Satosi Nakamotu
» niki
ostida ishlaydigan tadbirkorlik sub’ektlariu bir necha yil oldin million bitkoin bilan
birga g‘oyib bo‘lgandeb hisoblashadi. Shuningdek, avvalroq buzilgan uskunalarda
«
yonib
» ketgan kriptovalyutalar haqidagi axborotlar ham paydo bo‘lgan. Albatta,
hozir tizim ancha havfsiz, elektron pullar qimmatlashuvi foydalanuvchilarni bu
masalaga jiddiyroq yondashishga majbur qiladi, lekin risk baribir mavjud.Mayning
qilish uchun esa kriptovalyutani «
mayning
» qiladigan asbob-uskunalar hamda
tegishli dastur xarid qilish talab etiladi. Ko‘plab ijobiy fikrlarga qaramay, mayning
uskunalari bitkoinni juda ham katta miqdorlarda «
jalb qilmaydi
». Kriptovalyuta
fermasi egasi, uskunani kriptotizimga ular ekan, ushbu tizimdagi tranzaksiyalar
haqidagi axborotni saqlaganligi uchun qandaydir miqdorda mukofot oladi.
145
3.3. Raqamli iqtisodiyot sharoitida moliya-bank tizimining transformatsiyasi
Hozirgi kunda jahon moliya-bank tizimida birinchi navbatda, raqamli
iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar va vositachilarsiz
kreditlash kabi elementlarning bozordagi ulushi shiddatli o‘sishi bilan bog‘liq
bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Birinchi navbatda, mobil to‘lovlar
(
2010 yildan 2016 yilgacha har yili qariyb ikki baravar o‘sgan
) va bir-birini (
peer-
to-peer – P2P
) kreditlash (
oxirgi 3 yil ichida AQSHda 15 baravar o‘sgan va 2015
yil aylanmasi $78 mlrd dollarga etgan
) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi. Ma’lumki,
an’anaviy faoliyat sohalaridan farqli ravishda, internet-kompaniyalarning bozor
bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya qanchalik ko‘p foydali
ma’lumotlar to‘plagan bo‘lsa, mahsulot (
yoki hizmat
) ishlab chiqarish shunchalik
arzonlashadi.Hozirgi kunda o‘zining ofislari va bankomatlariga ega bo‘lmagan
raqamli banklar va moliyaviy muassasalar sonining jadal sur’atlar bilan o‘sishi
kuzatilmoqda. Raqamli banklarning (
digitalbanking
) asosiy konsepsiyalari qatoriga
mijozlarga
yo‘naltirilganlik, konsortsium konsepsidanraqamli banking
kontseptsiyasiga o’tish,
CRM
(
Customer Relationship Management
) ning
rivojlanishi, mijozlarga bo’lgan ishonchning o’sishi, takliflarni shaxsiylashtirish va
harakatchanlik hususiyati kiradi. Raqamli banklar hizmatlari zamonaviy insonlar
hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil qurilmalar, ijtimoiy
tarmoqlar, axborot servislari, elektron tijorat, internet-savdo va boshqalarga kirib
borishda kuzatiladi. Raqamli bank o‘z mijozlarigaraqamli kanallardan foydalangan
holda turli xildagi raqamli ko‘rinishdagi mahsulot va hizmatlarni taklif qiladi.
Bunday bank infratuzilmasi raqamli kommunikatsiyalar uchun optimallashtirilgan
bo‘lib, hozircha raqamli texnologiyalarning tez almashinuviga unchalik tayyor
emas. Bunday banklarning asosiy vazifalari qatoriga mijozning hisobraqamlari
holati va amalga oshirigan operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan habardor qilish,
uning uchun eng yaqin bo’lgan bank bo‘linmasi, bankomat, almashinuv punkti
yoki avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan tashqari, raqamli bank o’z mijozlariga
shunday onlayn-servis taqdim etishi lozimki, ubarcha platformalarda ishlay olsin
146
va o’z faoliyatini asosanmobil qurilmalarga yo‘naltirilsin.Banking raqamli
modelini takomillashtirishning yettita asosiy yo‘nalishini ko’rsatishimiz mumkin:
omnikanallik va foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish;
axborotni boshqarishning yangi usullari va vositalarini ishlab
chiqish;
ochiq API tizimidan foydalanish;
moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat;
mobil to‘lovlarning rivojlanishi;
banking sohasidagi innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy qilish;
faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish.
Raqamli hizmat ko‘rsatishga to‘la-to’kis o‘tish nafaqat banklarga, balki
xilma-xil bank hizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalana oladigan
iste’molchilarga ham foyda keltiradi (
masalan, harajatlarning pasayishi, muloqot
doirasini qamrab olish imkoniyati, moslashuvchanlik, mijozni yaxshiroq
bilish
).Respublika bank tizimida zamonaviy AKT dasturiy-texnik vositalariga
asoslangan innovatsion texnologiyalar faol joriy qilinmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Markabiy bank Boshqarmasining bank tizimi faoliyati yakunlari
bo‘yicha kengaytirilgan majlisida qayd etilishicha, moliya hizmatlari strukturasida
bank hizmatlarining ulushi 88%ni tashkil qilgan va oldingi yillar bilan
taqqoslaganda 1,2 baravarga o‘sgan. Bundan tashqari, 2019 yil uchun bank tizimi
hizmatlari sonini kengaytirish va sifatini yaxshilash, bu sohaga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy qilish bo‘yicha muayyan
vazifalar belgilab berilgan.Respublikada masofadan turib ko‘rsatiladigan bank
hizmatlaridan muntazam foydalanadigan mijozlar ulushi ko‘plab qulay omillar
tufayli og’ishmay o‘smoqda. Aholining moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi va
naqdsiz hisob-kitoblarga ishonmaslik bank hizmatlari ko‘rsatishning raqamli
kanallari tez tarqalishiga to‘sqinlik qilaypati. Shuningdek,ta’kidlash joizki,
banklarning
raqamli
hizmatlarga
o‘tishiuzoq muddatli va serharajat,
aksiyadorlarlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlashni, katta miqdordaпш mablag‘lar
147
ajratishni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Hozirgi kunda banklar o‘z
mijozlariga bir qator onlayn-hizmatlar va masofaviy bank hizmatlarini
ko‘rsatmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankio‘z mijozlariga
quyidagi onlayn-hizmatlar taklif qilmoqda:
1) bank operatsiyalari haqida SMS orqali xabardor qilish;
2) amalga oshirilgan amallar to’g’risida elektron pochta (
e-mail
) orqali
xabardor qilish;
3) mijozlar uchun personal
IVR
-kabinet tashkil qilish.
Mijozlarga masofaviy bank hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar taklif
qilish amaliyotining ko‘rsatishicha, mahalliy banklarcheklangan turdagi onlayn-
hizmatlartaklif qilmoqda, shuningdek, bank faoliyatini iste’molchilar talablariga
nisbatan ommalashtirish jarayoni juda sekinlik bilan ro‘y bermoqda. Agar mahalliy
banklarraqamli kanallar bo‘yicha xilma-xil moliyaviy hizmatlar taqdim etadigan
bo‘lsa, iste’molchilarbank servislaridan istalgan vaqtda va istalgan joyda
foydalanish imkoniga ega bo‘lgan bo’lar edilar. Mijozlarga masofaviy bank
hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida
quyidagi choralar ko‘rish taklif etiladi:
1) yangi texnologiyalar yordamida banklar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi
masofani qisqartirish;
2) mijozlar bilan interfaol usulda ishlagan holda bank servislarini munazam
maslahat asosida tashkil qilish va rivojlantirish;
3) an’anaviy banklar va professional tashkilotlar o‘rtasida raqamli
texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kollaborativ munosabatlar ishlab chiqish va
ularni hayotga tadbiq etish;
4)
mijozlarni
bank
operatsiyalari
o‘tkazishda
yangi
raqamli
texnologiyalardan foydalanishga jalb qilish.
Bank hizmatlarining innovatsion turlarini bank tizimiga faol joriy qilish
uchun respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish
zarur bo‘lib, buning uchunnafaqat investitsiyalar, balki raqamlashtirish sohasida
bizdan o‘zib ketgan rivojlangan mamlakatlar tajribalarini yaxshilab o’rganish ham
148
zarur.Bank sanoati – shiddat bilan raqamli rivojlanishga bo’lgan yorqin
misollardan biri bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |