Tayanch tushunchalar:
QG tarkibiy qismi tushunchasi, hokim va tobe gaplar,
QG tasnifi, ma‘noviy munosabatlar, shakl va mazmun orasidagi nomutanosiblik.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Абдураҳмонов Ғ., Холиѐров Х. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. –
Т., 1979.
2. Нурмонов А., Маҳмудов Н. в.б. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси – Т.,
1992.
3. Сайфуллаева Р. Ўзбек тилида қўшма гапларнинг формал – функционал
тадқиқи. – Т., 1994.
4. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III.
– Т., 2006.
5. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.QG tarkibi deganda nima tushuniladi?
2.Hokim va tobe gaplarni ta‘riflang.
3. QG tarkibiy qismlarining o`zaro tobelanishi haqida ma‘lumot bering.
4. Qanday ma‘noviy munosabatlar QG tarkibiy qismlari orasida ifodalanadi?
5. QGlarda shakl va mazmun munosabatining voqelanishini tushuntiring.
14-ma’ruza. Uyushgan gaplar. Uyushgan gaplarning
lisoiniy – sintaktik xususiyatlari.
Reja:
1.
Uyushgan gaplarning lisoniy tizimda tutgan o`rni.
2.
[Pm] uyushtiruvchi vosita sifatida.
3.
[WPm] uyushtiruvchi vosita sifatida.
4.
[W] yoki [Pm] kengaytiruvchilari bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar.
Uyushgan gaplarning lisoniy tizimda tutgan o`rni.
O`zbek tilshunosligida
uyushish hodisasi bilan bog`liq uchta hodisa mavjud:
Gapda uyushgan so`zshakllar
qo`shma gapdagi uyushiq gaplar
Uyushgan gaplar.
Uyushiqlik umumiy holat bo`lib, sodda gapga ham, qo`shma gapga ham
xosdir. Sodda gapda so`zshakllar uyushib kelsa, qo`shma gapda so`zshakllar, sodda
gaplar uyushib keladi.
Aytilganidek, uyushiklik ikki birlik (unsur)dan iborat bo`ladi:
Uyushtiruvchi unsur.
UyuShuvchi unsur.
Bu ikki unsur barcha uyushish hodisalarida mavjud bo`ladi.
Xo`sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gaplardan nimasi bilan farqlanadi?
Ma‘lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funktsional shakllangan
bo`lishi lozim. Shu bois ular kesimga ega bo`lib, bu kesim WPm (kesimlik
ko`rsatgichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki WP (semantik-funktsional
shakllangan gap) tarzida bo`lishi lozim. WPm sodda gaplarda bitta, qo`shma
gaplarda esa birdan ortiq bo`ladi.
Quyidagi gaplarni qiyoslaylik:
1. Ukang rasm Chizar edi. Bu gapning lisoniy qolipi quyidagicha: [E QWPm]
2.Ukam rasm Chizar edi va singlim televizor ko`rar edi gapining qolipi esa
quyidagicha: [E – WPm] va [E – WPm]
Ko`rinadiki, birinchi gapda WPm va uning kengaytiruvchilari majmui bitta,
ikkinchi gapda ikkita va ular o`zaro teng bog`lovchi yordamida bog`langan. Endi
uchinchi gapga diqqat qilaylik:
Ukam rasm Chizar va singlim televizor ko`rar edi. Bu oldingi gapimizdagi
kesimlarning W qismlari o`zgarmasdan saqlanganligi va Pm qismi bittaga
qisqarganligi bilan undan farqlanadi. Demak, gapda W lar ikkita va Pm bitta
bo`lib, u ikkita W uchun ham umumiydir. Shu boisdan uni qavsdan tashqariga
chiqarish mumkin. Bu gapning qolipi quyidagi ko`rinishi quyidagicha: [((E1-
W1)va(E2-W2 ))Pm]
Ko`rinadiki, bitta umumiy Pm ga ega bo`lgan birdan ortiq W dan tashkil
topgan gaplar ham tilimizda mavjud. Bunday gaplar uyushgan gaplar deyiladi.
Yo`l-yo`lakay Shuni aytib o`tish kerakki, uyushgan gaplar uyushiq kismli
qo`shma gaplardan farqlanadi. Buning uchun quyidagilarni qiyoslaymiz:
1. Bahor kelsa, bog`lar yashnasa, sayilga chiqamiz. Gapning qolipi: [((E1-
WPm)- (E2-WPm)-(E3-Pm)]
2.Bahor kelsa, bog`lar yashnaydi va sayilga chiqamiz. (E1–WPm1) ((E2–
WPm2)(E–WPm))
Bu ikkala gap uyushiq qismli qo`shma gapdir. Birinchi gapda ergash gaplar
(Bahor kelsa, bog`lar yashnasa) uyushib, bosh gapga tobelanib kelgan. Ikkinchi
gapda esa bosh gaplar (bog`lar yashnaydi va sayilga chiqamiz) uyushib kelgan va
ergash gap (bahor kelsa) ularga bab-baravar tegishlidir. Bular uyushiq gaplardir.
Ma‘lum bo`ladiki, uyushiq gaplar qo`shma gaplar tarkibida bo`ladi.
Uyushgan gaplar esa o`zbek tilida sodda va qo`shma gaplar orasidagi alohida
sintaktik qurilmadir. U kesimdagi W si birdan ortiqligi bilan qo`shma gapga,
Pmning bittaligi bilan esa sodda gapga yaqinlashadi.
Sodda va qo`shma gapni belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan
kesimning mavjudligidir. Eganing bor-yo`qligi, ifodalangan-ifodalanmaganligi
ahamiyatsizdir. Uyushgan gaplarni belgilashda esa bosh omil ikkita:
Bitta shakllangan kesimning mavjudligi.
Birdan ortiq uyushgan eganing mavjudligi.
Bu xususiyatlari bilan uyushgan gaplar egali sodda gaplardan ham (Jahongir,
Jamshid, Isroil o`qidi), uyushiq kesimli sodda gaplardan ham (egasi yo`q yoki bor
bo`lsa bitta, kesimning lug`aviy qismi birdan ortiq, Pm qismi bitta - (Ular borgan va
ko`rgan edilar, qolipi [W-W] Pm]) farqlanadi.
Shakl vazifaviy talqinda uyushiq kesimli sodda gaplarda, demak, ega bitta
Pm qismlari umumiy bo`lgan kesimlar birdan ortiq bo`ladi. Aytilganlar asosida
sodda gap, uyushiq kesimli sodda gap, qo`shma gap, uyushiq kesimli qo`shma gap
va uyushgan gaplarning eng kichik struktur sxemalarini beramiz: (qulaylik uchun
eng kichik qurilish qoliplarini berish ma‘qul. Chunki, WPm da ular (W va Pm) ning
kengaytiruvchilari ham mujassamlangandir.
Sodda gap : [WPm]
Uyushiq kesimli sodda gap : [W1 + W2]Pm
Qo`shma gap : [WPm U WPm]
Uyushgan qismli qo`shma gap [([WPm] →[WPm]),[WPm]]
yoki: (WPm]→([WPm],[WPm]).
5. Uyushgan gap. [((E –W2),(E2–W2)) Pm]
Uyushgan gaplarga misollar keltiramiz: 1.Otam rais, onam brigadir bo`lgan
edi. 2.Do`kondorlarning ba‘zilari kitob o`qib, ba‘zilari tasbeh o`girib, ba‘zilari
esnab o`tirishardi. 3.Uning qo`llari ishda, ko`zi Shudgorda, ammo xayoli Zebixonda
edi. 4. Chakkasi tirishib, ko`zi qizarib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |