Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish" kafedrasi "soliqlar va soliqqa tortish"


-chizma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha



Download 419,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana06.11.2022
Hajmi419,85 Kb.
#861337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi va uni undirish taritibi 2

2-chizma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha 
beriladigan imtiyozlarning guruhlanishi
8
 
Jumladan, Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning 
quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi: 

moddiy yordam summalari: favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan 
moddiy yordam summalari — to’laligicha; vafot etgan xodimning oila a’zolariga 
yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy 
yordam summalari — eng kam ish haqining o’n ikki baravarigacha miqdorda; 
boshqa hollarda – eng kam ish haqining o’n ikki baravarigacha miqdorda;

yo’llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to’liq yoki qisman qoplash 
summalari, turistik yo’llanmalar bundan mustasno; 

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining O’zbekiston Respublikasidan 
tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet tashkilotlaridan chet el 
valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida 
belgilangan summalar doirasida; 

vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar 
bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari 
ko’magida amalga oshirilayotgan bo’lsa;
8
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. -T.: Adolat. 2010.
Jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig’i bo’yicha beriladigan 
imtiyozlarni guruhlash
jismoniy 
shaxslarning soliq 
solinmaydigan 
daromadlari 
jismoniy shaxslarni 
soliq solishdan
 
to’liq 
ozod qilish 
jismoniy shaxslar 
soliq solishdan 
qisman ozod qilish 



soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’laganidan keyin xususiy korxona 
mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xo’jaligi boshlig’i ixtiyorida 
qoladigan foyda summasi; 

O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul 
mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat 
pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg’alarining qiymati, 
shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo’la beriladigan pul 
mukofoti;

xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun 
sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti; 
donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot 
muassasalari xodimlari oladigan summalar; 

jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-
mulkni sotishdan olinadigan daromadlar; 

uy xo’jaligida, shu jumladan dehqon xo’jaligida etishtirilgan hayvonlarni 
(qoramol, parranda, mo’ynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda 
hamda ularni so’yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta 
ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va 
dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali 
bog’dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno; 

xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum 
tarzidagi sovrinlarning qiymati; 

yuridik shaxslardan olingan, soliq davrining oxiridagi holatga ko’ra belgilangan 
eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, bir yil 
mobaynidagi eng kam ish haqining olti baravari miqdorigacha bo’lgan summadagi 
sovg’alarning qiymati; 

jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekin olingan pul 
va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot 
va san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat 


namunalari mualliflarining merosxo’rlariga (huquqiy vorislariga) to’lanadigan pul 
mukofotlari mustasno; 

davlat zayomining obligatsiyalari bo’yicha yutuqlar, shuningdek O’zbekiston 
Respublikasining davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlar, lotereya bo’yicha 
yutuqlar; 

xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek ilmiy-
texnika hamkorligi sohasidagi O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari 
doirasida bevosita jismoniy shaxs grant beruvchidan yoki O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
tomonidan 
vakil 
qilingan 
fan 
va 
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo’yicha organning xulosasi 
bo’lgan taqdirda, yuridik shaxsdan — grant oluvchidan olgan grant summasi; 

olingan alimentlar; 

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining sug’urta bo’yicha oladigan 
summalari; 

ta’lim muassasalarida o’qiyotganlarga to’lanadigan, ularga qonun hujjatlarida 
davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda shu muassasalar tomonidan 
tayinlanadigan stipendiyalar. 

Download 419,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish