Qora bugʻdoy (Secale) gʻalladoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar



Download 110,68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.10.2022
Hajmi110,68 Kb.
#852160
Bog'liq
Javdar - Vikipediya



Javdar
Javdar
, qora bugʻdoy (Secale) — gʻalladoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar
turkumi, don ekini. 13 turidan 11 tasi yovvoyi boʻlib, Kichik va Oʻrta Osiyoda, Eron, Afgʻoniston,
Zakavkazye, Janubiy Afrikada oʻsadi, qolgan 2 turidan biri — dalalarda begona oʻt tariqasida
uchraydi (S. segetale), biri asosan Shimoliy yarim shar mamlakatlarida yetishtiriladigan madaniy
yoki ekiladigan J. (S. cereale) dir. J.ning vatani Kavkaz, Kichik va Oʻrta Osiyoning togʻ oldi
mintaqalari. Kuzgi va bahorgi shakllari bor, asosan kuzgisi ekiladi. Jahon boʻyicha ekin maydoni
9,9 mln.ga oʻrtacha hosildorlik 20,3 s/ga, yalpi hosili 20,1 mln. t (1999). Asosan Yevropa
mamlakatlarida koʻp ekiladi (Polshada — 2,2, Rossiyada 3,5, Ukrainada 0,6 mln.ga).
Oʻzbekistonda J. kam ekiladi (8 ming ga, 1999).
J. ildiz tizimi popuk ildiz, baquvvat, yerga asosan 120 sm (ayrim ildizlari 2 m) gacha kirib boradi.
Poyasi poxol, 5—6 boʻgʻimdan iborat, boʻyi 60 sm dan 2—2,5 m gacha. Bitta oʻsimlikda 4—8 ta
poya boʻladi. Bargi barg qini va xanjarsimon uchli barg plastinkasidan iborat: toʻpguli — boshoq,
Secale cereale


gullari ikki jinsli, mevasi don, yalangʻoch, choʻzinchoq, asosan kulrang. J. chetdan changlanadigan
oʻsimlik. J. dan oziq-ovqat, yem-xashak va texnika maqsadlarida foydalaniladi. Javdar non
(bugʻdoy non bilan birgalikda) eng muhim oziq-ovqat mahsulotidir. Yormasi va koʻk massasi, uni
chorva mollari uchun qimmatli ozuqa; donidan aralash ozuqa, spirt va kraxmal, patoka ishlab
chiqariladi, somonidan qogʻoz, sellyuloza, lignin va boshqa olinadi, shuningdek, mollarga
yediriladi va toʻshama oʻrnida foydalaniladi. Kuzgi J.ning faol vegetatsiya davri (120—150 sutka)
ikkiga boʻlinadi: vegetativ organlari rivojlanib boradigan kuzgi davr (40—50 sutka) va generativ
organlari shakllanadigan va oʻsimlik hosil beradigan bahorgiyozgi davr (75—100 sutka). Urugʻi 1—
2° issiqda unib chiqadi, maysalari sovuqqa chidamli. J. aprel ning oxiri — mayning boshlarida
boshoq chiqaradi, iyun oyida pishadi. Sugʻoriladigan mintaqalarda kuzgi J.ni makkajoʻxori, gʻoʻza,
kartoshka va boshqa dala ekinlaridan boʻshagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi.
Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda, asosan, kuzda 4—6 sm chuqurlikda ekiladi (gektariga 2—
2,5 s urugʻ sarflanadi). Sugʻoriladigan yerlarda hosildorligi 20—50 s/ga, bahorikor yerlarda 10—20
s/ga boradi. Baʼzi joylarda J.ni oraliq ekin tariqasida koʻkatini mollarga berish uchun ham ekiladi.
Navlari. J.ning Vyatka, Kozon, Duragay 2, Vaxsh 116 (bahori) va boshqa ekiladi.
Zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, kuzgi pashshalar, xasva va boshqa
Kasalliklari: ildiz chirish, qorakuya, qorakoʻsov va boshqa
Yormatova D., Dala ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi, T., 2000.
Qoʻziboy Dushamov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyot
Manbalar


Soʻnggi tahrir 29 kun avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Javda
r&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Javdar&oldid=2843554

dan olindi

Download 110,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish