O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

 
Formuladagi umumta‘lim muassasasida sinf pog‗onalari bo‗yicha o‗quvchilar-
ning o‗rtacha yillik soni quyidagi formula asosida aniqlanadi: 
N =(N
1
*8+ N
2
*4)/12 yoki N =(2N
1
+ N
2
)/3 
(14.5.) 
Bunda: 
N - sinf pog‗onalari bo‗yicha o‗quvchilarning o‗rtacha yillik soni; 
N

–rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar holatiga sinf pog‗onalari bo‗yicha 
o‗quvchilar soni 
N

–rejalashtirilayotgan yilning 1-sentyabr holatiga sinf pog‗onalari bo‗yicha 
kutilayotgan o‗quvchilar soni 
8, 4, 12 – oylar soni. 
Byudjet xarajatlarini rejalashtirishda byudjet yili ta‘lim muassasalaridagi o‗quv 
yili bilan mos kelmaganligi bois, o‗quvchilar kontingentini aniqlovchi asosiy 
ko‗rsatkichlarning o‗rtacha yilligi hisoblanadi. O‗quvchilarning o‗rtacha yillik sonini 
hisoblashda rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar va 1-sentyabr holatiga bo‗lgan 
o‗quvchilar soni aniqlanadi: maktablarda 1-yanvardan to yangi o‗quv yili 
boshlanguniga qadar o‗quvchilarning o‗tgan yildan o‗tuvchi soni (8 oy davomida), 1-
sentyabrdan boshlab esa – o‗tgan o‗quv yilida o‗qishni bitirgan va yangi o‗quv yilida 
qabul qilinganlarni hisobga olgan holda aniqlangan o‗quvchilar soni amal qiladi (4 oy 
davomida). 


214 
Masalan,
agar yil boshiga maktabdagi o‗quvchilar soni 500 nafar, 1-sentyabrda esa 650 nafar 
bo‗lishi kutilayotgan bo‗lsa, u holda o‗quvchilarning o‗rtacha yillik soni quyidagicha 
aniqlanadi: 
 
Umumta‘lim muassasasi byudjetining umumiy hajmini aniqlash formulasidagi 
bazaviy xarajatlar normativlari va tuzatuvchi koeffitsientlar har moliyaviy yil uchun 
ishlab chiqiladi va ―Bazaviy xarajatlar me‘yorlari hamda ularga tuzatuvchi 
koeffitsientlarni qo‗llash asosida umumta‘lim maktablari byudjetini hisoblash 
bo‗yicha Nizom‖ning tegishli ilovalarida keltiriladi (bu me‘yorlar va koeffitsientlar 
viloyatlar bo‗yicha, har bir viloyatda - ta‘lim pog‗onalari, uyda ta‘lim oluvchilar va 
maktab qoshidagi internatlar bo‗yicha bir-biridan farq qilishi mumkin, bu tegishli 
hududlardagi tovar va xizmatlar narxidagi farqlarga bog‗liq). 
Umumta‘lim maktablarida bir o‗quvchiga bazaviy xarajatlar me‘yorlari 
tarkibiga quyidagi xarajat turlari kiritilgan:

O‗zbekiston Respublikasining amaldagi me‘yoriy hujjatlariga muvofiq, 
pedagog xodimlar, boshqaruv va o‗quv-yordamchi xodimlar mehnatiga haq to‗lash 
bilan bog‗liq xarajatlar, xodimlarni moddiy rag‗batlantirish Direktor jamg‗armasi, 
yagona ijtimoiy to‗lov; 

asosiy faoliyatidan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga yuborilgan 
pedagog xodimlarning o‗rniga ishlovchi pedagoglarga haq to‗lash bilan bog‗liq 
xarajatlar; 

umumta‘lim muassasalarini saqlash bilan bog‗liq boshqa xarajatlar (kommunal 
xizmatlarni to‗lash, joriy ta‘mirlash, materiallar sotib olish va b.). 
Ayrim turdagi xarajatlar bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga kiritilmasdan 
muassasa byudjetida alohida ko‗zda tutilishi mumkin. Masalan, turli yillarda bazaviy 
xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritilmagan: 

ko‗mir sotib olish va tashib keltirish; 

―Ziyo-net‖ ta‘lim tarmog‗iga ulanish va undan foydalanganlik uchun oylik 
abonentnik to‗lovi; 

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-
sonli ―Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‗naltirilgan tarzda 
qo‗llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‗ljallangan Dasturini amalga oshirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qaroriga muvofiq markaziy davriy nashrlarga obuna 
bo‗lish xarajatlari; 

o‗quv-laboratoriya sinflari uchun materiallar sotib olish; 

barcha turdagi kommunal xizmatlar iste‘moli hisoblagichlarini sotib olish va 
o‗rnatish; 

kuzgi-qishki mavsumda uzluksiz ishlashni ta‘minlash bilan bog‗liq ta‘mirlash 
ishlari, shu jumladan, isitish qozonlarini almashtirish va o‗rnatish. 
Yuqorida sanab o‗tilgan xarajatlar muassasalarga manzilli ro‗yxatlar asosida 
har bir ta‘lim muassasasining ehtiyojiga ko‗ra, xalq ta‘limi hududiy va moliya 
organlari tomonidan tasdiqlanadigan ro‗yxat asosida ajratiladi. 


215 
Bundan tashqari, qonun tomonidan alohida iqlim sharoitlari uchun ish haqiga 
hududiy koeffitsientlar o‗rnatilgan hududlarda joylashgan umumta‘lim maktablari 
smetalarida bazaviy xarajatlar me‘yorlari bo‗yicha aniqlangan mablag‗larga 
qo‗shimcha ravishda bu to‗lovlarni o‗rnatilgan tartibda to‗lash uchun mablag‗lar 
ko‗zda tutiladi. 
Bir o‗quvchiga moliyalashtirish me‘yorini hisoblashda viloyatlar bo‗yicha, har 
bir viloyatda – maktablarning masshtabi (ulardagi o‗quvchilar soniga ko‗ra katta-
kichikligi) va maktabni isitish tizimiga ko‗ra bir-biridan farq qiladigan quyidagi 
tuzatuvchi koeffitsientlar ishlatiladi: 

maktab masshtabi koeffitsienti; 

markaziy yoki gazli isitish tizimiga ega maktablar uchun koeffitsient. 
Kuni uzaytirilgan guruhlar(KUG)ni saqlash xarajatlari bunday guruhlar (bunda 
KUGdagi o‗quvchilar soni 25 tadan kam bo‗lmasligi kerak) mavjud bo‗lgandagina 
hisob-kitob qilinadi. KUGdagi bir o‗quvchiga bazaviy xarajat me‘yoriga KUGga 
qatnaydigan kam ta‘minlangan oilalardan chiqqan o‗quvchilarni ovqatlantirish 
xarajatlari kiritilgan bo‗lib, ularning soni KUGga qatnovchi o‗quvchilar sonining 15 
foizidan oshmasligi kerak. 
Nogiron bolalarga uyda dars beruvchi o‗qituvchilarga ish haqi to‗lash (yagona 
ijtimoiy to‗lovni ham hisobga olgan holda) va yo‗l haqi qiymatiga oylik 
kompensatsiya to‗lash xarajatlari ushbu maktabda bu toifadagi o‗quvchilar bo‗lgan 
taqdirda ularning o‗rtacha yillik sonini uyda o‗qitish bazaviy xarajat me‘yoriga 
ko‗paytirish yo‗li bilan hisoblanadi. 
Maktab qoshidagi internatda yashaydigan bir o‗quvchiga bazaviy xarajat 
me‘yori maktabdan ancha uzoqda yashagani uchun umumta‘lim maktabi qoshida 
yashovchi bolalarning yashashi uchun mo‗ljallangan internat mavjud bo‗lganda 
qo‗llaniladi. Bunda maktab qoshidagi internatda yashovchi bir o‗quvchiga bazaviy 
xarajat me‘yori maktab-internatdagi bolalarni saqlash uchun qonun bilan o‗rnatilgan 
to‗lov miqdorini va maktab-internatda yashovchi o‗quvchilar kontingentining 15 
foizdan ko‗p bo‗lmagan qismini ushbu to‗lovdan ozod qilishni hisobga olgan holda 
ishlab chiqilgan. 
Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvalini tuzish va pedagogik xodimlarni tarifi-
katsiyalash umumta‘lim maktabi rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) bilan birga 
qat‘iy tartib va hajmlari bazaviy xarajat me‘yorlari asosida aniqlangan mablag‗lar 
doirasida amalga oshiriladi. 
Ish haqi xarajatlarini rejalashtirish. Ta‘lim tizimida jon boshiga moliyalashti-
rish amaliyoti umumta‘lim muassasalari faoliyatining so‗nggi natijalariga qaratilgan 
bo‗lib, mamlakat miqyosida milliy darajada amalga oshirilayotgan boshqa 
tashabbuslar (masalan, ta‘lim tizimi xodimlari ish haqlarini oshirish, ularni rag‗bat-
lantirish mexanizmlarini takomillashtirish) bilan uyg‗unlikda ta‘lim xizmatlarining 
sifati va samaradorligini oshirishga turtki bo‗lmoqda. 
Bugungi kunda maktab faoliyatida muhim bo‗lgan masalalardan biri – pedagog 
va pedagog bo‗lmagan boshqa xodimlarga haq to‗lash masalasi qator me‘yoriy-
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bular: 


216 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-noyabrdagi ―Xalq ta‘limi 
xodimlari mehnatiga haq to‗lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy 
rag‗batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-227-son qarori; 

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Xalq talimi xodimlari 
mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 2005-
yil 21-dekabr 275-son Qarori; 

Xalq ta‘limi vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining 
2005-yil 26-dekabrdagi №315/№4984-sonli qo‗shma buyrug‗i bilan tasdiqlangan 
―Umumta‘lim maktablari o‗qituvchilari va rahbar xodimlari yuklamasini aniqlash va 
taqsimlash bo‗yicha yo‗riqnoma‖; 

O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvardagi 03, 01/23-sonli qo‗shma 
buyrug‗i 
bilan 
tasdiqlangan 
―Umumta‘lim 
muassasalari 
o‗qituvchilarini 
tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‗yicha metodik ko‗rsatmalar‖; 

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-dekabr 275-
son Qarori bilan tasdiqlangan ―Umumta‘lim muassasalarining o‗rnak ko‗rsatgan 
xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasi to‗g‗risida nizom‖. 
Byudjet amaliyotida xalq ta‘limi muassasalari, shu jumladan, umumta‘lim 
maktablari xodimlari mehnatiga haq to‗lash xodimlarni tarifikatsiya qilish asosida 
amalga oshirilib, uning natijasiga ko‗ra, tarifikatsiya ro‗yxati tuziladi. Tarifikatsiya 
ro‗yxati quyidagi ko‗rsatkichlarni aks ettiradi: 

o‗qituvchilarning nasl-nomasi; 

malaka toifasi; 

ma‘lumoti va u haqidagi hujjat ma‘lumotlari; 

dars beradigan fanlari; 

qaysi sinflarda dars berishi (boshlang‗ich, yuqori); 

oylik lavozim okladi (bazaviy tarif stavkasi); 

o‗quv va pedagogik soatlar soni; 

asosiy ish haqiga qo‗shimcha va ustamalar. 
O‗qituvchilar tarifikatsiya ro‗yxati Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvar 03, 01/23-sonli 
qo‗shma buyrug‗i bilan qabul qilingan ―Umumta‘lim muassasalari o‗qituvchilarini 
tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‗yicha metodik ko‗rsatmalar‖ 
asosida tuziladi.
O‗qituvchining umumiy yuklamasi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son Qarori bilan tasdiqlangan ―Xalq ta‘limi 
xodimlariga haq to‗lash to‗g‗risidagi Nizom‖ asosida aniqlanadi. Umumiy yuklama 
o‗quv va pedagogik yuklamalardan iborat bo‗lib, bir yilga 1548 soatni tashkil etadi
98

O‗quv yuklama me‘yori boshlang‗ich sinflarda 18 soatni, yuqori sinflarda 20 
soatni tashkil qiladi. Shuning uchun pedagogik stavkalar soni boshlang‗ich va yuqori 
sinflar bo‗yicha alohida hisoblanadi.

98
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-y. 21-dekabr 275-son Qarori bilan tasdiqlangan ―Xalq 
ta‘limi xodimlariga haq to‘lash to‘g‗risida‖gi Nizomga muvofiq. 


217 
Pedagogik yuklama o‗rnatilgan o‗quv yuklamasiga praporsional ravishda 
boshlang‗ich sinflarda 1,0 va yuqori sinflarda 0,8 koeffitsientlarni qo‗llash orqali 
aniqlanadi. (Namunaviy reja bo‗yicha o‗qituvchining umumiy oylik yuklamasi 154,8 
soatni tashkil etadi. Haftalar soni bir oyda 4,3 hafta hisobida belgilangan. 
Boshlang‗ich sinf o‗qituvchisining 1,0 stavkasi uchun haftalik umumiy yuklamasi 36 
soatni tashkil etadi, shundan o‗quv yuklamasi – 18 soat, pedagogik yuklama – 18 
soat, yuqori sinf o‗qituvchisining 1,0 stavkasi uchun haftalik umumiy yuklamasi 36 
soatni, shundan 20 soat o‗quv yuklamasi va pedagogik yuklama - 16 (20

soatni tashkil etadi
99
.) 
Tarifikatsiya ro‗yxatida, ta‘kidlanganidek, har bir o‗qituvchining bir oylik 
lavozim okladi aks ettiriladi. Umumta‘lim maktablari pedagogik xodimlarining oylik 
lavozim okladlari har bir xodimning lavozimi va malaka toifasi uchun o‗rnatilgan 
bazaviy tarif stavkasi hamda qonun bilan belgilangan qo‗shimchalar va ustamalar 
asosida shakllanadi. 
Bazaviy tarif stavka quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 

yagona tarif setkasi asosida aniqlangan tarif stavkasini; 

qonun bilan belgilangan tarif stavkasiga o‗rnatilgan doimiy ustama va 
qo‗shimchalarni;

pedagog va rahbar xodimlarning alohida toifalari ish haqiga kompensatsion 
to‗lovlarni. 
Pedagog xodimlar bazaviy tarif stavkalari: 

xodimning lavozimiga; 

xodimning malaka toifasiga; 

ta‘lim muassasasining tipiga bog‗liq ravishda tabaqalashtirilgan bo‗ladi. 
Xalq ta‘limi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Adliya vazirligi 
hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan birgalikda 
tasdiqlangan ―Pedagogik va rahbar xodimlarni attestatsiyadan o‗tkazish va malaka 
toifalarini berish tartibi to‗g‗risidagi Nizom‖ga muvofiq, xalq ta‘limi xodimlariga 
quyidagi malaka toifalari berilishi mumkin: 

o‗rta maxsus, kasbiy (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga 
muvofiq bo‗lgan) ma‘lumotga ega bo‗lgan, 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish