O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Xorijiy davlatlarda ta‟lim tizimini moliyalashtirish tajribalari



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

14.7. Xorijiy davlatlarda ta‟lim tizimini moliyalashtirish tajribalari
 
Ta‘limtizmiga qilingan xarajatlar – inson omiliga investitsiyadir. Jamiyat va 
davlat bunday investitsiyalardan manfaatdor, chunki ta‘lim darajasini oshirish 
iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi, ijtimoiy muammolarni 
yumshatadi. Shuning uchun ham ta‘limga yo‗naltirilgan moliyaviy resurslar alohida 
ustuvorlik kasb etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim tizimiga ajratiladigan xarajatlar mamlakatlar 
YAIMining o‗tracha 3,5-5,5 foizini tashkil qilmoqda. Bu ko‗rsatkichning ko‗p yoki 
kam ekanligini bilish uchun quyidagi ma‘lumotga murojaat qilamiz: ―Mamlakatda 
ta‘lim tizimining barqaror rivojini ta‘minlash uchun mamlakat YAIMining 7-8 foizini 
safarbar qilish maqsadga muvofiq‖
102

14.2-jadval
Turli davlatlarda umumiy ta‟limga davlat ajratmalari
103
foizda
Ko„rsatkichlar
Buyuk 
Britaniya
AQSH
Fransiya
Yaponiya
Ta‘limga davlat xarajatlari, 
YaIMga nisbatan
5,5 
5,3 
5,7 
3,5 
Ta‘limga xarajatlar, davlat 
xarajatlariga nisbatan
12,5 
13,7 
10,6 
9,5 
Xarajat moddalari bo‗yicha 
muassasa xarajatlari:

102
FutaoHuang. Higher education financing: Trends and challenges. International Journal of Educational 
Development. January 2018, Pages 106-115
 
103
http://www.auditfin.comelektron manzilima‘lumotlari asosida tuzildi. 


226 
Xodimlarga ish haqi 
73,1 
71,8 
74,6 
79,7 
Smeta xarajatlari bo‗yicha: 
Joriy xarajatlar 
91,5 
88,8 
90,2 
90,3 
Kapital xarajatlar 
8,5 
11,2 
9,8 
9,7 
Mamlakatlar uchunkadrlar tayyorlash sohasi bir nechta sabablarga ko‗ra 
muhimdir. Birinchidan, bu mamlakat rivojlanishining yuqori darajalariga erishish 
yo‗lidagi muhim qadam hisoblansa, ikkinchidan, ta‘lim sifati va samaradorligi inson 
kapitalining yuqori salohiyatini belgilab beradi. Har bir mamlakatda kadrlar 
tayyorlashni moliyalashtirishning turlicha modellaridan foydalaniladi. Ayrim 
davlatlarda ta‘limni moliyalashtirishga asosan xususiy mablag‗lar yo‗naltirilsa, 
ayrimlarida bu sektor asosan davlat mablag‗lari hisobidan ta‘minlanadi. Keyingi 
yillarda mamlakatimizda ta‘lim sohasiga yo‗naltiriladigan davlat va xususiy sektor 
mablag‗lari o‗rtasidagi nisbat birmuncha o‗zgardi va xususiy manbalarning ustunligi 
kuzatilmoqda. 
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oliy ta‘limni moliyalash-
tirishning hajmi va usullari bir qator omillarga ko‗ra belgilanadi: 

mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi; 

oliy talim oldiga davlat va jamiyat qo‗yadigan vazifalar ko‗lami; 

mamlakatda qaror topgan milliy qadriyatlar va an‘analar; 

oliy talim muassasalarini tashkil etish va boshqarishning o‗ziga xosligi. 
Mana shu holatlar ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning milliy modelini 
shakllantirishga xizmat qiladi. 
Yaponiya, masalan AQSh, Kanada va Shvetsiyadagi kabi, barcha uchun 
barobar bo‗lmagan, aksincha, oliy maqomdagi oliy ta‘lim modeliga ega, davlatning 
ta‘limga xarajatlarining YaIMdagi ulushi sezilarli darajada past. AQSh, Kanada va 
Shvetsiyada oliy ta‘lim hamma uchun ochiq, lekin bu – mamlakat rahbar doiralari-
ning olib borayotgan siyosati, milliy an‘analarning natijasi hisoblanadi. Agar 
Yevropa mamlakatlari, xususan Frantsiya, Germaniya oliy ta‘lim tizimini davlat 
byudjeti hisobidan ustuvor darajada moliyalashtirib va davlat tomonidan nazorat 
qilib, bozor iqtisodiyotining salbiy ta‘siridan himoya qilsa, AQShda oliy ta‘lim 
an‘anaviy tarzda federal hukumatdan mustaqil, bozor tuzilmalari bilan muntazam 
aloqada faoliyat ko‗rsatadi, hatto davlat ta‘lim muassasalari ham pullik asosda 
faoliyat yuritadi.
Hukumat tomonidan ajratiladigan davlat grantlari, talabalardan ta‘lim uchun 
olinadigan haq, tijorat faoliyatidan olinadigan daromadlar – oliy ta‘lim muassasa-
larini mablag‗ bilan ta‘minlaydigan manbalar hisoblanadi. Turli mamlakatlarda bu 
manbalarning nisbati turlicha bo‗lib, bu nisbat har bir mamlakatda ma‘lum davrlarda 
o‗zgarib turadi. Ta‘lim muassasasi talabalari kundalik sarf-xarajatlarini o‗zlari 
ko‗taradilar. Buning uchun ota-onalarining mablag‗lari; hukumatdan olingan 
individual grantlar; talabalarga tarqatiladigan maxsus zaymlar; qo‗shimcha daromad-
lar kabi manbalar va imkoniyatlar mavjud. Shuni ta‘kidlash joizki, tizim, jamiyat 


227 
yoki qaysi mamlakatligidan qat‘iy nazar xarajatlar u yoki bu tarzda quyidagi to‗rt 
manbadan olinishi mumkin: ota-onalar, talabalar, soliq to‗lovchilar va ta‘lim 
muassasasi. Qayd etilgan moliyalashtirish manbalari ikki guruhga ajraladi: davlat va 
xususiy. 
Ko‗pgina xorijiy mamlakatlarda davlat byudjetini muvozanatlashtirish maqsa-
dida davlat xarajatlari hajmini qisqartirishga harakat qilinadi. Hatto G‗arbiy 
Yevropada moliyalashtirish nisbati hukumat grantiga nisbatan ochiq-oydin oliy o‗quv 
yurtining tijorat faoliyatidan yoki ta‘lim uchun to‗lovdan keladigan daromad tomon 
siljimoqda. Germaniya kabi mamlakatlarda ta‘lim uchun to‗lov amalda nominal 
tarzda belgilanadi, Buyuk Britaniyada esa ancha sezilarli darajada yuqori, lekin 
ko‗pchilik mamlakatlarda bu xarajatlarning og‗irligi talaba yashaydigan tuman yoki 
shahar hokimiyati zimmasiga tushadi, hukumat ta‘lim muassasalariga mustaqil tarzda 
ta‘lim uchun haq belgilashni taqiqlaydi. Hozirgi paytda bu tizim o‗zgarishlarga 
uchramoqda va tez orada ko‗pgina g‗arb mamlakatlarida ta‘lim uchun haq to‗lashni 
ta‘lim muassasalarining o‗zlari belgilaydi va moliyalashtirish asosan talabalar 
tomonidan amalga oshiriladi. Prognozlarga qaraganda, bu hol ta‘lim sifatini 
ko‗tarishga imkon beradi, chunki talabalar o‗zlari tanlagan o‗quv yurtlariga yuqori 
talab qo‗yadilar, ta‘lim muassasalari esa, o‗z navbatida, ta‘lim jarayoniga yuqori 
e‘tibor qaratadilar. Umuman olganda, ancha yuqori mehnat unumdorligi va aholining 
yuqori daromadini ta‘minlovchi yuqori darajadagi ta‘lim hisobidan jamiyat faqat 
yutadi, bu – ta‘lim xarajatlari bir qismini hukumat moliyalashtirishi ma‘qul 
ekanligining yaqqol dalilidir. Keyingi o‗rinda esa hukumatlarning e‘tiborini talabalar 
(ularning ota-onalari) tomonidan to‗lanadigan badallarning adolatli nisbatiga jamlash 
mumkin. Bugungi kunda ko‗pgina G‗arb mamlakatlarida bu nisbatda ko‗proq 
talabalar hisobidan moliyalashtirishning hissasi ortib, hukumatning salmog‗i kamayib 
bormoqda.
Ba‘zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish rivojlangan. Talabalar moliyaviy 
holatining keskinlashuvi bilan bog‗liq ziddiyat oqibat natijadao‗qish uchun 
xarajatlarning bir qismini o‗zining ish haqi hisobidan moliyalashtirishga o‗tishga olib 
keldi. Bu o‗qish muddatining uzayishi va ta‘limning ancha moslashuvchan modeliga 
talabning yuzaga kelishiga ta‘sir ko‗rsatdi. Ammo ta‘lim uchun talabalardan 
olinadigan haqhattoAQSh davlat ta‘lim muassasalaridagi ta‘limga sarflarning faqat 
20 foizini qoplaydi, xolos (xususiy ta‘limda 33%). Qolgan xarajatlar davlat va 
xususiy manbalardanmoliyalashtiriladi. Ko‗pgina mamlakatlarda oliy ta‘limni 
davlatdan moliyalashtirishda byudjet taqchilligi yildan yilga saqlanib qolmoqda. 
Shuning uchun ta‘lim muassasalariga moliyalashtirishning qo‗shimcha manbalarini 
izlab topish huquqi beriladi va bunda ularga har tomonlama yordam ko‗rsatiladi. 
Tijorat faoliyati quyidagi shakllarda olib boriladi: 

universitetmaydonlari va jihozlaridan konferentsiyalar va boshqa ommaviy 
tadbirlar o‗tkazishda foydalanish; 

ta‘lim muassasalari ko‗rsatadigan xizmatlardan yoki ularga tegishli yerdan 
foydalanuvchi firmalarni tuzish; 

ta‘lim muassasasi mutaxassislarining tijorat kompaniyalariga maslahatlar 
berishini ta‘minlash; 


228 

aholiga qo‗shimcha ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatish; 

buyurtmalar asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va boshqalar. 
Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizimni barpo etish yo‗lida 
amaliy qiyinchiliklar, masalan, foydani ta‘lim muassasalari va firmalar o‗rtasida 
taqsimlash borasida vujudga keladi. Ma‘lumki, agar universitet foydasining hamma-
siga ega chiqsa, bunday universitetda hech kim firma ochmaydi. Ta‘lim muassasa-
lariga tijorat faoliyatidan keladigan foyda qayta investitsiyaga yo‗naltirilsa, bunday 
hollarda ta‘lim muassasalariga beriladigan soliq imtiyozi sezilarli ahamiyat kasb 
etadi. 
Bino, laboratoriya, kutubxona, kompyuter markazlariga qo‗shimcha sarflarsiz 
va professor-o‗qituvchilarni qo‗shimcha jalb qilmay talabalar qabulini oshirish ta‘lim 
muassasalari samaradorligini oshirishning eng oson yo‗li hisoblanadi. Buni faqat 
ta‘lim muassasasiga jalb etilgan xodimlar ma‘qullagandagina oqlash mumkin. Biroq, 
ko‗pgina universitetlarning professor-o‗qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatida 
qatnashadilar yoki tadqiqot institutlari bilan bog‗langanlar, bunday yondoshuv 
cheklangan imkoniyatga ega. Obyektiv sabablarga ko‗ra, universitetning boshqa 
funksiyalarini cheklamay turib,o‗qituvchilar yuklamasini oshirish mumkin emas: 
talabalar soni faqat qo‗shimcha resurslar hisobigagina oshirilishi mumkin. Mana 
shuning uchun, masalan, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda 60-yillarda 
ta‘lim tizimi juda qimmatga tushgan usulda kengaytirildi – mutlaqo yangi ta‘lim 
muassasalari (asosan universitetlar) bunyod etildi. 
Ancha keyinroq quyidagi tadbirlarga asosan mutaxassislar yetishtirishga 
e‘tibor qaratildi: 

kurslar muddatini qisqartirish; 

akademik yilni yozgi ta‘limni ham qo‗shib oshirish; 

sirtqi va kechki ta‘limni ancha kengaytirishdan foydalanish; 

katta guruhlarda ma‘ruza o‗qish (bu tegishli moddiy bazasiz mumkin emas) 
va ko‗p sonli o‗qituvchilarni talab qilmaydigan ta‘limni qo‗shib olib borish; 

masofaviy o‗qitishdan ancha kam foydalanish. 
Shunisi ayonki, yetarlicha resurslar bilan yordam bermay turib, ta‘lim 
muassasalariga samaradorlikni oshirish borasida tazyiq o‗tkazish ham ta‘lim, ham 
ilmiy tadqiqotlar sifatining pasayish ehtimolini oshiradi. Mana shuning uchun 
samaradorlik ancha tez sur‘atlar bilan oshib borayotgan mamlakatlarda vaqti-vaqti 
bilan ham ta‘lim, ham ilmiy jarayonni barobar baholashga harakatlar amalga 
oshirilmoqda. 
Byudjet mablag‗lari haddan ziyod tejaladigan Yaponiya tajribasiga murojaat 
etaylik. Yaponiya ta‘lim tizimi mamlakat umumiy byudjeti uchun nisbatan arzon 
tushmoqda: Yaponiya hukumatining ta‘limga qiladigan sarfi yalpi milliy mahsu-
lotning 5,5-6 foizini, AQShda bu ko‗rsatkich 7,1 foizni, Buyuk Britaniyada esa 7,7 
foizni tashkil etadi. Shunga qaramay, yapon o‗quvchilari va talabalari ko‗pgina 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha boshqa mamlakatlardagi tengdoshlaridan o‗zib ketgan. 
Ko‗rinadiki, yapon ta‘lim tizimining asosiy ustunligi iqtisodga institutsional o‗ziga 
xoslikka, xususan, davlat va xususiy sektor nisbati va o‗quv yurtlarini moliyalashti-


229 
rishning o‗ziga xosligiga borib taqaladi: nodavlat sektorning ahamiyati boshlang‗ich 
ta‘limdan oliy ta‘limga tomon oshib boradi. 
Yaponiyada oliy ta‘lim barcha xohlovchilarga ochiq emas. U ham davlat, ham 
xususiy ta‘lim muassasalariga tayanadi. Yaponiyada davlat universitetlari asosan 
tabiiy-ilmiy, muhandislik fanlari bo‗yicha mutaxassislar tayyorlash bilan 
shug‗ullanadi; nodavlat universitetlar, qoidaga ko‗ra, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy 
ixtisosliklar bo‗yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Ko‗rinib turibdiki, 
davlat ko‗p sarf talab etadigan ixtisoslik bo‗yicha mutaxassis tayyorlashni o‗z 
bo‗yniga olmoqda: ma‘lumki, zamonaviy muhandisni tayyorlash, aytaylik 
huquqshunos yoki iqtisodchini tayyorlashdan ko‗ra qimmatga tushadi. Shunday qilib, 
ta‘lim tizimi bozorning nobarqarorligidan o‗zini muhofaza qiladi. Vaholanki, xususiy 
ta‘lim muassasalari ko‗p xarajattalab va nazariy fanlar bilan bog‗liq ixtisosliklar 
olishga qo‗yilgan boshlang‗ich mablag‗larning qaytmaslik xavfi tufayli rivojlanish 
imkoniyati pasayadi. 
Davlat ta‘lim standartlarini shunday belgilaydiki, nodavlat sektorida xarajatlar 
minimal darajaga keladi, bu ta‘lim uchun haqni pasaytiradi, nodavlat oliy ta‘limga 
talabni oshiradi. Natijada nodavlat universitetlarining soni ko‗payadi. Bunga 
dotatsiya siyosati ham, qimmat tushmaydigan ixtisoslikka o‗qitish uchun litsenziya 
berish va o‗qituvchi malakasiga talab ancha past ekanligi ham ko‗maklashadi. Bu ish 
haqini tejashga, xususiy universitetlarda bitta o‗qituvchiga to‗g‗ri keladigan talabalar 
sonining ko‗p bo‗lishiga imkon beradi. 
Shuni ta‘kidlash lozimki, yapon ta‘lim tizimi o‗z muvaffaqiyati uchun ham 
hukumat boshqaruvi darajasidagi, ham davlatning o‗zida, ham nodavlat ta‘lim 
tizimidagi menejment madaniyatining yuqoriligidan minnatdor bo‗lsa arziydi. 
Ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishning asosiy manbalari(davlat va xususiy 
manbalar)ga bag‗ishlangan manzaralarga qaytib, oliy ta‘lim tadqiqotchilari 
konsortsiumi va YuNESKOning Oliy ta‘lim bo‗yicha Evropa markazi (SEPES) 
ekspertlari fikrini keltirish o‗rinlidir. Ular sof davlat yoki mutlaqo xususiy tarzda 
ta‘lim muassasalarini moliyalashtirishdan ko‗ra aralash moliyalashtirish ancha 
samarali hisoblanadi, degan xulosaga kelganlar. Bu ham davlat, ham xususiy ta‘lim 
muassasalari uchun birdek samaralidir. Shu ma‘noda, AQSh ta‘lim muassasalarini 
moliyalashtirish tizimi e‘tiborga molik. 
Tarixan Amerikadagi ilk kollejlar xususiy korporatsiyalar tarzida shakllangan. 
Ular davlatdan mutlaqo mustaqil tarzda o‗z ta‘lim siyosati, standartlari va tartiblarini 
ishlab chiqqanlar. Ammo, IIJahon urushidan keyingi yillarda davlat ta‘lim 
muassasalaridagi talabalar miqdori muttasil oshib bordi. Agar 1950-yilda 
talabalarning 49 foizi xususiy kollej va universitetlarda ta‘lim olgan bo‗lsa, 
keyinchalik davlat mahalliy kollejlari tarmog‗ining kengayishi tufayli nisbat o‗zgardi: 
davlat ta‘lim muassasalaridagi talabalar ulushi 78 foizdan oshdi. 
Oliy ma‘lumot to‗g‗risidagi diplom beruvchi AQShdagi 3500 ta‘lim muassasa-
sining yarmidan ko‗prog‗i – xususiy korporatsiya hisoblanadi, moliyalash bo‗yicha 
mas‘uliyat homiylar zimmasiga yuklatilgan bo‗lib, ular mashhur sobiq bitiruvchilar 
va boshqa filantropik yordam ko‗rsatuvchilardan iborat. AQShdagi mashhur tadqiqot 
universitetlarining ko‗pchiligi – Garvard, Stenford, Stel, Chikago universitetlari va 


230 
boshqa nom qozongan kollejlar, xususan, Amxerst, Uilyams, Karetondagi ta‘lim 
muassasalari xayriyalarning sezilarli qismini oladilar va yuqori mavqega egadirlar. 
Bu ularga ta‘lim uchun yuqori darajada haq olish imkonini beradi (90-yillar boshida 
20 ming dollardan yuqori bo‗lgan). 
Keyingi o‗n yilliklarda AQShdagi xususiy ta‘lim muassasalarining soni 
davlatga qarashlilarnikidan ko‗ra tezroq oshib bordi, ammo, ulardagi talabalar soni, 
birinchi galda, ta‘lim uchun haq yuqoriligi, shuningdek, davlat ta‘lim muassasalarida 
ham ayni bir xil diplom olish mumkinligi tufayli qisqarib ketdi. Bundan tashqari, 
AQSh xususiy ta‘lim muassasalari o‗z hajmiga ko‗ra davlatnikidan ancha kichikdir. 
Amerika ta‘lim muassasalarini moliyalashtirish besh asosiy manbadan amalga 
oshiriladi: 

federal byudjet, shtatlar byudjetlari va mahalliy hokimiyatlardan 
ajratiladigan mablag‗lar; 

ta‘lim va xizmatlar uchun talabalarning to‗lovlari; 

ta‘lim muassasasining o‗z faoliyatidan oladigan daromadlari; 

filantropik tashkilotlar va ayrim xususiy shaxslar xayriyalari; 

xususiy tashkilotlar va shaxslar tuzgan maxsus jamg‗armalarda to‗plangan 
mablag‗lardan foizlar. 
Davlatning oliy ta‘limga yordami ta‘lim muassasasi umumiy daromadining 
o‗rtacha 40-45 foizini tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi: federal hukumat 
byudjetidan – 10-15 foiz, shtatlar byudjetidan – 25-30 foiz, mahalliy hokimiyat 
byudjetidan – 2-5 foiz. 
Federal yordam Amerikalik mutaxassislar xulosasi bo‗yicha, foyda olish 
maqsadida emas, balki zarurat tufayli shakllangan va ta‘lim bevosita milliy 
manfaatlarga xizmat qilishi va milliy qadriyatning ahamiyatli unsuri ekanligiga ko‗ra 
hozirgi darajasiga erishadi. 
Shuni aytish joizki, oliy ta‘limning davlat yoki xususiy sektor ko‗p yoki kam 
samaraliligi xususida birdek ma‘lumot va dalillarni uchratish qiyin. Xususiy ta‘lim 
muassasalari ulushi ustunroq bo‗lgan mamlakatlar ham asosan davlat ta‘lim tizimi 
shakllangan davlatlar erishgan natijalarni qo‗lga kiritmoqda va aksincha, xususiy 
ta‘limning keng tarqalishi na iqtisodda, na ta‘lim sohasida qoniqarli natijalarga olib 
kelmayotgan mamlakatlar ham mavjud. 
Shunday qilib, keyingi o‗n yilliklardagi klassik universitetlar taraqqiyoti 
umumjahon miqyosida oliy ta‘lim iqtisodiyotidagi quyidagi umumiy yo‗nalishlarni 
belgilash imkonini beradi: 
1. Yevropadagi ko‗pgina mamlakatlarda keyingi bir necha yillar mobaynida 
nisbatan (ayrim joylarda mutlaqo) oliy ta‘limni moliyalashtirishning pasayishi yuz 
berdi. Bu hol Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi umumiy iqtisodiy 
pasayish bilan bog‗liq. Dunyodagi yirik universitetlarning barchasi o‗z sarflarini 
faqat ijtimoiy sohalardagina emas, balki o‗z professorlarini xizmat safariga yuborish 
va taklif etilganlarni qabul qilishda ham qisqartirmoqdalar. Masalan, Germaniyaning 
faxri bo‗lgan Geydelberg universiteti barcha o‗quv-ilmiy laboratoriyalarining, ular 
universitetga qay darajada foyda keltirishi nuqtai nazaridan muntazam tahlilini 


231 
o‗tkazadi, tahlil natijalariga ko‗ra esa o‗zini oqlamagan ayrim laboratoriyalarini 
yopadi). 
2. Ko‗pchilik rivojlangan mamlakatlarning ta‘lim muassasalari davlat 
tomonidan moliyalashtiriladigan o‗quv-ilmiy va madaniy markazdan tobora ko‗proq, 
korporativ xususiyatlarga ega bo‗lgan bozor iqtisodiyotining iqtisodiy subyektiga 
aylanmoqda, shu jumladan, ular tarkibiy bo‗linmalarining samaraliligi va iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiqligini baholash olib borilmoqda. Universitetlarda 
ta‘limning qo‗shimcha, iqtisodiy jihatdan foydali bo‗lgan turli shakllarining soni 
ko‗paymoqda, ilmiy tadqiqotlar esa tobora amaliy xususiyat kasb etmoqda va 
firmalar yoki xususiy jamg‗armalar tomonidan moliyalashtirilmoqda; ta‘limning turli 
shakllarida mutaxassislar tayyorlash tannarxi bo‗yicha faol tadqiqotlar olib 
borilmoqda, ta‘lim uchun haq to‗lashning tabaqalashtirilgan variantlari ko‗rib 
chiqilmoqda. 
3. Ta‘lim muassasalari taklif etayotgan qo‗shimcha ta‘lim xizmatlarining 
keskin o‗sishi, shu jumladan, ta‘lim muassasasini tugatgandan keyin ham ta‘lim 
xizmatlarini ko‗rsatish. Bu jarayonni davlat ham rag‗batlantirmoqda, chunki yuqori 
malakali mutaxassisga ehtiyoj yuqoridir, bundan nodavlat sektori ham manfaatdor, 
chunki o‗z xodimlari malakasini oshirish ehtiyoji ham sezilarli darajada oshmoqda. 
Ta‘lim muassasalari ham iqtisodiy jihatdan qo‗shimcha ta‘lim ko‗rsatish tizimini 
rivojlantirishdan manfaatdor. Masalan, AQShda ta‘lim muassasalari diplom olgandan 
keyingi va qo‗shimcha ta‘lim xizmati ko‗rsatishdan bakalavriat ta‘limidan ko‗proq 
daromad oladilar. 
4. Ta‘lim muassasalarining tobora ko‗proq avtonom (mustaqil) bo‗lishga 
intilishi, ya‘ni ta‘lim muassasalari borgan sari davlat tomonidan kamroq darajada, 
asosan o‗zi ishlab topgan mablag‗ hisobiga moliyaviy resurslar bilan ta‘minlanmoq-
da, bu esa davlat tomonidan nazoratning kuchayib borishi bilan mutanosib ravishda 
olib borilmoqda. Ta‘lim muassasasi faoliyati ustidan muntazam nazorat qilish tartibi 
yaratilmoqda. AQShda davlat, akkreditatsiyalangan turli (kasbiy yoki hududiy) 
agentliklar ishini rag‗batlantiradi, Frantsiyada ta‘limni baholash bo‗yicha maxsus 
Milliy qo‗mita tuzilgan. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish