32
Axborot miqdori birligining ikkilik qo‘shimchalari katta harfda yoziladi.
Axborot birligining xalqaro belgilarini “K”, “M”, “G” qo‘shimchalari bilan
ishlatishga yo‘l qo‘yiladi.
Mazkur qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Karrali va ulushli o‘lcham birliklarini hosil qilish uchun qo‘llanadigan o‘nli
ko‘paytiruvchilar, shuningdek, ularning nomlari va belgilarini hosil qiluvchi old
qo‘shimchalar
2-jadval
T/r
O‘nlik ko‘paytiruvchi
(koeffitsyentlar)
Qo‘shimchalar
Nomi
belgisi
1.
10
24
Iota
Y
2.
10
21
Zetta
Z
3.
10
18
Eksa
E
4.
10
15
Peta
P
5.
10
12
Tera
T
6.
10
9
Giga
G
7.
10
6
Mega
M
8.
10
3
Kilo
k
9.
10
2
Gekto
h
10.
10
1
Deka
da
11.
10
-1
Detsi
d
12.
10
-2
Santi
c
13.
10
-3
Milli
m
14.
10
-6
Mikro
µ
15.
10
-9
Nano
n
16.
10
-12
Piko
p
17.
10
-15
Femto
f
18.
10
-18
Atto
a
19.
10
-21
Zepto
z
20.
10
-24
Iokto
y
Nazorat savollari
1
.
O‘lcham va o‘lcham birligi atamalariga ta’rif bering,
hamda ularning farqini
tushuntirib bering?
2. Kogerent hosila birligi deganda nimani tushunasiz?
3. Karrali va ulushli o‘lcham birliklarini qo‘llash qoidalariga misollar keltiring.
33
6 - AMALIY MASHG‘ULOT
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
STANDARTLASHTIRISH
TO‘G‘RISIDAGI QONUNINI TAHLIL QILISH
(2 soat)
Reja:
1. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari.
2. Standartlashtirishga doir normativ xujjatlar.
3. Standartlar ustidan davlat nazorati.
4. Xulosa.
Tayanch so‘zlar:
standart, konsensus, standartlashtirish bo‘yicha vakolatli
organlar, tabiiy resurslar, tibbiy texnika ashyolari, zararli moddalar,
texnik-
iqtisodiy axborot klassifikatorlari, davlat inspektorlari.
Zamonaviy pedogogik texnologik elementlaridan, masalan interaktiv usulni
qo‘llab dars o‘tiladi.
Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi
(kodoskop, proektor, plakat va hokazo).
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar.
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi.
1. STANDARTLASHTIRISHNING ASOSIY MAQSADLARI
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:
➢
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda
«mahsulot» deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i
va mol-mulkiga,
atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida
iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
➢
mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini
ta’minlashdan;
➢
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek
aholining hamda xalq
xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda
raqobat qila olish imkonini oshirishdan;
➢
barcha
turdagi
resurslar
tejalishiga
ko‘maklashishdan,
ishlab
chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan;
➢
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga
oshirishdan;
➢
tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga
kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining
xavfsizligini ta’minlashdan;
➢
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda
sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;
➢
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan;
➢
o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
34
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning
umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi
faoliyat ko‘rsatadi.
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi);
qurilish, qurilish industri si sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruk
siyalashda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish
qo‘mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga
solish hamda atrof muhitni
ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida —
O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan tibbiyot uchun
mo‘ljallangan buyumlar, tibbiy texnika buyumlari, dori vositalari sohasida,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasida
ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan
import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar
mavjudligini aniqlash masalalarida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi;
mudofa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa
ahamiyatiga mollik mahsulotlar sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligi amalga oshiradi.
«O‘zstandart» agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va
qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni o‘z
vakolatlari doirasida boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir.
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot
jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‘zbekiston Respublikasi
standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan,
shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar,
texnik-iqtisodiy
hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari,
normalari va tavsiflariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar.
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar
amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: