Nominal rejim.
Har qanday qurilma o’zining ishlab chiqarish jarayoni bilan
aniqlanuvchi xususiy kattaliklariga ega. Masalan, oddiy elektr lampasi o’zining
massa va geometrik o’lchamlariga ega, bundan tashqari u ishchi kuchlanishi, quvvat,
tola qarshiligi kabi elektrik kattaliklarga ham egaki, bu lampaning ishlash
xususiyatilarini aniqlaydi. Amalda keng tarqalgan oddiy cho’g’lanma tolali lampada
150 Vt, 225 V, IV 2014 yozuvlari bor deylik. Demak bu lampa 225V kuchlanishga
ulanganda 150 Vt quvvat hosil qiladi, 2014 y. aprelda ishlab chiqarilgan. Quvvat
formulasidan foydalanib lampadagi tokni topamiz
I = R / U = 150 Vt /225 V = 0,6 A,
Om qonunidan foydalanib, lampa tolasi qarshiligini topamiz
R = U / I = 225 V/ 0,6 A = 375 Om.
Demak, berilgan lampa tolasining qarshiligi 375 Om va bu tola 225 V
kuchlanishga ulanganda undan 0,6 A tok oqib o’tib 150 Vt elektr quvvatini hosil
qiladi. Xuddi shu tushunchalardan elektr zanjirining, yoki elektr qurilmasining
nominal ish rejimi tushunchasi kelib chiqadi. Berilgan lampa uchun 225 V
kuchlanish nominal kuchlanish bo’ladi. CHunki lampa tolasi shunday tanlanganki
unga 225 V kuchlanishni ulasak 0,6 A tok oqib o’tib 150 Vt nominal quvvat hosil
А
Е
К
б
bo’ladi. O’z-o’zidan ma’lumki nominal kattaliklar lampani ishlab chiqarish jarayoni
bilan bog’liq va uni ishlab chiqaruvchi belgilaydi. Agar shu lampaga nominal 225 V
dan kam kuchlanish bersak u 150 Vt quvvat hosil qila olmaydi, demak kerakli
yorug’likni ham bera olmaydi. Agar 225 V dan katta kuchlanishga ulasak quvvat va
yorug’lik berishi ham kuchayadi, lekin lampa tezda ishdan chiqishi mumkin.
Ma’lumki biz uchun lampaning ishlash muddati ham muhim rol o’ynaydi. Ishlab
chiqaruvchi lampa tolasini u 225 V kuchlanishda ishlaganda qancha vaqt ishlashini
tekshirib, shu vaqtga kafolat beradi. Biz buni lampaning nominal ishlash vaqti
deymiz.Demak lampa uchun ishchi kuchlanish, quvvat, tola qarshiligi, ishlash
muddati nominal kattaliklar hisoblanadi va bu kattaliklar ishlab chiqaruvchi
tomonidan belgilanadi. Lampaning ishlashi jarayonida bu kattaliklarni saqlash
uchun manbaning kuchlanishi nominal qiymatda bo’lishi kerak. Bunday xolat
boshqa barcha elektr qurilmalari va zanjirlari uchun o’rinlidir.
Xulosa qilib aytganda, elektr qurilmasidan foydalanganda elektr
tokining parametrlari qurilma nominal parametrlariga mos kelishi nominal rejim
deyiladi va qurilma me’yorda ishlaydi. Qurilmalarni nominal ish rejimini ta’minlash
qurilmadan va elektr energiyasidan unumli foydalanishning garovidir.
Salt rejim.
Qurilma hali tokga ulanmagan bo’lsaiste’molchiningqarshiligi
cheksiz katta va zanjirdagi tok kuchi nolga teng bo’ladi. Bu xolat salt rejim deb
yuritiladi.Salt rejim odatda manbaning parametrlarini, aniqrog’i manba
kuchlanishini baholashda ishlatiladi. Manba kuchlanishi unga tashqi zanjir
ulanmagan holatda o’lchanadi.
Nazorat savollari
1.
Tugun deb nimaga aytiladi?
2.
Salt ishlash rejimi qanday rejim?
3.
Nominal rejim qanday rejim?
Do'stlaringiz bilan baham: |