XORIJDA TA`LIM OLISHDAN KO`ZLANGAN MAQSAD VA TA`LIM OLISH TUGAGACH
OLINGAN BILIMLARNI O`ZBEKISTONDA QO`LLASH IMKONIYATLARI
Xalq, millat salomatligi bugungi kunda har qachongidan ham eng muhim va
dolzarb omil sifatida namoyon bo`lib turibdiki: ‘’Tug’ilgan sog’lom bola-avvalo,
sog’lom
va
ahl-inoq
oilaning
mevasi
hisoblanadi,
ya`ni
sog’lom
oila–O’zbekistonning buyuk va barkamol kelajagi.
Har bir homilador ayol hamda
yangi dunyoga kelgan chaqaloq tugʻish va tugʻuruqdan keyingi davr mobaynida sifatli
tibbiy yordam olishi kerak. Bu — milliy tibbiyotimiz oldidagi eng muhim vazifalardan biri
desak aslo mubolaga bolmaydi. Negaki, jahon tibbiyot olamining buyuk olimi bolmish Abu
Ali Ibn Sino qoygan tamal toshining debochasidir.
Shuni alohida ta’kidlashim joizki, Rossiya xalqlar do’stligi universitetining
‘’Jarrohlik’’ ordinatura yo’nalishini tanlaganimdan maqsad : Laparoskopik
operatsiyalarni puxta o’rganish va O’zbekiston tibbiyotini ‘’Fetal jarrohlik’’
operatsiyalarini yo’lga qo’yish va yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshirish
homila, ya`ni tugʻma difragmal churralarida traxeyaning antenatal fetoskopik okklyuziyasi,
homilada antenatal tashxislangan buyrak anomaliyalarida veziko va nefroamnial
shuntlash, homiladorlar rezus nomutanosiblik holatida homila ichi qon almashtirish va
yurak nuqsoni kabi fetal jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish
kelajakda nogironlik
bilan tug’ilishni oldini olish, jumladan, bosh maqsadim, albatta, O’zbekiston xalqi
farzandlarining nogiron va nuqsonlarsiz tug’ilishida, sog’lom hayot kechirishida
sababchi bo’lishdir.
Onalik va bolalikni himoya qilish, ularning salomatligini asrash, jumladan ham
ma`nan, ham jismonan voyaga yetkazish masalasi doim davlat darajasidagi masalalardan
biri boʻlib xizmat qilishi hech birimizga sir emas.
Malumki 2021 yilda O’zbekistonda tug’ilish soni 1 millionga yaqin bo’ldi.
MDH davlatlari bo’yicha tug’ilish soni eng ko’p bu–O’zbekistonligi quvonarli holat,
albatta. Biroq 1 millionga yaqin tug’ilgan chaqaloqlardan 10 mingdan ortig`i
quyidagi kasalliklar bilan dunyoga kelgan: har xil yurak nuqsonliklari, orqa miya
bifida kasalliklari va boshqa nuqsonlar bilan tug’ilgan. O’zbekistonda bu
operatsiya jarayonlari hali yo’lga qo’yilmagan Rossiyaning Moskva shahrida esa
yurak nuqsonlari, orqa miya bifida va boshqa turdagi operatsiya jarayonlari
allaqachon yo’lga qo’yilgan va bu borada ancha muvaffaqiyatlarga erishilgan.
Bugungi kunda ham ushbu operatsiya jarayonlari hech qanday qiyinchiliklarsiz
amalga oshirib kelinmoqda. Shu sababli, hozirda olayotgan tahsilim va amaliy
tajribalarimdan kelib chiqib shuni ta`kidlamog`im lozimki:’’Kelajakda nogiron
yoshlar qalban, umrbod, butun hayoti davomida nogironlikdan aziyat chekishini va
biz singari sog`lom insonlardek barkamol bo`lib yashashni xohlashini yuzaga
chiqarmay hayot kechirish– bu juda ayanchlik holat.
Barchamizga ma`lumki, nogiron yoshlar orasida minglab iste’dodlar sohib va
sohibalari kam emas. Ammo ular o’z iste’dodlarini yuzaga chiqara olmaydilar,
negaki ommadan uyaladilar. Maqsadim –O’zbekiston tog’ni ursa, talqon qiladigan
kuchga, bilimga ega kuchli va kelajakda O’zbekistonga o’z hissasini qo’shib, o’z
yurtini dunyo miqiyosi darajasiga ko’taradigan yoshlarni sog’lom tug’ilishiga o’z
hissamni qo’shish.
Do'stlaringiz bilan baham: |