G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
 
 
14
Jabborov I. O‘zbeklar - Т.: Sharq, 2008. -140 -b 


86 
XULOSA 
 
Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim-
tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi 
bilan xarakterlanadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsad vazifasi aniq, 
ravshan, ayni chog‘da xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari, 
egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir. 
15
Har bir xalq o‘z ma’naviy taraqqiyotida o‘zining turmush 
tajribalarini, o‘z qarash va g‘oyalarini ma’naviy me’ros sifatida 
o‘g‘zaki yoki yozma tarzda kelgusi avlodga qoldirgan. Bizning xalq 
og‘zaki ijodimiz vaqt sinovida toblangan, tajribalar sinovidan o‘tgan, 
millat dunyoqrashidan kelib chiqqan o‘lmas durdonalardir.
O‘zbek xalqining har bir avlodi xalq ommasining bir necha 
asrlar mobaynida to‘plagan tarbiya an’analarini bolani hayotga va 
mehnatga tayyorlashda qo‘llab kelgan. Yani, xalq pedagogikasining 
imkoniyatlaridan amalda foydalangan. Bizning oldimizda esa 
zamonaviy o‘zbek oilasida o‘quv-tarbiya jarayonida milliy tarbiya 
madaniyatini qo‘llash uchun ularning imkoniyatlarini aniqlash va 
foydalana bilish masalasi turibdi. Bu xususida fransuz psixologi E. 
Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi 
ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy 
faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni 
taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli 
bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini aytib o‘tadi. 
16
Shunday ekan biz ota-onalar o‘z farzandlarimizga ijobiy xulq - 
atvorni na’muna qilsak, xalq pedagogikasining ertak, maqol, doston, 
rivoyatlar va ularda ifodalangan ijobiy his tuyg‘ularni va ezgu 
sifatlarni singdirishga, bolada kitobga nisbatan mehr uyg‘otishga 
harakat qilsak, farzand tarbiyasida ko‘proq muvaffaqqiyatga 
erishamiz va ularni jamiyat koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga 
yetkazgan bo‘lar edik.
Yuqoridagilardan 
kelib 
chiqib 
quyidagicha 
xulosalarga 
kelishimiz mumkin:
1. 
Bugungi 
zamonaviy 
oila 
farzand 
tarbiyasida 
xalq 
pedagogikasining imkoniyatlarini yetarlicha baholay olmayapti yoki 
15
M.Mutalipova Xalq pedagogikasi –o‘quv qo‘llanma- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy 
kutubxonasi nashriyoti Toshkent - 2011 
16
David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010 . 185pages 


87 
qadriyatlarni anglash va ularga bo‘lgan munosabat bir qadar 
sustlashgan; 
2. Ota-onalar o‘z farzandlariga birlamchi hayotiy saboq va 
tarbiya vositasi hisoblangan xalq pedagogikasining ertak, maqol, 
doston, rivoyatlar va boshqa na’munalarini o‘zining farzand tarbiyasi 
borasidagi ta’sirchan usul va vositalarini oshirishga intilib, bola bilan 
jonli munosabatlar o‘rnatishga e’tiborsiz bo‘lmoqda.
3. Oilalardagi kitobga bo‘lgan munosabat yoki “Oilaviy 
kitobxonlik” yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Bu borada ota onalar faolligi 
oshsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
4. Milliy ma’naviyatimiz asosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodi, 
millat boyligi, taraqqiyotining boshlang‘ich poydevori ekanligini 
unutmaslik zarur.
5. Qadr- qimmat, mehr – oqibat, insoniylik va vatanparlik, vatan 
taqdiriga daxldorlik tuyg‘ulari avvalo xalq tarbiyaviy me’rosida aks 
etganligini, farzandlarni shu ruhda tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib 
xizmat qilishini har bir ota –ona, pedagoglarimiz anglab yetishishi 
lozim.
6. Bugungi axborot oqimida mafkuriy xurujlarga qarshi 
kurashishda, milliy tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Bunda bolalikdan 
shakllangan ma’naviy immunitet har lahza kerak ekanligini kuzatib 
turibmiz. 
7. Oilada farzand tarbiyasi ota – onaning ibrat- namunasi 
asosiga yo‘g‘rilganligini, xalqimizning bola tarbiyasidagi o‘ziga xos 
qarashlaridan anglab yetmoqdamiz.
8. Yosh ota-onalar uchun xalq pedagogikasi dastlabki hayot 
darsligi ekanligi bilan, isbot talab qilmaydigan haqiqat bo‘lib yuzaga 
chiqmoqda.
9. Dastlabki kitob mushohadasi va mutolaasi xalq og‘zaki ijodi 
na’munalari ekanligi, bola tafakkuri, tasavvuri va dunyoqarashi 
shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini e’tiborda tutish 
zarur.
10. Farzand va ota-onaning o‘zaro munosabatlari va olib 
borayotgan tarbiya yaqinligi bevosita xalq pedagogikasi poydevoriga 
qurilishi bugungi kun ma’naviyatiga hamohangdir.
11. Bolalardagi tasviriy faoliyatning kurtaklari va tasavvur 
olamining tarkib topib borishida ayniqsa ertaklar muhim o‘rin tutadi.


88 
Uslubiy 
qo‘llanmamizdagi 
ko‘rsatmadan 
kelib 
chiqib 
o‘zimizning bir qancha takliflarimizni bermoqchimiz: 
- Oilada bolalarga xalq og‘zaki ijodi orqali dastlabki hayotiy 
ko‘nikmalarini shakllantirsak, ularning hissiy, intelektual va 
tarbiyaviy olamiga kirib borgan bo‘lar edik. Zero, hissiyot hissiyotni 
uyg‘otadi; 
- Bolaning rivojlanishida taqlid yuksak o‘rin tushini anglagan 
holda ota-onalar xalq donishmandligidan unumli foydalansa, o‘zlari 
kitobxon bo‘lsa, shundagina farzandlarida kitobga ijobiy munosabat 
uyg‘ota oladi. Zero, kitob ma’naviyat gulshanidir; 
- Barcha ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonga xalq 
pedagogikasining imkoniyatlari kengroq tadbiq qilinsa, milliy 
mafkuramizga asos bo‘lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
yanada sayqal toptirishga xizmat qilgan bo‘lar edik.
- Xalqning ma’vaviy me’rosini avaylash uni kelgusi avlodga 
yetkazib berish shu millatning munosib davomchilari sifatidagi asosiy 
vazifamiz deb his etishimiz lozim 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish