat obyektlari va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa
tarmoqlarini qurish; davlat ilmiy muassasalarini rivojlantirish; davlat boshqaruvi,
huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy muassasalarining
moddiy-texnika
bazasini rivojlantirish va mustahkamlash; umumdavlat tabiatni muhofaza qilish
tadbirlarini amalga oshirish va tabiiy ofatlardan himoya qiluvchi inshootlarni qurish
xarajatlari kiradi.
Barcha davlatlarning byudjet xarajatlari tarkibida mamlakatni boshqarish,
hukumat idoralarini saqlash bilan bog‗liq xarajatlar ko‗zda tutiladi. Oʻzbekiston
Respublikasi byudjet amaliyotida ham ushbu maqsadlarga yo‗naltiriladigan byudjet
mablag‗lari tarkibiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, prokuratura
va sud organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari
113
kiradi, bu turkum xarajatlar so‗nggi yillarda davlat byudjeti xarajatlarining 4,5-4,9
foizini tashkil qilib kelmoqda.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ―Boshqa xarajatlar‖ guruhi jami byudjet
xarajatlarining qariyb 15 foizini tashkil qilayotganligini ko‗rish mumkin.
Bunga
sabab, asosan respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan yirik xarajatlar, jumladan:
saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‗rish va ularni o‗tkazish bo‗yicha
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xarajatlari, shu jumladan,
okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda (BMT, YUNESKO va
boshqa tashkilotlar) ishtirok etish va a‘zolik badallarini to‗lash bilan bog‗liq
xarajatlar;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat ko‗rsatish va davlatning
kafolatli majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq xarajatlar;
davlat buyurtmasi bo‗yicha statistika ishlariga haq to‗lash xarajatlari;
jamoat tartibini saqlash, davlat xavfsizligi, bojxona organlarini saqlash,
mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta‘minlash kabi xarajatlar byudjet parametrlarida
―boshqa xarajatlar‖ guruhida aks ettiriladi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash va
uning sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilash maqsadida davlat
byudjeti xarajatlari orqali
iqtisodiyotda yalpi talabni rag‗batlantirishning ilg‗or usullari hamda mexanizmlaridan
foydalanish lozim. Bunda davlat byudjet xarajatlarini rejalashtirish va ijro etishning
zamonaviy vositalari va ilg‗or usullarini qo‗llashga alohida e‘tibor qaratish orqali
kelajakda davlat byudjeti xarajatlarining maqsadliligi va natijadorligiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: