O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Formal va sistemaviy (struktural) sintaksis



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/122
Sana07.11.2022
Hajmi1,8 Mb.
#861967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Formal va sistemaviy (struktural) sintaksis
. Formal sintaksis bevosita 
kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisalarni o`rganadi. Boshqacha aytganda, u 
yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosilalar bilan band bo`lib, 
umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birliklarni (nutqiy 
birliklarning lisoniy tomonini) o`rganishni sistemaviy (struktural) sintaksis hukmiga 
havola etadi. Shuningdek, formal sintaksis kitob va o`qimoq so`zlari orasidagi 
sintaktik aloqani ham tekshiradi. Zero, bundagi o`qimoq fe‘lining tuShum 
kelishigidagi so`zni boshqaruvi ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisadir. 
Lekin bu aloqa uchun [o`qi] leksemasining biriktirish imkoniyati bo`lmish ob‘ekt 
valentligi bevosita kuzatishda berilmagan. Bu esa struktural sintaksis tomonidan 
tekshiriladi. 
Struktural sintaksis tadqiqotlari uchun formal sintaksis tomonidan qo`lga 
kiritilgan yutuqlar zamin, poydevor vazifasini o`taydi. Demak, an‘anaviy sintaksissiz 
struktural sintaksisning bo`lishi mumkin emas. Shakliy–tavsifiy sintaksis esa 
struktural sintaksissiz ham ish ko`raveradi. Zero, struktural sintaksis mohiyatni tadqiq 
etar ekan, buning uchun hodisalar jamlangan bo`lishi kerak. Hodisani jamlash uchun 
esa struktural sintaksis tiklaydigan mohiyatga ehtiyoj sezilmaydi. 
Har bir nutqiy parchada turli sath hodisalari qorishgan holda voqelanadi. 
Masalan, ―Salim keldi‖ gapida fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so`zlar), 
morfologik (grammatik shakllar) va uslubiy (masalan, so`zlovchining munosabati 
yoki uslubiy betaraflik) sathlar o`z izini qoldirgan. Formal sintaksis nutqiy parchani 
Shu holida, turli mohiyatlar zarralarining qorishmasi sifatida o`rganadi va uning 
qorishmaligiga e‘tibor qaratmaydi. Struktural sintaksis esa nutqiy parchada qorishiq 
holatdagi sintaksisga daxldor bo`lmagan jihatlarni e‘tibordan soqit qiladi. SHakily–
tavsifiy sintaksis keltirilgan gapni muayyan (aniqlik) sifatida e‘tirof etsa, struktural 
sintaksis unda turli hodisalar qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini 
hisobga olgan holda mavhum (noaniq)lik sifatida qaraydi. qorishiq hodisalar 
chetlashtirilgan mohiyat ―tozalangan‖ligi uchun struktural sintaksis tomonidan 
muayyanlik, bevosita kuzatishda berilmaganligi uchun esa u formal sintaksis 
tomonidan mavhumlik sifatida qaraladi. 
Demak, shakliy–tavsifiy sintaksis asosiy diqqatini hodisalarning zohiriy 
(bevosita kuzatishda berilgan) tomoniga, struktural sintaksis esa botiniy (bevosita 
kuzatishda berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular bir-birini ham taqozo, ham 
inkor etadi. Formal sintaksis hodisalar bilan, sistemaviy sintaksis mohiyatlar bilan 
Shug`ullanadi deb ularning vazifalarini butunlay qarama-qarshi qo`yish yaramaydi. 
Chunki an‘anaviy sintaksis mohiyatga intilganligi kabi sistemaviy sintaksis ham faqat 
an‘anaviy sintaksis to`plagan hodisalargagina tayanadi. Bunda shakily–tavsifiy va 
sistemaviy sintaksisning o`rganish manbalari jihatdan qarama-qarshiligi so`nadi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish