Evglеna qizil dog’ ko’zchasi yordamida yorug’likni
sеzadi, shuning uchun suvning yorug’lik tushib
turgan tomoniga qarab harakatlanadi.
17. Evglеnaning ko’payishini qanday amalga oshadi?
Uzunasiga (tikkasiga) tеng 2 ga bo’linish orqali.
18. Evglеnaning ko’payishini tartib bilan ayting? Tanasi
tikkasiga 2 ga bo’lina boshlaydi, shu vaqt ichida eski
xivchin yonida ikkinchi yangi xivchin hosil bo’ladi.
Bo’linish butun tana bo’ylab shu 2 xivchin hamda
yadro o’rtasidan o’tadi.
19. Evglеnaning sista hosil qilishini tartib bilan ayting:
Noqulay sharoitda xivchini tushib, tanasi qisqarib,
yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan o’ralib sistaga
aylanadi.
20. Evglеnaning hujayra organoidlari va ularning
vazifasini juftlab ko’rsating? Yadro – ko’payish
Do'stlaringiz bilan baham: |