216
Yuqorida qayd etilgan rasmiy hujjatlarda barcha ta’lim
muassasalari
pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning zamonaviy
modellari sifatida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalana olishi,
Amerika Qo’shma
Shtatlarining ilmiy markazlari, shuningdek, yirik
korporatsiya (Toyota, Sony, Mitsubishi) larda stajirovkalar o’tkazish,
modernizatsiya, supervertsiya, mahorat - darslari, noformal va informal
shakllarda rivojlantirish masalalari keng yoritiladi.
Bugungi kunda nodavlat ta’lim muassalariga bo’lgan talabning
ortishi ta’lim va o’qitish sifatini baholashning Xalqaro standartlarini joriy
etish asosida ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda
samaradorligini oshirish o’zbek tili va adabiyoti, chet tillar, (bir
nechta
chet tillari), informatika (kompyuter texnologiyalari), matematika kabi
muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda
o’rganish, ijtimoiy pedagogik - psixologik diagnostika; ta’lim tizimini
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash, pedagogik
xodimlarga bo’lgan ehtiyojlarni tahlil qilish, pedagogik xodimlarning
kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvini ta’minlash, ularni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish; umumiy o’rta ta’lim muassasalari
(NTM) ni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta’lim tizimini boshqaruv
jarayoniga yangicha yondashuv; ta’lim muassacalarida mehnat-huquqiy
munosabatlar masalalarini chuqur tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim tizimi, undagi
o’qitish jarayonini takomillashtirish maqsadida rivojlangan davlatlarning
ta’lim sohasidagi islohotlari tahlil qilinib, shu asosida ta’lim mazmunini
modernizatsiyalash uning maqsad va vazifalari, dunyo ta’limi oldida
turgan global vazifalarning hal qilinishida yechimini kutayotgan
muammolar: nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat mazmuni tahlili,
vazifalari, maqsadlarini o’rganish va kerakli
tavsiyalar ishlab chiqish,
ta’lim xizmati ko’rsatuvchi barcha muassasalarning hozirgi kundagi asosiy
qiyinchiliklari, ta’limni tashkil etish va uning sifatini yuqori darajaga
ko’tarish, boshqarish, moliyalashtirish, ta’lim muassasalarining moddiy-
texnik bazasini rivojlantirish kabi masalalarning hal qilinishiga katta
e’tibor qaratilmoqda.
Sohaga oid adabiyotlarning nazariy tahlili, nodavlat ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirishda tizimli yondashuvning mazmun
va mohiyatini asoslash uchun imkoniyat yaratdi. Ta’lim sifatini oshirishda
tadqiqot ob’ekti tizim sifatida, ya’ni “xaridorgir mahsulot ishlab
chiqarishga” xizmat qilayotgan murakkab tizim sifatida ko’rib chiqiladi.
Bunda uning aloqalari va vositalarining mazmun-mohiyatiga ko’ra
217
nodavlat ta’lim muassasalarini bir butun, ya’ni yaxlit holda tasavvur qilish
talab etiladi. Nodavlat ta’lim muassasalarini o’rganishda
alohida
xususiyatlarga ega bo’lgan bir necha qismlarga ajratib, ular o’rtasidagi
aloqalar shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan bog’liqlik
xususiyatlari aniqlandi.
Nodavlat
ta’lim
muassasalarida
ta’lim
sifatini
oshirish
mexanizmlarni ishlab chiqish, undagi muammolarni hal etish izchillik
bilan rivojlanib borayotgan uzluksiz va zamonaviy yangi fan-texnologiya
yutuqlariga asoslangan bugungi jamiyatda bunday holat oddiy ijtimoiy
ong, tafakkurning o’sishi natijasi sifatida qaralishi kerak. Bu o’rinda
xulosalarni tahlil qiladigan bo’lsak, nodavlat ta’lim muassasalarida tahsil
olayotgan o’quvchilarga kelajakda jamiyat uchun jamiyatning talabi o’z
yo’nalishiga ega bo’lib, ular quyidagicha ko’rinishlarda namoyon
bo’lmoqda:
birinchidan – jamiyatda o’z mavqeiga ega bo’lish uchun ijtimoiy
nufuzli toifaga ega bo’lgan davlat attestatini
olishga harakat qilayotgan
yoshlarning salmog’i;
ikkinchidan – DTS belgilangan o’quv rejasiga ko’ra ta’lim olayotgan
o’quvchilarning qo’shimcha diplom va sertifikat (chet tillarini o’rganish
yoki kompyuter, sport yo’nalishlari misolida) olishga harakat qiluvchilar
ko’lami.
Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi
islohotlar nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish
mexanizmlarini ishlab chiqish, takomillashtirishni, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy,
zamonaviy talablarga mos keladigan ta’lim tizimini shakllantirishni taqozo
etmoqda. Bu bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri bo’lib, nafaqat
ta’lim sifatini oshirish muammolari, balki o’qituvchilarning pedagogik
faoliyatini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish va ularni
shakllantirish zamirida, eng avvalo, tizimning turli bo’g’ini
xodimlari
faoliyatini takomillashtirishning yo’l-yo’riqlarini aniqlash, yangi
sharoitlarga muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini
belgilaydi.
Shundan kelib chiqib, ta’lim sifatini oshirish yo’nalishida amalga
oshirilayotgan islohotlar barcha nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim
jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda fan-texnika
yutuqlariga asoslangan innovatsion texnologiyalarning eng samarali
metodlaridan foydalanishni, mutaxassislik doirasida o’z bilim, ko’nikma
va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni
egallab borishni talab
qiladi.