5-bob.
KORXONA INVESTITSIYALARINI BOSHQARISH
5.1.
Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va turlari
Korxonalarning investitsiya faoliyatini tavsiflovchi asosiy tushunchalarni
aniqlab olamiz. «Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so‗zidan kelib
chiqqan bo‗lib, pul sarf qilmoq, qo‗ymoq ma‘nosini anglatadi. Kengroq talqinda u
yanada o‗stirish maqsadida kapital kiritishni anglatadi. Investitsiyalash natijasida
olingan kapitalning o‗sishi investorning mavjud mablag‗lardan joriy davrda
foydalanishdan voz kechishining o‗rnini qoplash, uni risk uchun mukofotlash va
kelajakda inflyatsiya yo‗qotishlarini kompensatsiyalash uchun yetarli bo‗lishi lozim.
Investitsiyalar tadbirkorlik faoliyati obyektlariga yo‗naltiriladigan, natijada
foyda (daromad) shakllanadigan yoki boshqacha foydali samara olinadigan barcha
mulkiy va intellektual qimmatliklar turlarini ifodalaydi.
Iqtisodiy toifa sifatida investitsiiyalar quyidagilarni tavsiflaydi
:
Birlamchi bo‗nak qiymatini o‗stirish maqsadida tadbirkorlik faoliyati
obektlariga kapital kiritish;
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida infestitsion faoliyat
qatnashchilari (quruvchilar, pudratchilar, banklar, davlat va hokazolar) o‗rtasida
vujudga keluvchi pul munosabatlari.
Korxonalar aktivlariga kiritiluvchi investitsiyalar buxgalteriya balansining
chap tomonida, ularni moliyalashtirish manbalari esa o‗ng tomonda (balans
passivida) aks ettiriladi. Ular kapital, nomoddiy, aylanma va moliya aktivlariga
yo‗naltiriladi. Bulardan oxirgisi uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy
qo‗yilmalar shaklida namoyon bo‗ladi.
Asosiy kapitalga (asosiy vositalarga) investitsiyalar kapital qo‗yilmalar
shaklida amalga oshiriladi; ular yangi korxonalar qurish, mavjud korxonalarni
kengaytirish, qayta ta‘mirlash va texnik jihatdan qayta jihozlash, yangi asbob-
uskunalar, vositalar va inventarlar xarid qilish, loyiha mahsulotlari uchun va boshqa
kapital xarakterdagi xarajatlarni qamrab oladi. Iqtisodiyot fani va amaliyotning
82
tasdiqlashicha, kapital qo‗yilmalar investitsiyalarning sinonim hisoblanmaydi va bu
atamalar bir xil ma‘noni anglatmaydi. Investitsiyalar kapital qo‗yilmalarga nisbatan
kengroq tushuncha hisoblanadi. /arb mamlakatlari adabiyotlarida fond bozorlarini
ko‗rib chiqishga asosiy e‘tibor qaratiladi, chunki bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda (AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya) investitsiyalash
qimmatli qog‗ozlar yordamida amalga oshiriladi.
Investitsiyalashning asosini iqtisodiyotning real sektoriga qo‗yilmalar, ya‘ni
mulkchilik shakli har xil bo‗lgan korxonalar asosiy va aylanma kapitaliga qo‗yilmalar
tashkil etadi. Investitsiyalar bozori muvozanatlangan narxlar bo‗yicha investitsion
tovarlar oldi-sotdisi bo‗lib o‗tadigan sohani sohani ifodalaydi. Investitsion tovarlar
shaklida namoyon bo‗luvchi investitsiyalar quyidagilar hisoblanadi:
1.
Ko‗char va ko‗
ch
mas mulk.
2.
Pul mablag‗lari, maqsadli bank qo‗yilmalari, qimmatli qog‗ozlar va boshqa
moliyaviy aktivlar.
3.
Mualliflik huquqi, litsenziyalar, patentlar, nou-xau, EHM uchun dasturiy
mahsulotlar va boshqalardan kelib chiqadigan mulkiy huquqlar.
4.
Yerdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi.
Kapital qo‗yilmalar shaklida amlaga oshiriladigan investitsiya faoliyati
subyektlari
investorlar,
buyurtmachilar,
pudratchilar,
kapital
qo‗yilmalar
obyektlaridan foydalanuvchilar va boshqa shaxslar hisoblanadi.
Investorlar kapital qo‗yilmalarni mamlakat hududida o‗zlarining mablag‗lari
va chetdan jalb qilingan mablag‗lar hisobiga amalga oshiradilar. Investorlar yuridik
shaxslar va qo‗shma faoliyat to‗g‗risida shartnoma asosida tashkil qilingan, yuridik
shaxs maqomiga ega bo‗lmagan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar birlashmalari,
davlat organlari, mahalliy o‗zini-o‗zi boshqaruv organlari, shuningdek, xorijiy
fuqarolar va yuridik shaxslar bo‗lishi mumkin.
Investitsiya faoliyati subyektlari davlat organlari va ularning mansabdor
shaxslari tomonidan qo‗yiluvchi talablarga rioya qilishlari, shuningdek, kapital
qo‗yilmalar mablag‗laridan maqsadli foydalanishlari lozim.
Investitsiyalashning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
83
1)resurslarni kapital xarajatlarga aylantirish, ya‘ni investitsiyalarni investitsiya
faoliyatining muayyan obyektlariga aylantirish jarayoni (investitsiyalashning o‗zi);
2)kiritilgan mablag‗larni kapital qiymatning o‗sishiga aylantirish, bu
investitsiyalarning yakuniy iste‘moli va yangi iste‘mol qiymati (binolar, qurilmalar
va hokazolar) olishni anglatadi;
3) kapital qiymatning foyda shaklida o‗sishi, ya‘ni investitsiyalashning
yakuniy maqsadi amalga oshiriladi.
Shunday qilib, boshlang‗ich va yakuniy zanjir bo‗g‗inlari birlashib, yangi
o‗zaro aloqani hosil qiladi: daromad—resurslar—yakuniy natija (samara), ya‘ni
jamg‗ariy jarayoni takrorlanadi.
Investitsiyalashning maqsadi va kapitalning o‗sish manbasi loyihalarni amalga
oshirishdan olinadigan foyda (daromad) hisoblanadi.
Investitsiyalarning o‗sish sur‘ati bir qator omillarga bog‗liq bo‗ladi.
Investitsiyalar hajmi avvalo, olingan daromadni iste‘mol qilish va jamg‗arishga
taqsimlashga bog‗liq. Aholi o‗rtacha kishi boshiga to‗g‗ri keluvchi daromad past
bo‗lgan sharoitlarda ularning asosiy ulushi (70-80%) iste‘mol uchun sarflanadi.
Fuqarolar daromadlarining o‗sishi investitsion resurslar manbasi hisoblangan
jamg‗armalarga yo‗naltiriluvchi ulushning o‗sishiga olib keladi. Demak, umumiy
daromad tarkibida jamg‗armalar ulushinnig o‗sishi investitsiyalar hajmining o‗sishiga
olib keladi va aksincha. Biroq bu shart fuqarolarning davlatga ishonchi yuqori
bo‗lgan holatlarda amal qiladi, bu ularning investitsion faolligini kafolatlashi lozim.
Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan daromadlilik me‘yori ta‘sir ko‗rsatadi, chunki
foyda ular uchun asosiy undovchi motiv bo‗lib xizmat qiladi. Kutilayotgan foyda
me‘yori qanchalik yuqori bo‗lsa, investitsiyalar hajmi ham shunchalik yuqori bo‗ladi
va aksincha.
Investitsiyalar hajmiga ssuda foizi stavkasi ham jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi, chunki
investitsiyalash jarayonida nafaqat o‗z mablag‗laridan, balki qarzga olingan
mablag‗lardan ham foydalanish mumkin. Agar kutilayotgan sof foyda me‘yori ssuda
foizi o‗rtacha stavkasidan katta bo‗lsa, bunday qo‗yilmalar investor uchun foydali
bo‗ladi. Shuning uchun o‗rtacha foiz stavkasining o‗sishi mamlakat iqtisodiyotiga
84
investitsiyalar hajmining qisqarishiga olib keladi. bu holatda davlat pulning kredit
emissiyasini cheklash hisobiga muomalada bo‗lgan pul massasini qisqartirish
maqsadida restriktsion siyosatni yuritadi. Kredit hisobiga o‗rtacha foiz stavkasi
pasayishida davlat investitsion tovarlar taklifi va ularga talabni o‗stirish vositasida
investitsion faollikni rag‗batlantiradi.
Shuningdek, investitsiyalar hajmiga taxmin qilinayotgan inflyatsiya sur‘ati
ham ta‘sir ko‗rsatadi. Bu ko‗rsatkich qanchalik yuqori bo‗lsa, investorning
kelajakdagi foydasi shunchalik bahosizlanadi va investitsiyalar hajmini oshirishga
bo‗lgan stimullar kamroq bo‗ladi (ayniqsa, uzoq muddatli investitsiyalash
jarayonida).
Shu sababli investitsiya loyihalari biznes-rejasini ishlab chiqishda ko‗rsatilgan
omillar korxonaning investitsion portfeliga kiritish maqsadida ular jalb etuvchanligini
baholash uchun hisobga olinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |