2
o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ta’lim oluvchining bilim darajasini aniqlash
maqsadida diagnostik imtihon (test) sinovlari o‘tkazish va har oyda kamida 1 marotaba imtihon (test)
sinovlarini o‘tkazish;
O‘quv markazi quyidagi hollarda mazkur shartnomani bir taraflama bekor qilish huquqiga ega.
2.2. Quyidagi hollarda mazkur shartnoma O‘quv markazi tomonidan bir taraflama bekor qilinadi:
Ta’lim oluvchi O‘quv markazi ichki Tartib-qoidalariga rioya qilmasa yoki ularni qo‘pol ravishda
buzsa;
Ta’lim oluvchi ahloqiy buzuqlik qilsa, kiyinish tartibi va madaniyatini buzsa, O‘quv markazi
xodimlariga nisbatan qo‘pol, hurmatsiz munosabatda bo‘lsa, O‘quv markazi binosi yoki hududida
tamaki yoki inson ongini mast qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlarni iste’mol qilsa, O‘quv markazi
mulkiga shikast yetkazsa yoki nobud qilsa;
Ta’lim oluvchi uzrli sabablarsiz ketma-ket 3 (uch) kunlik dars mashg‘ulotlarida qatnashmasa;
O‘quv markazi o‘z xoxishi bilan Ta’lim oluvchini tinglovchilar safidan chiqarishga ariza bersa.
2.3. O‘quv markazining majburiyatlari:
mazkur shartnoma shartlariga rioya etishi va o‘z vazifalarini belgilangan muddatda sifatli
bajarish;
Ta’lim oluvchiga tanlagan fanlari va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim olishi uchun sharoit
yaratish, xususan, xonalarning yetarlicha yorug‘ bo‘lishini, texnika xavfsizligiga rioya etilishini,
xonalarda havo aylanish tizimi mavjudligini hamda yoz-qish mavsumiga tayyorligini taminlash;
Ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ta’lim beriladigan o‘quv xonalarida zaruriy o‘quv jihozlari,
metodik qo‘llanmalar, ta’lim dasturlari va o‘qitish rejalari bilan ta’minlash;
Ta’lim oluvchiga ta’lim berish uchun tegishli yo‘nalish bo‘yicha malaka sertifikatlariga ega,
o‘quvchilarga ta’lim berish yo‘nalishida kamida 1 (bir) yillik pedagogik va psixologik ish tajribasiga
ega bo‘lgan o‘qituvchilarni jalb etish;
Ta’lim oluvchining barcha dars mashg‘ulotlarni ularni qoldirmasdan ishtirok etishini,
topshirilgan vazifalarni bajarishini, ta’lim dasturlari bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirib olishini hamda
O‘quv markazi Ustavi va ichki tartib qoidalariga so‘zsiz rioya qilishini ta’minlash;
Ta’lim oluvchida mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni
kasbiy yo‘naltirishga va kasb tanlashiga ko‘maklashish;
loyiha doirasida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘quv xarajatlari qoplab
berilgan ta’lim oluvchidan qo‘shimcha pul talab qilib olmaslik;
o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ta’lim oluvchining bilim darajasini aniqlash
maqsadida diagnostik imtihon (test) sinovlari o‘tkazish va har oyda kamida 1 marotaba imtihon (test)
sinovlarini o‘tkazish;
ta’lim oluvchi tomonidan oylik imtihon testlaridan yetarli ball (55 foizdan past) to‘play olmagan,
dars jarayonlariga e’tiborsizlik bilan yondashgan taqdirda, mahalladagi yoshlar yetakchisini bu haqida
xabardor qilish;
loyiha doirasida ish bilan band bo‘lmagan Ta’lim oluvchilarning kelgusida doimiy ish o‘rinlariga
joylashtirish hamda bandligini ta’minlanishga ko‘maklashish;
ushbu shartnoma o‘quv markazi tomonidan bir tomonlama bekor qilingan yoki Ta’lim oluvchi
uzrli sabablarsiz ketma-ket 3 kunlik dars mashg‘ulotlarida qatnashmagan taqdirda, 3 ish kuni ichida
“Yoshlar daftari” Vasiylik kengashini bu haqida rasman, yozma tarzda xabardor qilish majburiyatlarini
zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: