Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
quyosh nurida toblab, ishlov berish va shunga o‘xshash ishlarda samarali foydala
-
nishgan. Hozirgi paytga kelib esa, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha misli 
ko‘rilmagan kashfiyotlar qilindi. Shunday kashfiyotlardan biri quyosh optik nurlanish 
energiyasini elektr energiyasiga aylantirish hisoblanadi. 
Ma’lumki, elektr energiyasi hosil qilib beradigan quyidagi stansiyalar mavjud:
1. issiqlik elektrostansiyalar.
 
Bu elektrostansiyalarda elektr energiyasi hosil qilish-
da, asosan, Yer sharidagi qazilma boyliklar (neft, gaz, ko‘mir, torf, mazut)dan foyda
-
laniladi. Ya’ni ularni yoqish hisobiga elektr va issiqlik energiyalari hosil qilinadi. Bunda 
atmosferaga juda katta miqdorda zaharli gaz miqdorlari ajralib chiqadi va atmosferani 
ifloslaydi. Bundan tashqari, Yerdagi yoqilg‘i zaxiralari cheklangan bo‘lib, ular yaqin 30-
50 yillar ichida tugash arafasida turibdi. 
2. Gidroelektrostansiyalar.
 
Bunda elektr energiyasi hosil qilish birmuncha arzon 
va qulay hisoblanadi. Suv energiyasi potensialidan foydalaniladi. To‘g‘onlar barpo 
etiladi va suvning tushishi hisobiga generatorlarda elektr energiyasi hosil bo‘ladi. 
Biroq, bu elektrostansiyalarning kamchiligi shundaki, ular ekologik muhitga va hay
-
vonot olamiga, ayniqsa, suv jonivorlariga jiddiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun 
juda ulkan gidroelektrostansiyalar barpo etish ekologik tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi 
deb baholanmoqda. Mini va mikro gidroelektrostansiyalarning ta’siri unchalik sezilarli 
emas, ya’ni ularning tabiiy iqlim sharoitiga salbiy ta’siri juda past darajada ekanligi 
aniqlangan.
3. Atom elektrostansiyalari.
 
Bu energetik jihatdan eng samaralisi hisoblanadi. 
Bunda radioaktiv elementlarning parchalanishi hisobiga juda katta miqdorda ener
-
giya ajralib chiqadi. Biroq, ikkinchi tomondan, bu elektrostansiyalardan foydala
-
nish insoniyatni juda xavfli holatlarga olib kelishi oxirgi yillarda ko‘plab namoyon 
bo‘lmoqda. ekologik muhitga va atmosferaga katta miqdorda zararli moddalarning 
chiqi shi ham salbiy oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ho
-
zirda atom energetikasidan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, yuqori darajadagi tex
-
nik-texnologik xavfsizlikni ta’minlash borasida qator ilmiy tadqiqotlar va amaliy ish
-
lar olib borilmoqda.
Yuqoridagi an’anaviy energiya manbalari turlaridan ko‘rinib turibdiki, ular, birinchi
-
dan, insoniyat yashash turmush-tarziga, ikkinchidan, ekologik tizim va hayvonot olami, 
o‘simliklar dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuning uchun hozirgi paytda 
an’anaviy energiya manbalariga qo‘shimcha energiya manbalari sifatida noan’anaviy 
energiya turlari rivojlantirilmoqda. Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manba
-
lari turlariga quyidagilar kiradi:
– quyosh energiyasi;
shamol energiyasi;
– biomassa, bioenergiya;
geotermal energiya;
– mikro gidroelektrostantsiyalar;
– sho‘rlanish energiyasi;
– to‘lqin energiyasi;
– qum barxanlari energiyasi.
Bu energiya turlaridan eng samaralisi quyosh fotoenergetikasi hisoblanadi. qu
-
yosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda yarimo‘tkazgichli materiallar aso
-
sidagi quyosh elementlaridan foydalaniladi. quyosh elementining asosiy xom-ashyo 
materiali – bu yarimo‘tkazgich kremniy elementi hisoblanadi. kremniy elementi Yer 


35
sharoitida birikma holatida uchraydi. U ma’lum bir texnologiyalar yordamida ajratib oli
-
nadi. Hosil bo‘lgan kremniy xom-ashyo materialidan quyosh elementlari va ularning tu
-
zilmalari tayyorlanadi. Hozirgi paytda quyosh elementlari, asosan, mono va polikristall 
kremniy asosida ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, ko‘p qatlamli, geterotuzilmali 
quyosh elementlari ham mavjud bo‘lib, ular hozircha ko‘p sonda chiqarilgani yo‘q. Bun
-
ga asosiy sabab, xom-ashyo materiallarining qimmatligi hamda ishlab chiqarish tex
-
nologiyasining murakkabligidir. kremniy asosidagi quyosh elementlariga nisbatan ko‘p 
qatlamli quyosh elementlari foydali ish koeffitsienti ancha yuqori hisoblanadi. Shunday 
bo‘lsa-da, Yer sharoitida kremniy miqdori ko‘pligi sababli hamda texnologiyasining ri
-
vojlanganligi uchun kremniy asosidagi quyosh elementlari ko‘p sonda ishlab chiqari
-
ladi. kremniy asosida tayyorlanadigan quyosh elementlari uchun quyidagi texnologik 
bosqichlar amalga oshiriladi:
1. kremniyga mexanik ishlov berish (kesish, tekislash, silliqlash).
2. kimyoviy ishlov berish (keraksiz qatlamlarni kimyoviy yediruvchilar yordamida 
olib tashlash, mikro va nanotekisliklar hosil qilish).
3. diffuziya (
p-n
o‘tish hosil qilish, kirishmalar taqsimoti, termik diffuziya).
4. kontakt hosil qilish (quyosh elementlari yuza sohasi va orqa tomonlariga tok 
oqimi uchun omik kontaktlar olish).
5. quyosh elementlarini saralash (bir xil parametrli quyosh elementlarini ajratib 
olish va shu asosida quyosh elementlaridan panellar hosil qilish).
6. Tayyor bo‘lgan quyosh elementlari parametrlarini nazorat qilish (parametrlarni 
o‘lchash, ularning foydali ish koeffitsientini hisoblash).
Ushbu texnologik jarayonlar to‘liq amalga oshirilgach, quyosh batareyalari (panel
-
lari) quyosh elementlarini ketma-ket va parallel ulash asosida hosil qilinadi. iste’mol
-
chilarning ehtiyojini hisobga olgan holda, turli xil quvvatli quyosh batareyalari tayyor
-
lanadi, ya’ni quyosh batareyalarining geometrik o‘lchami quvvatiga qarab o‘zgartirib 
borilishi mumkin. quvvatning oshirib borilishi bilan geometrik o‘lchami ham ko‘proq 
joyni egallay boshlaydi.
quyosh batareyalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydi. Buning uchun 
qo‘shimcha elektr asbob va qurilmalaridan foydalaniladi. Ular quyidagilar:
1) quyosh batareyasi – quyosh elementlaridan tashkil topgan batareya;
2) invertor – o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka aylantirib beruvchi qurilma;
3) kontroller – akkumulyatorlar batareyasining zaryadlanishi va razryadlanishini 
nazorat qiluvchi qurilma;
4) akkumulyatorlar batareyasi – elektr zaryadlarini to‘plovchi va iste’molchilarni 
invertor orqali elektr energiyasi bilan ta’minlab turuvchi batareya;
5) ulovchi simlar va boshqalar – asosan fotoelektrik qurilma tarkibiga kiruvchi bar
-
cha asbob-uskunalarni bir-biriga tutashtirib turuvchi ulash simlari.
Ushbu asbob va qurilmalar birgalikda quyosh fotoelektrik qurilmasini tashkil qi
-
ladi. quyosh fotoelektrik qurilmasida eng asosiy vazifani quyosh batareyasi (paneli) 
bajaradi.
quyosh batareyasidagi quyosh elementlari samaradorligi yuqori bo‘lishi uchun bir 
nechta shartlar mavjud. Ular quyidagilar:
1. quyosh elementi optik nurlanishni yaxshi yutishi, asosan, quyosh elementlari
-
ni tayyorlash texnologiyasi bilan bog‘liqdir. Bunda birinchi navbatda, quyosh elementi 
xom-ashyo materialining tozaligi hisobga olinadi. So‘ngra unga fizik-kimyoviy ishlov 
berish va bunda eng zamonaviy metod va usullardan foydalanish nazarda tutiladi. 


36

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish