77
2. CHuqurlik kameralarining tuzilishi va ishlash printsipi.
Tayanch so’zlar:
Yonilg’i, Issiqlik kameralari, Beton qotish jarayonini.
Buyumni qizdirish jarayonini avtomatlashtirishdan maqsad,belgilangan issiqlik
va namlik darajasini saqlab yuqori sifatlimahsulot olishga erishishdir. Yig’ma
temir-beton ishlab chiqariladigan zavodlarda issiqlik bilan
ishlov berishni asosiy
o’lchamlari masofadan avtomat orqali nazorat qilinadi. SHuningdek, haroart mahsus
dastur yordamida lozim darajada saqlab turiladi. Beton qotishini tezlashtirish
moslamalarini avtomat yoki yarim avtomat tartibda
boshqarish tizimlari ham
ishlatilayapti. Yarim avtomat usulida bug’ havoli muhit kerakli haroratgacha qiziydi
biroq muhitning qanday qizishi belgilanmaydi va zaruratga qarab o’zgaradi. Davriy
ishlaydigan yarim avtomat moslamalar haroratni kerakli darajada o’zgartirib turishi
uchun bug’ bilan ta’minlash tizimiga diafragma va harorat regulyatorlari o’rnatiladi.
Izotermik saqlash darajasiga yetganda regulyatorlar haroratni
zarur darajada saqlab
turadi.
Bunday usulda qizish vaqtida bug’ kameraning boshlanish vaqtidagi harorati
hisobga olmasdan beriladi.
Issiqliq bilan ishlov berishni avtomatik tartibga solib turish uchun
issiqlik beruvchining harorati yoki kondensat haroratini kerakli darajada
saqlaydigan moslamalar ishlatiladi.CHuqursimon kameralarda
avtomat tartibga solish
haroratni kerakli darajada saqlovchi dasturiy moslamalar PRTE-2M(2.30-rasm) yoki
ERP-61 ishlatiladi. PRTE-2M regulyatorining ba’zi asosiy ko’rsatkichlari
quyidagilardan iboratdir: haroratni o’zgartirish oralig’i- 0-100 °S; haroratni
ko’rsatish aniqligi ±2,5%; sezuvchanligi– 0,5°S dan kam emas; eng ko’p tartibga
solish vaqti– 24 soat; ishlash quvvati– 30 Vt. Regulyatorda kerakli
harorat rejimiga
qarab tayyorlanadigan kopir bo’ladi. Buyumga bug’ni ma’lum bosimda berib,
haroratni kerakli darajada ushlab turib ishlov beriladi. Umumiy bug’ magistraliga
bevosita ishlovchi klapan o’rnatiladi. Harorat rejimi o’zgarishi hollarini ma’lum
qilish uchun 397 signalizator qo’yiladi. Bosim pasayganda signalizator regulyatorni
elektr quvvatidan uzib qo’yadi va bir vaqtning o’zida
kamera ishlamay turgan
vaqtini hisobga oluvchi o’lchagich ishga tushadi. Har bir bug’lash chuquridagi
harorat o’zgarish rejimi elektron ko’prik diagrammasiga yoziladi. CHuqur
kameralarning umumiy bug’ iste’mol qilishi holatini hisobga olish uchun maxsus
moslamalar ishlatiladi.
78
rasm. PRTE-2M rusumli dasturiy boshqaruvli avtomatika
sistemasining printsipial sxemasi
1-boshqaruv organi; 2-dasturiy
boshqaruvchi; 3-avtomatik muqobillashgan ko’prik; 4-
datchiklar; 5-bosimni boshqaruvchi
CHuqur kameralarni avtomatlashtirganda asosiy tartibga soluvchi qism
bo’lib elektrmagnit usulida ishlovchi ventil xizmat qiladi. Ichkaridagi
harorat belgilanganidan2-2,5 °S og’ganda dastur ventilni ishga tushiradi.
Nazorat savollari
1. Issiqliq bilan ishlov berish.
Do'stlaringiz bilan baham: