458
gipotezalarni testlashtirish jarayonida qandaydir qiymatga ega bo’lgan
va ishlay
oladigan biznes taklifi hosil bo‘ladi. Agarda interv’yu o’tkazilgan 100 nafar
shaxsdan 60-70 tasi muammo mavjudligini ko‘rsatsa, buni yaxshi natija deb
hisoblash mumkin bo‘ladi.
Kompaniyaning bozorda o’z joyini (
pozitsyyasini
) egallab olish maqsadidagi
marketing bilan bog’liq hatti-xarakatlariga bozorda o’zining o’rnini topishni,
raqobatbardishlilikni oshirishi va aqlga muvofiq
ravishda marketing chora-
tadbirlarini rejalashtirishni kiritish mumkin. U yoki bu magsulot yoki hizmatning
bozordagi o’rni uning bozorda egallagan joyi, qismi, narx siyosati,
iste’molchilarning
bundan
qoniqqanliklari
darajasi,
haridorlarning
bu
mahsulotlarga befarq emasligi kabi korsatgichlar bilan aniqlanadi. Marketing
bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassis Philip Kotlerning fikriga ko’ra, bozorda o’z
joyini (
pozitsyyasini
) egallab olish kompaniya
obrusi va uning imidjini
tashkillashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar majmuasi bo’lib, bu orqali
maqsadli iste’molchilar guruhi tassavvurida kompaniya to’g’risida ijobiy fikr hosil
qilishdir. Mahsulot yoki hizmatning bozorda o’z joyini (
pozitsyyasini
) egallab
olishi pirovard natijada maqsadli auditoriya ongiga nima uchun bozordan huddi
shu kompaniyaning tovari yoki hizmatini sotib olish maqsadga muvofiqligini
tushuntirishni o’z ichiga qamrab oladi. Demak, mahsulot yoki hizmatning
bozordagi o’rni – ayni zamon va makonda bozorbop
taklifni ishlab chiqish va
uning iste’molchilar ongida ijobiy obrazini yaratishdir. Bozordagi o’rinni egallash
- bozorni o’rganish va undagi mavjud talablarga muvofiq ravishda mahsulot yoki
hizmat haqidagi fikrlni iste’molchilar ongiga singdirishdir. Bunda kompaniya
bozorda yo’q bo’lgan mahsulot yaratishi yoki mavjud mahsulotni
mukammalashtirgan holda taqdim etishi yoki mavjud mahsulotlarga o’xshash
mahsulotlar ishlab chiqarishi mumkin. Sotuvning eng asosiy elementi kompaniya
mahsulotining raqobatchilar mahsulotlaridan ijobiy farqidir.
Startap uchun bozorda o’z joyini egallashida bozor holatini to’g’ri baholashdir.
Investorlar uchun o’sayotgan bozorlarda ishlash afzal hisoblanadi. Kompaniya
459
mahsulotlariga hozircha bozor bo’lmagan holatlar ham uchrab turadi.
Startap
uchun tavakkalchilkni baholashning bir nahca usuli mavjud:
Tavakkalchilkni „yuqoridan“ baholash usuli
– bunda tahlil uchun bozor
bo’yicha umumiy ma’lumotlar olinadi. Masalan, Rossiyada 30 mingdan
ortiq internet-magazinlar bo’lib, ularning 26% qismi startap ishladigan
dasturiy ta’minotdan
foydalanadi va demak, ular kompaniyaning mijozlari
bo‘lishlari mumkin.
Tavakkalchilkni „pastdan“ baholash usuli
– bunda tahlilda kichik
raqamlardan kattalariga o’tiladi. Masalan bitta foydalanuvchini jalb qilish $5
ga tushsa, byudjet $10 000 dollar bo’lganida 2000 ta foydalanuvchini jalb
qilish mumkin bo’ladi. 2000 ta foydalanuvchi esa $28 000
kirim keltiradi,
bu esa bozorning 3% ini tashkil qiladi.
Shuni ham aytish kerakki, investorlar „pastdan“ hisoblash natijalariga ko’proq
ishonadilar. Agarda „yuqoridan“ va „pastdan“ deb nomlangan usullar bir hildagi
natija bersalar, bu bozorni baholash to’g’ri bo’lganini anglatadi. Bozor va maqsadli
auditoriya to’g’risida ma’lumotlar analitik hisobotlardan, raqobatchi saytlarga
kirganlar
sonini aniqlash vositasida, maqsadli auditoriyani interyu qilish orqali
yoki qidiruv natijalari statistikasi vositasida yohud bu soha bo’yicha
mutaxassislashga kompaniyalar (
Do'stlaringiz bilan baham: