I BOB. ETNOLOGIYA FANI TAR1XI, PREDMETI
VA MANBALARI
------------------------------ *■ -----------------------------
Mavzuga oid tayanch so*z va iboralar: Etnografiya, etnologiya,
etnos, xalq, etnologik ma'lumot, yunon va rim mualliflarining asarlari,
etnotoponimlar, etnik qiyofa, musulmon Uyg‘onishi davri manbalari,
Amir Temur va temuriylar davri manbalari, o'zbek urug‘lari haqida
ma'lumotlar
,
rus sharqshunoslari, sayyohlar, “Turkiston " fotoalbomi,
ilmiy jamiyatlar va to ‘garaklar, Rus Geografiya jamiyati
“Turkiston ”
bo ‘limi,
Turkiston havaskor arxeologlar to ‘garagi,
etnologik
tadqiqotlar, X X asrning 20-yillaridagi etnologik asarlar, etnologik
atamalar.
1.1. Etnologiya fani predmeti, tarixi va tadqiqot usullari
“Etnologiya” atamasi qadimgi yunoncha - “etnos” (xalq) va
“logos (fan) degan so‘zlardan tashkil topgan. Uning tub ma'nosini
“xalqni ta'riflash” yoki “xalqshunoslik” deb atash mumkin.
Maxsus etnologik adabiyotlardan ma’lumki, jahondagi ko‘plab
xalq va elatlar o4z tili, kelib chiqishi, moddiy hamda ma'naviy
madaniyati, maishiy turmushi va psixologiyasi bilan ham bir-biridan
ajralib turadi. Xalqlaming o‘zaro tafovuti yoki umumiyligi va
o‘xshashligi hamda ulaming o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi
maxsus fan sohasi “etnologiya” deb ataladi.
Etnologik bilimlar eng qadim zamonlardan paydo bo‘lgan bo‘lsa-
da, lekin mazkur fan mustaqil fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida
vujudga keldi. Dastlab ushbu atamani XVII asrning oxirida nemis
yozuvchisi Iogan Zummer ishlatgan, keyin esa XVIII asrning oxirlari
va 1808-yilda maxsus jumallar shu nom bilan chiqa boshlagan.
“Etnologiya” so‘zi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak
Amper tomonidan 1830-yilda alohida fan sohasi sifatida qo‘llanilgan.
Etnologiya - jahondagi barcha xalqlaming turmush tarzi, urf-
odatlari, moddiy va ma'naviy hayoti, ulaming katta-kichikligi, irqi,
ijtimoiy tuzumi, qoloq yoki rivojlangan bo‘lishidan qat'iy nazar, teng,
bab-baravar o‘rganuvchi muhim ilm sohasidir.
7
Etnologiya dastlab hozirgi xalqlaming kelib chiqishi, shakllanishi,
joylashuvi, etnik tuzilishi, xo‘jalik mashg^ulotlari, madaniy-tarixiy
munosabatlari, moddiy va maishiy turmushi, urf-odatlari, ma'naviy
madaniyati hamda milliy xususiyatlarini tarixiy jarayonlar bilan
bog‘liq holda o lrgangan. Ushbu soha olimlarining diqqat markazida
hozirgi davrdagi xalq va elatlaming maishiy hamda madaniy hayotida
paydo bo‘layotgan barcha yangilik (innovatsiya)lar, tub ijtimoiy
o‘zgarishlar, turmush tarzidagi umumiy va xususiy belgilar hamda
boshqa muhim masalalar va muammolar turadi. Tarixiy etnografiya
yo‘qo!ib ketgan xalq va elatlar, o ‘tmishdagi etnik jarayonlar, maishiy
turmush va ma'naviy madaniyat xususiyatlarini ham o4rganadi.
Har bir fan dastlab faktik bilimlami to‘playdi, keyin esa ulami
tahlil etish orqali mohiyatini anglab, nazariy xulosalar chiqaradi.
Etnografiya fani ham ayni shunday yoMdan borib, mazkur fan
tadqiqotchilari xalq orasida yurib, kuzatib, axborotchilar bergan
ma'lumotlami yig‘ib, moddiy va yozma yodgorliklami tahlil qilib,
to‘plangan materiallami mazmuniga ko‘ra, yo‘nalishlar, maqsad va
vazifalarga qarab tasnif etadi. So‘ngra ular muayyan ilmiy maqsad
bilan tahlil qilinadi va zarur xulosalar chiqariladi.
Lekin, qadimda etnologik bilimlar kundalik hayotiy jarayonlarda
o ‘zga xalqlar bilan o ‘zaro aloqalar davomida amaliy ehtiyojlami
qondirish uchun qo‘llangan. Bunda hali etnologik bilimlarga ilmiy
ma'no berish alomatlari bo‘lmagan. Masalan, ay rim qo‘shni qabila,
xalq va elatlaming maishiy turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari va
etnik xususiyatlarini o ‘rganish, ulami aniq tushunish amaliy
ehtiyojlami qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. Eng qadimgi
Sharq mamlakatlarida uzoq-yaqin qo‘shnilar bilan samarali savdo-
sotiq
munosabatlarini
o ‘matish,
shuningdek,
ularga
qarshi
muvaffaqiyatli urushlar olib borish uchun ham birinchi navbatda,
etnologik bilimlarga ega bo‘lish zarur edi.
Jahonda eng qadimgi yozuvlar sirasiga kiruvchi ierogliflar,
shumer va eroniy mixxatlari hamda qoyatosh bitiklarining guvohlik
berishicha, qadimgi Misr, Mesopotamiya va Eron aholisi qo‘shni va
uzoq xalqlar hamda elatlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotga bo‘lgan.
Ushbu ma'lumotlar faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq
og‘zaki ijodida ham turli rivoyat, hikoya va afsonalar ko‘rinishida aks
etgan.
Masalan,
qadimgi
mesopotamiyaliklaming “Gilgamesh”
dostoni, miloddan avvalgi XX asrlarda Misrda yaratilgan “Sinuxet
sarguzashtlari”, keyinroq tosh va qabr toshlarga bitilgan zafamomalar,
Tel-Amamadan topilgan arxiv hujjatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya
obidalaridagi yozuvlar, eron-ahamoniy podsholarining deklarativ
(bayonot) matnlari va tevarak- atrofdagi mamlakatlar aholisi
to ‘g‘risida nodir ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan.
Antik davrga kelib etnologik bilimlar bir muncha kengayib va
ko‘payibgina qolmay, madaniyatning o ‘sishi bilan ba’zi nazariy
xulosalar ham vujudga kelgan edi.
yj
Do'stlaringiz bilan baham: |