O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
TRANSPORT TIZIMLARI BOShQARUVI FAKULTETI
TRANSPORT INTELLEKTUAL TIZIMLARI MUHANDISLIGI
KAFEDRASI
5312700 – Intellektual muhandislik tizimlari
bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalariga
“AVTOMOBIL TRANSPORTIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYaLARI”
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun
USLUBIY KO‘RSATMA
Toshkent – 2021 y.
1-laboratoriya ishi
(4 soat)
Mavzu:
«Podbor parametra» buyrug‘idan foydalanib hisoblash
masalalarini yechish.
Ishdan maqsad:
Microsoft Excel elektron jadvalining funksional
imkoniyatlari bilan tanishish va ish faoliyatida ma’lumotlar bilan
ishlashda undan foydalanishni o‘rganish.
Laboratoriya ishi rejasi:
1. Microsoft Excel muhitida jadvallar yaratish va ularni tahrirlash,
formulalar bo‘yicha hisoblash, ma’lumotlarni tartiblashni
o‘rganish;
2. «Podbor parametra» buyrug‘i yordamida hisoblash ishlarini
amalga oshirish metodologiyasini o‘rganish.
Mashg‘ulot uchun zarur vositalar:
o‘quv mashg‘uloti ma’lumot
bazasi; shaxsiy kompyuter; Microsoft Word matn muharriri; Microsoft
Excel elektron jadvali.
Topshiriq:
Avtoulov ta’mirlash ustaxonasi shtati 6ta ishchi, 8ta
slesar, 10ta master, 3ta bo‘lim boshlig‘i, buxgalter, qorovul, farrosh va
direktordan iborat bo‘lsin. Oylik ish haqi umumiy fondi 100 ming so‘mni
tashkil qilsin. Ustaxona xodimlarining oylik okladlari qanday bo‘lishi
kerakligini aniqlash kerak.
Hisobotga qo‘yiladigan talablar:
Laboratoriya ishining natijalari
sifatida kompyuterda qayta ishlangan ma’lumotlar jadval shaklida taqdim
etilishi kerak.
Ishni bajarish texnologiyasi:
1. Nazariy ma’lumotlar.
Avval muammoni hal qilish modelini yaratamiz. Bunda asos qilib
oddiy ishchining maoshini olamiz, qolgan xodimlarning maoshini unga
nisbatan necha barobar yoki qancha ko‘pligi bo‘yicha hisoblaymiz.
Matematik tilda ifodalaydigan bo‘lsak, har bir oklad oddiy ishchi
oyligidan kelib chiqadigan chiziqli funksiya hisoblanadi: Ai ·S+Vi, bu
yerda S – oddiy ishchi okladi; Ai va Vi – har bir lavozim uchun
quyidagicha aniqlanadigan koeffitsientlar:
slesar oddiy ishchidan 1,5 barobar ko‘p maosh oladi (A2=1,5;
V2=0);
master – oddiy ishchidan 3 barobar ko‘p (V3=0; A3=3);
bo‘lim boshlig‘i – masterdan 300 so‘m ko‘proq (A4=3; B4=300);
qorovul – oddiy ishchidan 2 barobar ko‘p (A5=2; V5=0);
farrosh –slesardan 200 so‘m ko‘proq (A6=1,5; V6=200);
buxgalter – oddiy ishchidan 4 barobar ko‘p (A7=4; V7=0);
direktor – buxgalterdan 500 so‘m ko‘proq (A8=4; V8=500).
Har bir lavozimdagi xodimlar sonini bilgan holda, masala modelini
quyidagi tenglama ko‘rinishida yozish mumkin:
N1
⋅
A1
⋅
C + N2
⋅
(A2
⋅
C + B2 ) + ... + N8
⋅
(A8
⋅
C + B8 ) =
100000 ,
bu yerda N1 – oddiy ishchilar soni, N2 – slesarlar soni va x.z.
Bu tenglamada A1...A8, B1...B8 va N1... N8 lar bizga ma’lum, S – esa
noma’lum. Tenglama tahlili shuni ko‘rsatadiki, rejalashtirish masalasi S
ga nisbatan chiziqli tenglamani hal qilish uchun qaratilgan.
2. Ishni bajarish tartibi.
E
lektron jadvalning ish varag‘iga boshlang‘ich ma’lumotlarni 1.1-
rasmda ko‘rsatilgan tarzda kiriting.
1.1-rasm. Boshlang‘ich ma’lumotlar jadvali.
D ustunida har bir lavozim uchun ish haqini hisoblang. Masalan, D3
katakchasi uchun hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
=B3*$B$12+C3
F ustunida berilgan lavozimdagi barcha ishchilarning ish haqini
hisoblang. Masalan, F3 katakchasi uchun hisoblash formulasi quyidagi
ko‘rinishda bo‘ladi:
=D3*E3
F12 katakchasida avtota’mirlash ustaxonasi umumiy ish haqi fondini
quyidagi formula bo‘yicha hisoblang:
=СУMM(F3:F10)
E
lektron jadval ish varag‘i 1.2-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishda bo‘ladi.
1.2-rasm. Hisoblash natijalari jadvali.
Oddiy ishchi okladini aniqlang, bunda, hisoblash jamg‘armasi
belgilangan miqdorga teng bo‘lgan bo‘lsin:
1. Servis menyusidan Podbor parametra buyrug‘ini aktivlashtiring
yoki bu buyruqni Dannыe menyusidan ham topish mumkin:
;
2. Ochilgan oynaning «Ustanovit v yacheyke» maydonida formulasi
mavjud F12 katakchasiga murojaatni kiriting;
3. «Znachenie» maydoniga qidirilayotgan natija 100000 ni kiriting;
4. «Izmenyaya znachenie yacheyki» maydonida o‘zgartirilayotgan
katakcha V12 ga murojaatni kiriting va tugmasini bosing.
Jadvalni shaxsiy katalogingizda saqlang.
Nazorat savollari:
1. Amallarni bajarish ketma-ketligini arifmetik formulalarda
ifodalang.
2. «Podbor parametra» buyrug‘i yordamida berilganlarni hisoblash
metodologiyasini tavsiflang.
Oylik ish haqi fondi 20% ga oshirilganda oddiy ishchining okladini
aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |