Biznesni tadqiq etish


  “Biznesni tadqiq etish usullari” - fan va o’quv kursi sifatida



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/101
Sana29.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#85349
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

1.1.  “Biznesni tadqiq etish usullari” - fan va o’quv kursi sifatida 
«Biznes» so’zi inglizcha bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z 
bilan  aytganda,  kishilarni  foyda  olishga  qaratilgan  tadbirkorlik  faoliyatidir. 
«Biznesmen»  (tadbirkor)  atamasi  birinchi  marotaba  Angliya  iqtisodiyotida  XVIII 
asrda paydo bo’lib, u «mulk egasi» degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit  
tadbirkorni  mulk  egasi  sifatida  ta’riflab,  uni  foyda  olish  uchun  qandaydir  tijorat 
g’oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir,  
deb  ta’kidlaydi.  Tadbirkorning  o’zi,  o’z  ishini  rejalashtiradi,  ishlab  chiqarishni 
tashkil  etadi,  mahsulotni  sotadi  va  olgan  daromadiga  o’zi  xo’jayinlik  qiladi.  
Biznes  —  bu  avvalo,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish,  iqtisodiy  faoliyat  va 
munosabatlar,  hayotning  o’zi,  so’ngra  esa  pul  ishlash  demakdir.  Biznes  —  bu 
xorijiy so’z bo’lib, u butun dunyo bo’yicha tarqalgan, undan barcha mamlakatlarda 
foydalanadilar. O’zbek tilida esa biznes so’zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor 
demakdir.  O’zbekcha  so’z  xorijiy  so’zga  to’g’ri  keladi,  lekin  unga  qo’shimcha 
ma’no  ham  beradi.  Bu  so’zlar  ortida  «ish»,  ya’ni  ish  bilan  shug’ullanish  yoki 
korxona  tashkil  qilish  yotadi.  Shunday  qilib,  biznes  —  bu  korxona  tashkil  qilish 
demakdir (sanoat korxonasi, savdo do’koni, xizmat ko’rsatish korxonasi, auditorlik 


10 
kontorasi, advokat idorasi, bank va h.k.). Demak, biznes — bu yo’q narsadan pul 
qilish  emas,  balki  murakkab  ishlab  chiqarishni  yoki  xizmat  ko’rsatishni  tashkil 
etish  demakdir.  Tadbirkor  —  bu  doimo  o’z  ishining  fidoyisi,  bilimdonidir. 
Tadbirkorlik  uchun  o’qish  kerak,  nafaqat,  dastlabki  paytlarda,  balki  tadbirkor  bir 
umr o’qishi, izlanishda bo’lishi kerak. 
Biznesni  tadqiq  etish  usullari  -  bozorda  vujudga  keladigan  iqtisodiy 
munosabatlarni  faollashtirish  uslublarini,  tovarlarni  ishlab  chiqarish  hamda  sotish 
muammolarini  kompleks,  tizimli  echish  uslublarini,  bozorda  vujudga  keladigan 
o’zgarishlarga  tezda  moslashish,  iste’molchilarga  tabaqali  yondashish, 
raqobatbardosh  yangi  tovarlarni  vujudga  keltirish  va  ularni  ishlab  chiqarishni 
tashkil  etish,  bozor  konyukturasini  o’rganish  va  bashorat  qilish  hamda  biznes 
strategiyalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Biznesni tadqiq etish 
usullari fani firma va korxonalarni bozorda o’z maqsadlarga erishish quroli sifatida 
qarashga alohida e’tibor beradi. 
      “Biznesni  tadqiq  etish  usullari”  fani  iqtisodiyotni  modernizatsiya-lash 
sharoitida  tarmoq  va  korxonalarda  sodir  bo’layotgan  ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarini  nazariy  va  amaliy  jihatlarini  o’rganish  va  uni  mo’’tadil 
rivojlantirishning  echimlarini  topishda  hamda  magistratura  ta’limi  “Iqtisodiyot 
(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” mutaxassislarini shakllanishida katta ahamiyatga 
ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakatda biznes faoliyati yuritishiga 
ta’sirini keng foydalaniladi.  
Fanni  o’qitishdan  maqsad  –  talabalarga  biznes  faoliyatini  tahlil  qilishning 
murakkab  bo’lgan  usullari  orqali  turli  raqobat  jarayonlarini,  kon’yunkturaviy 
o’zgarishlarni  yoritib  berish,  shu  bilan  bir  qatorda  biznes  muhitini  tashkil  etish, 
iste’molchi xulq-atvorini modellashtirish, tovarning sifati, uning raqobatdoshligini 
ta’minlash, firmaning bozordagi strategiyalarini to’g’ri tanlash bo’yicha yo’nalish 
profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish