Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Biripchidan, 
ko'chmas m ulk bilan bog'liq bitim va ko'chm as mulkka 
bo'lgan huquqni D avlat ro 'y x atid an o'tkazishning m ajburiy shartiga 
n o ta r ia l s h a r t i ta s d iq la s h n in g q o 's h ilish i m u lk iy m u n o s a b a tla r
ishtirokchilarga qo'shimcha tarzda m ajburiyat yuklaydi. Bunda gap o'zini 
oqlam aydigan vaqt va ortiqcha m ablag'larni sarflash haqida bormoqda.. 
Bu boradagi bitimlarni notarial yo'l bilan guvohlantirishning m ajburiy 
tartibi funksional vazifasi va yuridik mazmuniga ko'ra ko'chm as mulkni 
Davlat ro'yxatidan o'tkazishning tizimi bu borada shunday m asalalami 
hal qilish u c h u n q aratilg an lig in i, notarial ta rtib d a b itim la r uch u n
qo'yiladigan talablar: tuzilayotgan bitimlarning qonuniyligini tekshirish, 
ularning om maviy haqiqiyligini ta ’minlash va boshqalar. Boshqacha qilib 
ay ta d ig an bo'lsak, ko'chm as m ulk bilan bog'liq bitim larni m ajburiy 
notarial yo'l bilan guvohlantirish maqsadi Davlat ro'yxatidan o'tkazishning 
oldida tu rg a n m aqsadlari bilan to'la mos keladi.
Ikkinchidan, 
ko'chm as m ulkka bo'lgan huquqni va ko'chmas mulk 
bilan bog'liq bitim larni D avlat ro 'y xatid an o'tkazish tizimini notarial 
yo'l b ila n g u v o h la n tirish g a a lm a sh tirib b o 'lm ay d i, ch u n k i D avlat 
ro 'yxatidan o'tkazish tizimi orqali ko'chmas mulk obyektlarini yagona 
davlat reyestriga kiritish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, 
Davlat ro'yxatidan o'tkazish yordamchi funksiyalarga 
ega emas va bu advokatlarni jalb etishni talab etadi. Bu esa ko'chmas 
m ulk bilan bog'liq bitimlarni notarial yo'l bilan guvohlantirishni kiritishga 
asos bo'la olmaydi. Agar m ulkiy m unosabatlar ishtirokchilari notariusdan 
(advokatdan emas) hu q uqiy yordam olishni xohlam asalar, ular hech 
qanday to'sqinliksiz notariusdan olishlari mumkin.
Am aldagi FK da shunday qoida borki, unga ko'ra: bir yildan kam
bo'lm agan m uddatga tuzilgan bino va inshootni ijaraga berish shartnomasi 
Davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim va ro'yxatdan o'tgan paytdan boshlab 
tuzilgan hisoblanadi (574-m., 3-q.). S hu o'rinda aytish joizki, yangi FKning 
loyihasi tay yo rlang anda va qab u l qilinayotganda bino ichidagi odam 
yasham aydigan xonalar ko'chm as m ulk obyekti deb tan olinmagan, shu 
sababli odam yasham aydigan xonalar bilan tuzilgan bitimlar (ular ijara 
shartnomasi) Davlat ro'yxatidan o'tkazilishi talab etilmagan. Bugungi kunda 
vujudg a kelayotgan holatlarda Fuqarolik Kodeksi aybdor emas, bino 
ijara shartnom asi 11 (o'n bir) oyga tuzilgan bo'lsa, Davlat ro'yxatidan


o'tkazishni talab qilmaydi. X uddi shunday ana sh u binoning alohida 
xonasi ijara shartnomasi undan kam bo'lmagan m uddatga tuzilgan bo'lsa 
h am Davlat ro'yxatidan o'tkazishni talab etmaydi. B unday holat RFning 
1997- yil 21-iyuldagi «Ko'chmas m ulkka bo'lgan huquq va u bilan bog'liq 
b o ig a n bitim larni Davlat ro 'y x atid an o'tkazish to'g'risida»gi qonunga 
ko'ra odam yashamaydigan xonalar ko'chmas m ulk obyektiga kiritilgan. 
Odam yasham aydigan ijaraga berish bilan bog'liq huquqiy m unosabatlarni 
ko'chm as m ulk bilan bog'liq b o ig an ijara to'g'risidagi um um iy qoidalarga 
bo'ysunadi. Xususan, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan 
boim asa ko'chmas mulk ijara shartnom asi Davlat ro'yxatidan o'tkazilishi 
shart. Yuqorida aytilganidek, bino va inshoot ijara shartnom asi bir yildan 
kam boim agan m uddatga ijaraga berish shartnom asi tuzilganda qonun 
hujjatlarida boshqacha tartibni belgilagan bu qoida odam yasham aydigan 
xonalar ijarasiga daxldor emas. (GK 651-m., 2-q. RF).
Yuridik adabiyotlarda odam yasham aydigan xonalarni ijaraga berish 
sh artn o m asi haqida turli xil fik rla rn i u c h ra tish m um kin. M asalan, 
IJsrafilovaning fikricha «odam yasham aydigan xonalar um um an alohida 
ijara m u n o sabatlarining obyek ti bo'lib hisoblanm aydi, ch u n k i u lar 
um um iy «bino» tushunchasi, belgisi ostida birlashtirilgan, shuning uchun 
ularga ham bino va inshoot ijara shartnomasi qoidalarini qo'llash lozim. 
Ijara shartnom alarini Davlat ro'yxatidan o'tkazish FK dan farqli ravishda 
federativ qonunchilikda «ko'chmas m ulkka b o ig an huquq va u bilan 
bog'liq boigan bitimlarni Davlat ro'yxatidan o'kazish to'g'risida»gi ayrim
hollarda ijara huquqini Davlat ro'yxatidan o'tkazishni talab qiladi. Masalan, 
Qonunning 609-m., 1-qismiga asosan ko'chm as m ulkka nisbatan ijara 
huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
Fuqarolik Kodeksining 574-moddasi 3-qismida shartno m a Davlat 
ro'yxatid an o'tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. B undan 
tashqari FKning 357-moddasida shartnom asi tuzilgan p ay tdan kuchga 
kiradi, deyilgan va taraflar uchun huquq va m ajburiyatlar keltiriladi. 
S hun ing u ch u n bino va inshoot ijara sh artn o m asi faq atg in a dav lat 
ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, davlat ro'yxatidan 
o'tkazish unga qadar boigan davrda u hech bir aham iyatga ega bo'lmaydi. 
Ko'chm as mulk bilan bog'liq bitim va shartnom alari Davlat ro'yxatidan 
o'tkazish huquqini vujudga keltiruvchi asl nusxa hujjatida, y a’ni ijara 
shartnom asida guvohlantiruvchi registratsiya - qayd qilish shtam p yozuvi 
qo'yiladi.
Bino va inshoot ijara shartnom asining davlat ro'yxatidan o'tkazilishi 
bir vaqtning o'zida ijaraga beruvchining m ulkka yoki boshqa ijaraga


b e rila y o tg a n m u lk iy h u q u q la rg a , ija ra g a b e rila y o tg a n o b y e k tg a
huquqlarini cheklanishini anglatadi. Bino va inshoot ijara shartnom asi 
haqidagi m a’lumotlar davlat ro‘yxat reyestrining III bo'limiga kiritilgan. 
Bu bo'limda m axsus bob m avjud bo‘lib, u ijara haqidagi m a’lumotlarni 
jamlaydi. Ijara haqidagi m a’lumotlarga «ijara predmetlari» grafasiga ijaraga 
olinayotgan ko'chmas mulk obyekti yoki uni qismi haqida m a ’lumotlar 
«m uddat» g rafasiga ijaraga berish m uddatining bog'lanish kuni va 
tugallanish kuni yoki ijaraga berish muddatining boshlanishi va uning 
uzaytirilganligi agar m uddat chegarasi belgilangan bo'lmasa, uzaytirilgan 
ijara degan joyga «muddatsiz» deb yoziladi. Bino va inshootni ijaraga 
berish shartnom asi tugaganda bunday yozuvlar ustiga shtam p qo'yilib, 
ijaraga beruvchining m ulkka yoki boshqa ijaraga berilayotgan mulkiy 
huquqlarga qo'yilayotgan cheklovlar olib tashlanib, u o'sha huquqlarga 
to'liq ega bo'ladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish