Ptolomey Klavdiy
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90—160) - mashhur qomusiy olim,
Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika,
mexanika) hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan.
Jahonga mashhur "Almagest" — "Al-majastiy" (18 kitobdan iborat,
astronomiya va trigonometriya ilmlarini o’z ichiga oladi), "Optika" (5
kitobdan iborat), "Germanlar haqida tushuncha" (3 kitobdan iborat) va,
nihoyat, "Geografiya" shular jumlasidandir. Lekin, olimga shuhrat keltirgan
asarlari "Almagest" va "Geografiya"dir.
"Geografiya"ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog’i uning
24-bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag’ishlangan va katta ilmiy
qiymatga ega. Shunisi muhimki, asarda shahar, mamlakatlar va ularning
koordinatalari keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan.
Ptolomeyning "Geografiya"sida Girkaniya, Marg’iyona, Baqtriya,
So’g’diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va
So’g’diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek o’sha mamlakatlar va ular
bilan tutash o’lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma'lumotlar
21
keltirilgan.
Kvint Kurtsiy Ruf
Kvint Kurtsiy Ruf (milodning I asri) — mashhur Rim tarixchisi,
Iskandar Zulqamaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbjy
yurishlari haqida 10 kitobdan iborat "Buyuk Iskandar tarixi" nomli asar yozib
qoldirgan. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshlari
Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan
Kvint Kurtsiy Rufning asarida O’zbekiston hududining Iskandar
Zulqarnayn qo’shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el
bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qo’zg’olon keng
yoritib berilgan.
Kvint Kursiy Rufning guvohlik berishicha, Iskandar miloddan avvalgi
329-yilda Oks daryosidan kechib o’tayotganda askarlarga somon to’ldirilgan
meshlarni tarqatishga qaror qiladi. Ular meshlar ustida daryodan suzib o’ta
boshlaydilar.daryodan birinchi bo’lib kechib o’tganlar qo’riqchilar xizmatini
bajarib, boshqalarni kutib oladilar. Shu tariqa askarlar oltinchi kuni daryoning
narigi qirg’og’iga o’tib olishga muvaffaq bo’ladilar.
Kursiy Ruf miloddan avvalgi 327 yilda O’rta Osiyoni to’liq bosib
olgach, mahalliy aholi vakillaridan viloyatlarga hokimlar tayinlagani haqida
shunday deydi: “Iskandar baqtriylar viloyatini Artaboz idorasiga topshirib, bu
joydagi qo’riqchilar qo’shini bilan birga ot-arava yuklarini qoldiradi. O’zi esa
harakatdagi qo’shinlarga yo’lboshchi bo’lib, So’g’diyona sahrosoga yo’l
oladi”, deya xabar beradi.
Bundan tashqari Arrian mahalliy aholining Iskandarning harbiy
harakatlariga bildirilgan munosabatlari haqida bunday yozadi: “Tanais
(Sirdaryo) ortidagi skiflar (saklar)davlatining podshosi makedonlar tomonidan
datyo bo’yida solingan shaharni qullik bo’yinturug’i bo’lishini sezib, uni
vayron qilish va makedonlarni daryo qirg’og’idan uzoq masofaga quvib
22
chiqarish uchun katta bir otliq qo’shinga yo’lboshchi tayinlab, o’z akasini
yuboradi”.
"Buyuk Iskandar tarixi" 1841-yili Myuttsel, 1867-yili T.Nyoldekeva
1885-yili Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov
tahriri ostida chop etilgan (M.,1963).
Do'stlaringiz bilan baham: |