128
qilish va avtomatlashtirish yuqorida qayd qilingan qator ustunliklar keltirishga
qodir bo’ladi, shu jumladan:
• tezlik o’sishi (
boshdan-oxir avtomatlashtirish
);
• harajatlarning kamayishi (
amalda bu cheksiz ma’lumotlar hajmini qayta
ishlash markazlariga yetkazish bilan bog‘liq vabunda qimmatga tushadigan
vositachilar istisno qilinadi
);
• foyda, natijaviylik va yoki unumdorlikni oshirish (
ortiqcha resurslarni
ulardan takroriy foydalanish uchun bo‘shatish
);
• samaradorlikni oshirish (
kiritilgan nazorat reglamentlari va inson omilining
ta’sirini pasaytiradigan boshqa protokollar
);
• axloqiylik va havfsizlikni oshirish (
shaxsiy ishonch talab qilinmaydi, chunki
ishonch tarmoq arxitekturasiga kiritilgan bo‘ladi
);
• tizimning ishdan chiqish ehtimoli pastroq (
zaif jihatlarni bartaraf qilish,
ishdan chiqishga chidamlilik
);
• energiya iste’moli pastligi (
energiya sarfi tarmoqning o‘zi tomonidan
yo‘qotishlarni pasaytirish va samaradorlikni oshirish, dinamik narx shakllantirish
va teskari aloqa sirtmoqlari bilan qoplanadi
);
• shaxsiy axborotlarning himoya qilinishini yaxshilash (
vositachilar
blokcheynda berilgan qoidalarni buzishi yoki pisand qilmasligi mumkin
);
• «
cheksiz ma’lumotlar
» to‘plash va tahlil qilish
tufayli ularni yaxshilash
imkoniyatlari, jarayonlar va qonuniyatlarni yaxshiroq tushunish;
• turli xildagi ham salbiy (
noqulay ob-havo, zilzila, sog‘liq bilan bog‘liq
muammolar
), ham ijobiy (
qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun qulay vaqt, xarid
shablonlari
) hodisalarni bashorat qilish imkoniyatlarini yaxshilash.
Taqsimlangan ochiq biznes model shuni anglatadiki, kompaniya bozorni tark
etadigan yoki ishlab chiqaruvchi xonavayron bo‘ladigan bo‘lsa ham,buyumlar
Interneti tarmoqlari o‘zini-o‘zi qo‘llab-quvvatlab turishi mumkin. Blokcheyn
texnologiyasi istalgan shaxsga o‘zining rivojlanishi va gullab-yashnashiga
yo’naltirilgan yo‘l xaritasini tuzishga imkon beradi. Raqamli iqtisodiyotda ishtirok
etish uchun eng oddiy shartlar – uyali aloqa telefnoi va internetga ulanish
129
imkoniyati
yetarli
boladi.Yuqorida
ta’kidlaganimizdek,
blokcheyn
texnologiyasihar bir kishiga iqtisodiy munosabatlar qatnashchisi bo‘lish imkonini
beradigan biznes-modellar yaratishga imkon beradi.Blokcheyn kompaniya
yaratishning uchta tarkibiy qismi bor –
uni tashkil qilish, moliyalashtirish va uni
bozorda ilgari surishni atvomatlashtirish, soddalashtirish va sezilarli darajada
takomillashtirish. Kelejakda bunday kompaniyani tashkil qilish qiymati sezilarli
darajada pasayadi, chunki blokcheyn – korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishning
mashhur va ishonchli usuli hisoblanadi. Mulk hamma uchun ko‘rinarli,
qaydlar
yuritish esa oson, bu ayniqsa, qonunchilik bilan tartibga solish qiyin bo‘lgan
sohalarda foydali bo’ladi. Ishonchli va o‘zgarmas registrlar tufayli, tadbirkorlar o‘z
korxonalarini va korporativ aktivlarga egalik qilishni ro‘yxatdan o‘tkazishi, tovar
zaxiralari va majburiyatlarini boshqarishi, shuningdek, uch karralik buxgalteriya
hisobi yoki blokcheyndagi boshqa ilovalar uchun dasturiy ta’minot
yordamida
boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlardan foyda olishi mumkin, bu esa auditorlar,
soliqqa tortish bo‘yicha mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni ancha kamaytiradi.
Smart-shartnomalar tufaylitadbirkor kompaniya faoliyatining ko‘plab jihatlarini
avtomatlashtirishi mumkin, chunonchi: xaridlar, mehnatga haq to‘lash, kredit
bo‘yicha foiz, real vaqt rejimida moliyaviy auditni amalga oshirish.
Bizning
fikrimizcha, yaqin kelajakda blokcheyn texnologiyasi yordamida yakka tartibdagi
tadbirkorlikning ikkita yangi biznes modeli yuzaga kelishi mumkin:
- ortiqcha narsalarni dozalangan tarzda ijaraga olish va ijaraga berish.
Blokcheyn texnologiyasi yordamidagi biznes model individual shaxslarga
noan’anaviy qiymat yaratish va daromad olishga imkon beradi.
- ma’lumotlarni mikromonetarizatsiyalashtirish. Dekret ta’tilidagi ota-ona va
kichkina bolalar yoki keksa ota-onaga qarash bilan band bo‘lgan boshqa oila
a’zolari nihoyat o‘z uy mehnatini monetarizatsiyalashtirishi va ular har soat
yaratadigan qiymat uchun e’tirofga ega bo‘lishi mumkin.
- raqamli «
aqliy hujum
». Muammolar yoki qandaydir
ehtiyojlarni aniqlash
maqsadida real vaqt rejimida davlat amaldorlari va oddiy fuqarolarning biror bir
130
masala yoki muammo haqidagi fikrlarini aniqlaydigan«bitta odam – bitta ovoz»
ko’rinishidagi onlayn-sessiyalar tashkil qilish mumkin;
- qasamyod qilgan onlayn hakamlar va oddiy fuqarolardan iborat bahs-
munozaralar o’tkazilishi ham mumkin. Hakamlar axborot bilan o‘rtoqlashish,
savollar berish, muammolarni muhokama qilish, dalil-isbotlarni bilib olish uchun
Internetdan foydalanadilar. Blokcheyn nufuz tizimlari munozara qatnashchilari va
hakamlar nufuzi haqidagi ma’lumotlarni va ularning tarjimai
holini bilib olishga
yordam beradi. Qarorlar va muhokamalar blokcheynda qayd qilinadi;
Blokcheyn texnologiyasi hukumatning harajatlari hajmini ancha qisqartirishi
mumkin, lekin buning uchun ko‘plab sohalarda yangi qonunlar kerak bo’ladi.
Mualliflik huquqlari va intellektual mulk muammolarini hal qilish uchun ham
texnologik va biznes-modellar mavjud. Shu sababli, patentlarning ortiqcha himoya
qilinishi tufayli innovatsiyalarni nobud qiladigan eski qonunlarni qayta yozish yoki
ulardan umuman voz kechish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: