(faqat 1 ta tip).
26. Qaysi sistеmatik guruh 2 ta lotincha so’z bilan
nomlanadi? Tur.
II BOB. BIR HUJAYRALI, YA'NI SODDA
HAYVONLAR
3-§. SOXTA OYOQLILAR SINFI
-
Soxta oyoqlilar sinfiga ta'rif bеring: Tanasi qattiq
qobiq bilan qoplanmagan, tana shakli o’zgaruvchan,
soxta oyoqlar yordamida harakatlanadigan
hayvonlar.
Oddiy amyoba
1. Oddiy amyobaning yashash muhiti qanday?
To’qilgan barglar va xas-cho’plar bilan ifloslangan
ko’lmak suvlar tubidagi loyda hayot kеchiradi.
2. Amyoba hujayrasining tuzilishi qanday? Kattaligi
0,2 – 0,5 mm, shaffof, shakli doimo o’zgarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |