438
tizimining barcha bo‗g‗inlari bilan byudjet-moliya qonunchiligi bilan tartibga
solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi.
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish,
iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‗rin
egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash, xalqimizning hayot
darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‗liq va samarali
amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini o‗rganish
har qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasi tizimida faoliyat qiluvchi
mutaxassislardan davlat byudjet munosabatlarini to‗g‗ri va samarali tashkil etish
mexanizmlarini puxta bilish va amaliyotda qo‗llay olish talab etiladi. Shu sababli
bakalavriatning ―Moliya‖ ta‘lim yo‗nalishi o‗quv rejasiga ―Davlat byudjeti‖ nomli
fan kiritilgan bo‗lib, ushbu fan dasturida davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyati, iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy aiyosatni amalga oshirishdagi
ahamiyati, byudjet tizimi va byudjetlararo munosabatlar tamoyillari, byudjet
daromadlarini shakllantirish va xarajatlarini amalga oshirish mexanizmlari, byudjet
jarayoni va byudjet nazoratini tashkil qilish, xorijiy davlatlar byudjet tizimi va
byudjet jarayonini tashkil etish masalalari qamrab olingan.
Ushbu o‗quv dasturida ―Davlat byudjeti‖ fanining predmeti, maqsad va
vazifalari, davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati, byudjet tuzulishi va byudjet
tizimi, davlat byudjetining huquqiy asoslari, davlatning byudjet-soliq siyosati,
byudjet tizimini boshqarish, byudjetlararo munosabatlar, byudjet tasnifi, davlat
byudjeti daromadlari tizimi, davlat byudjeti xarajatlari tizimi, byudjet jarayoni, davlat
byudjeti g‗azna ijrosini tashkil qilish, byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish asoslari,
davlat byudjetining ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari,
davlat byudjetining iqtisodiy tarmoqlar va markazlashtirilgan investitsiya xarajatlarini
moliyalashtirish, byudjet nazorati kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-
nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‗z aksini topgan. ―Davlat byudjeti‖ fanini chuqur
o‗rganish davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazivalarini amalga oshirishning moliyaviy
ta‘minoti, uni rejalashtirish va taqsimlash borasidagi muammolarni hal qilishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
―Davlat byudjeti‖ fanini chuqur o‗rganish byudjet jarayonini tashkil etish va
uning amaldagi mehanizmini hamda byudjet munosabatlarini to‗liq o‗rganishda
muhim rol o‗ynaydi.
―Davlat byudjeti‖ fani ―Moliya‖ ta‘lim yo‗nalishi uchun ixtisoslik fani
hisoblanib, ―Moliya‖ ta‘lim yo‗nalishida 3-kursning 6-semestrida va 4-kursning 7-
semestrida o‗qitilishi rejalashtiriligan.
Do'stlaringiz bilan baham: