Bino turlari
Guruhlar soni
Yasli yoshdagilar
Maktabgacha
yoshdagilar
Umumiy
Bolalar bog‘chalari
50 o‘rinli
1
1
2
90 o‘rinli
2
2
4
140 o‘rinli
2
4
6
160 o‘rinli
3
4
7
280 o‘rinli
4
8
12
320 o‘rinli
6
8
14
Bolalar bog‘chalari kompleksi
560 o‘rinli
8
16
24
640 o‘rinli
12
16
28
Sig‘imiga karab xozirgi zamon normalarga asosan BM 6 ta turdan iborat, ya’ni
ular 50, 95, 140, 160, 280, 320 o‘rinli bo‘lib, mos ravishda 2, 4, 6, 8, 12, 14 li
guruxlariga to‘g‘ri keladi. 560-640 o‘rinli BM lar bolalar yasli-bog‘cha kompleksi
xisoblanib 24-28 ta guruhdan iborat bo‘ladi (o‘tgan asrning 50-yillarigacha bolalar
yaslisi va bolalar yasli-bog‘chalarini birga qurish keng tarqaldi).
Yasli-
bog‘chalarni birga qurilishi ayrim qurilishdan ko‘ra qulayrok va tejamlidir
MTM binolarining arxitekturaviy-rejaviy yechimlari
Maktabgacha tarbiya muassasalari binolari yasli va bog‘cha guruhlaridan,
shuningdek ma’muriy-maishiy xizmat xonalari va umumiy xonalar guruhlaridan
iborat. Yasli va bog‘cha bloki guruh va o‘yin xonalari,
echinish va qabul qilib
olish, yotoqxona,hojatxonalar, bufet xonalari kiradi. Ma’muriy - maishiy xizmat
xonalari ovqat tayyorlash bloki, kir yuvish xonasi,
maishiy xizmat xonasidan
iborat. Maishiy xizmat xonasi esa yasli bog‘cha mudiri xonasi, xo‘jalik mudiri va
xizmat qiluvchi xodimlar xonasidan iborat. Umumiy xonalar blokida musiqa va
badantarbiya zali, tibbiyot xonalari guruhi joylashadi.
MTM binolarini uchastkalarda qizil chiziqdan kamida 15 m masofada
joylashtirish kerak. Bunda asosiy bolalar xonalarini (o‘yin, ovqatlanish, guruh
xonalari) janub, janubi sharq va sharqqa tomon mo‘ljallab joylashtirilishni
ta’minlash zarur. Bolalar muassasasini rejalashda
eng muhim talab bolalar
guruhlarining bir-biridan yaxshi izolyasiya qilinganligi hisoblanadi. Bu maqsadda
har bir guruhning barcha xonalari alohida kirish eshigi bulgan mustaqil majmuaga
birlashtirilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Amaldagi normalar bilan MTM
binolarini ikki qavatli, ayrim hollarda esa uch qavatli qilib loyihalashga ruxsat
etiladi. MTM binolarini blok kompozitsiyasi asosida loyihalash zarur.
Derazalar
o‘lchamlarini oshirish va yirik ajratmali, yuqori qismida fromugali
pereplyotlarning oqilona konstruksiyasini qo‘llash yo‘li bilan yoritilganlikni
oshirishga erishish mumkin, bunda pereplyotlarning
shakli ham interer elementi
hisoblanadi. Deraza tokchalarini pol sathidan 50-60 sm balandlikda qilish lozim.
MTM arxitekturasida qurilish materiallarining rangi va fakturasi turli
ko‘rinishdagi dekorativ sa’nat namunalarining qo‘llanilishi alohida ahamiyatga
ega. Binoga metalldan, rangli g‘ishtdan, qush va xayvonlarning tasvirlari va
ornamentlari,sopol kiritmalar alohida xususiyat bag‘ishlash mumkin.
Loyihani oxiriga yetkazish uchun majmua
binolarida biror monumental
tasvirlarni, dekorativ elementlarni, bareleflarni, shuningdek MTM binolarining
obrazli-badiiy ifodasini kuchaytirish uchun qo‘shimcha hajmlarni nazarda tutish
zarur.
Bosh kiraverish xududi, o‘quv bloklari chekkalari, oraliqlar orasidagi
to‘siqlar, ustyopma va boshqalar ana shunday joy bo‘lishi mumkin.
Bolalar muassasalari ommaviy qurilish obyektlari bo‘lgani uchun ularni doim
konstruksiyalarning yig‘iluvchanlik darajasi katta bo‘lishiga hisob qilib
loyihalashga intilish lozim.
Maktabgacha
ta’lim
muassasalarining
binolari
turli
sig‘imlarda
loyihalashtiriladi: 1 tadan 12 ta guruhgacha yoki muvofiq tarzda 25 tadan 220 ta
joygacha. Binoning maksimal balandligi -2 qavat (alohida sharoitlarda 3 qavatli
bino qurilishga yo‘l qo‘yiladi).
Maktabgacha ta’lim muassasalarining barcha xonalari
uchta katta guruhga
bo‘linadi:
bolalar guruhlarining har bir uchun xonalar -
guruh
yacheykalari
(asosiy
guruh xonasi va yotoqxona);
umumiy xonalar
– musiqiy va gimnastika mashg‘ulotlari uchun zal;
tibbiy, xizmat - maishiy xonalar, ovqat tayyorlanadigan blok, kir yuvish
xonasi.
Maktabgacha ma’lim muassasalari
maydonlarini bitta bolaga m
2
hisobidan
quyidagi jadvalga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: