B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Bozor xo’jaligini davlat yo’li bilan tartibga solish—



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/126
Sana17.10.2022
Hajmi2,22 Mb.
#853638
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
Bog'liq
13ab082b6aa0697ba7521f82e74e7ae4 INDIKATIV REJALASHTIRISH

 
1.2. Bozor xo’jaligini davlat yo’li bilan tartibga solish— 
 indikativ rejalashtirishning obyekti sifatida 
Iqtisodiy mustaqillikning mustahkamlanishi bilan ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni tartibga solish zarurati yanada qat’iylashdi. Yangi sharoitda 
davlatning 
tartibga 
soluvchi 
roli 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishning 


18 
qonunchilik va huquqiy asoslarini yaratish, faol sanoat, tashqi iqtisodiy, 
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish hamda hayotni ta’minlovchi muhim 
tizimlar – infratuzilma, fan-texnika sohasi, fuqarolar xavfsizligini 
to’g’ridan-to’g’ri davlat yo’li bilan boshqarishdan iborat. Rivojlangan 
mamlakatlarda indikativ rejalashtirish iqtisodiyotni tartibga solishning eng 
keng tarqalgan shakli hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar, aholi va boshqaruv organlarining 
ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va hududni rivojlantirishdagi boshqa 
muammolarni hal etish yuzasidan o’zaro munosabatlari iqtisodiy 
rivojlanishni tartibga solish jarayonining asosiy mazmunini tashkil etadi. 
Xo’jalik yurituvchi subyektlar, aholi va boshqaruv organlari o’rtasida 
o’zaro munosabatlar jarayonida yuzaga keladigan va iqtisodiy o’sishni 
ta’minlashga yo’naltirilgan o’zaro bog’liq muammolar majmui ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish predmeti hisoblanadi.
Davlat jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga 
solish choralarini ko’radi. Davlat miqyosida raqobat, talab va taklifni 
shakllantirish bilan bog’liq va ayrim boshqa hodisalarning istiqbollari 
prognoz qilinadi. Bu ularning haqiqiy mazmunini buzib ko’rsatish ehtimoli 
tufayli iqtisodiyotga davlatning to’g’ridan to’g’ri aralashuvi ko’ngilsiz 
bo’lgan holat. Biroq mamlakatda hamma vaqt davlat ularni stixiyali bozor 
ta’siriga tashlab qo’ya olmaydigan qator faoliyat sohalari mavjud bo’ladi. 
Bunday sohalar jumlasiga milliy mudofaa, huquq-tartibot, ilmiy 
tadqiqotlar, ta’lim, shuningdek ayrim energetika tarmoqlarining faoliyati 
kiradi. 
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga soluvchi 
hujjatlar ro’yxati quyidagilarni o’z ichiga oladi: iqtisodiyot va u bilan 
bog’liq sohalar rivojining prognozlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
konsepsiyasi, mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar va yirik ko’p tarmoqli 
majmualarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari. Bundan tashqari, 
iqtisodiy rivojlanish ustidan oqilona rahbarlik qilish uchun indikativ rejani 
ishlab chiqish zarur. Ishlab chiqiladigan prognoz hujjatlari tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning alohida sohalari o’zgarishini aks 
ettiruvchi alohida prognozlar, xususan: 
- mamlakatdagi demografik vaziyat; 
- tabiat muhitining holati, shu jumladan tabiiy qazilmalarning 
aniqlangan zahiralari, er, suv va o’rmon resurslari; 
- fan-texnika yutuqlarining holati va ularni ishlab chiqarishga joriy 
etish; 


19 
- aholining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabining hajmi va 
dinamikasi; 
- asosiy ishlab chiqarish omillari: sarmoya, mehnat, investistiyalarni 
prognoz qilish; 
- xalq xo’jaligi alohida tarmoqlari, hududlar va faoliyatning boshqa 
ijtimoiy ahamiyatga molik sohalarining rivojlanishini prognoz qilish. 
Hech bir xo’jalik, strategik qaror ehtimoliy oqibatlarning oldindan ko’ra 
bilmasdan, strategik ustuvor yo’nalishlarni, va ularni amalga oshirishning 
aniq maqsadga yo’naltirilgan harakatlarini tanlamasdan turib qabul 
qilinishi va bajarilishi mumkin emas. Buning uchun mamlakat va uni tashkil 
etuvchi mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirish, 
strategik va indikativ rejalashtirish, dasturlash kabi sinab ko’rilgan 
vositalardan foydalaniladi. Bu bilan davlat nafaqat iqtisodiy hayotni 
umumiy tartibga solish Funksiyasini, balki mamlakatni rivojlantirish 
istiqbollari va uning jahon xo’jaligidagi o’rnini hisobga olgan holda tarkibiy 
siljishlar va innovastion rivojlanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab 
beruvchi o’zining s
trategik-innovastion 
Funksiyasini ham bajaradi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko’p qirrali, ko’p omilli va ziddiyatli 
bo’lib, shuning uchun prognozlar va rejalar odatda ehtimoliy o’zgarishlarni 
baholash uchun ko’p variantlidir. Bu iqtisodiy tizimning rivojlanishidagi 
o’tish, tanglik bosqichlari sharoitida juda muhim, chunki bunda u beqaror bo’lib 
qoladi. 
Prognozlar davlat organlari uchun, birinchi galda, uzoq muddatli va 
o’rta muddatli davrlarga mo’ljallangan rivojlanishning ustuvor yo’nalishlar 
va strategiyalarini asoslash uchun, ya’ni 
indikativ rejalashtirish uchun 
zarur. 
Markazlashgan-rejali 
tizimdan 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tish 
rejalashtirishning roli va ahamiyatini
tubdan oshirdi. Ilgari asosiy qarorlar 
ittifoq markazida qabul qilinib, ular fan-texnika taraqqiyotining yig’ma dasturi 
va ularning 20 yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, 15 yilga 
mo’ljallangan mamlakatning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va 
rivojlantirish bosh sxemasi kabi uzoq muddatli prognozlarga asoslanar edi. 
Endilikda korxonalar, tashkilotlar, banklar, xoldinglar xo’jalik qarorlarini 
qabul qiladi va ular oqibatlari uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. 
Sifatli prognozlar uchun talab keskin oshdi. Ular endilikda bozorning barcha 
agentlariga talab etiladi. Biroq har bir tadbirkor milliy va jahon xo’jaligidagi 
o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilishga qodir emas. Davlat organlari va ilmiy 
tashkilotlarning roli hamda prognozlarning asosliligi va ishonchliligi 
uchun javobgarligi oshdi.
 


20 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish