Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
 
 


173 
 
 
XIV bob. INVЕSTITSIYA VA PAY FONDLARI 
 
14.1. Investitsiya fondlarining iqtisodiy mohiyati, paydo boʻlishi va 
ahamiyatli jihatlari
Bugungi kunda investitsiya va pay fondlari moliya bozorining muhim 
ishtirokchilari qatorida tilga olinadi. Investitsiya fondlari rivojlangan davlatlar 
moliya bozorlarida ham keng miqyosda faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shundan 
kelib chiqqan holda quyida mazkur masala xususida toʻxtalib oʻtamiz. 
Investitsiya fondlari koʻplab investorlar tomonidan tanlangan investitsion 
vositachilar hisoblanadi. Bunda “Investitsiya fondlari moliyaviy vositachilar 
sifatida individual investorlarga aksiyalarni sotish orqali fond shakllantiradilar va 
fond mablagʻlarini aksiya va obligatsiyalar bilan diversifikatsiyalangan investitsiya 
portfelini sotib olishga yoʻnaltiradilar”
91

Investitsiya fondlari faoliyati oʻz aksiyalarini joylashtirish orqali jalb 
qilingan kapitalni boshqa moliyaviy aktivlarga, xususan qimmatli qogʻozlarga 
kiritish orqali daromad olish hamda olingan daromadni aksiyadorlar oʻrtasida 
taqsimlash asosida tashkil etiladi. Bunda daromad olish deganda kurs oshganda 
qimmatli qogʻozlarni (xorijiy valyutalarni) qayta sotish, olinadigan foiz yoki 
dividend koʻrinishilagi tushumlar nazarda tutiladi.
Investitsiya fondlari aksiyalar muomalaga chiqarishidan ham koʻrinib 
turibdiki, milliy va xalqaro amaliyotda ular aksiyadorlik jamiyatlari shaklida 
tashkil etiladi.
“Investitsiya fondlarining paydo boʻlishi 1800-yillar oʻrtalarida Angliya va 
Shotlandiyaga toʻgʻri keladi. Investitsion kompaniyalar cheklangan resurslarga ega 
investorlarning pul mablagʻlarini birlashtirish hisobiga tashkil etilgan boʻlib, oʻz 
navbatida yigʻilgan pullar turli qimmatli qogʻozlarga yoʻnaltirilgan. Amerika 
qoʻshma shtatlari iqtisodiy oʻsishi uchun Amerika temir yoʻl kompaniyalari 
obligatsiyalariga kapital kiritila boshlangach, bunday investitsion kompaniyalar 
nihoyatda ommalashadi. 1824 yilda Bostonda birinchi investitsiya fondi asosiy 
sohalarga investitsiyalar kiritish uchun mablagʻlar jalb qilish maqsadida aksiyalar 
muomalaga chiqargan”
92

Birinchi investitsiya fondi faoliyat muvaffaqiyatli kechgach, bunday fondlar 
koʻplab tashkil etila boshlandi. 1929-1933 yildagi jahon iqtisodiy inqirozi 
investitsiya fondlari rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Xususan, “1929 yildagi 
fond bozorining qulashi investitsiya fondlari rivojlanishini bir necha oʻn yillar 
davomida toʻxtatib qoʻydi, chunki mayda investorlarning aksiyalarga 
investitsiyalar va qisman investitsiya fondlariga ham ishonchini pasaytirdi. 1940 
yilda AQSHda toʻlovlar va investitsiya siyosati bilan bogʻliq munosabatlarni 
oshkor qilish siyosatiga doir koʻplab talablarni oʻz ichiga olgan “Investitsiya 
91
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins.Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 30.
92
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins.Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 490. 


174 
kompaniyalari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Natijada investitsiya fondlari 
faoliyatida barqaror oʻsish va sanoatni qoʻllab-quvvatlash qaytadan boshlandi”
93

Investitsiya fondlariga investorlar jalb qilinishidagi asosiy jihat investitsion 
faoliyatni markazlashgan tartibda diversifikatsiyalashdir. Bunda kapital egalarining 
investitsiya fondlari bilan hamkorlikda ishlashiga yetakchi tarmoq va sohalardagi 
aksiyadorlik kompaniyalari aksiyalarini mayda investorlarning sotib ololmasligi, 
investitsiya fondlari tomonidan risklarni hisobga olishga alohida eʼtibor qaratishi 
ham sabab boʻladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, investitsiya fondlari faoliyati 
fond bozorida operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha hech qanday tajribaga ega 
boʻlmagan kapital egalari uchun ham ahamiyatga ega. Chunki ularning risklarni 
toʻgʻri baholay olmasligi natijasida moliyaviy yoʻqotishlar yuzaga kelishi mumkin.
Umumiy holda investitsiya fondlari afzalliklari sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin (14.1-rasm): 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish