amaliy matematika taʼlim yoʻnalishining fanlar katalogi



Download 361,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.10.2022
Hajmi361,97 Kb.
#851053
  1   2
Bog'liq
60540200 – Амалий математика Fan katalogi (1)



 
 
 
 
 
60540200 – AMALIY MATEMATIKA TAʼLIM YOʻNALISHINING FANLAR KATALOGI 
№ 
Fanning kodi 
Fanning nomi 
Fanning qisqacha tavsifi 
Kredit 
miqdori 
Semestr 
Professor-oʻqituvchilar: F.I.Sh., 
ilmiy unvoni va darajasi 
Majburiy fanlar 
1.01 
MM1007 
Chiziqli algebra va analitik 
geometriya 
“Analitik geometriya va chiziqli algebra” fanining 
o’qitilishidan maqsad – talabalarn 
i matematikaning zaruriy ma’lumotlari majmuasi 
(tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy 
masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan 
tanishtirish xamda matematika yo’nalishlarining o’zviy 
bog’liqliklarini o’rganishdan iboratdir. Ayni paytda u 
talabalarni mantiqiy fikrlashga, to’g’ri xulosa 
chiqarishga, matematik madaniyatini oshirishga xizmat 
qiladi. Talabalarni mantiqiy fikirlashga, nazariy 
bilimlarni amaliyotga bevosita tatbiq etishga, to’g’ri 
xulosa chiqarish va qaror qabul qilishga o’rgatish 
“Analitik geometriya va chiziqli algebra” fanining 
asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
6

Dots.S.Muhiddinov 
ass.E.Settarova 
1.02 
AIM1007 
Amaliy informatika 
Fanni oʻqitishdan maqsad - Talabalarni axborot 
resurslari, dasturiy va texnik vositalarni joriy etish 
asosiy 
yo'nalishlari 
bilan 
tanishtirish, 
ularda 
kompyuterlarning zamonaviy dasturlari tizimida 
ishlash amaliy ko'nikmalarni shakllantirish. 
Fanning vazifasi - Axborot yig’ish , saqlash, qayta 
ishlash va undan foydalanish usullari , zamonaviy 
komputer texnologiyalari yuzasidan umumiy tasavvur 
va maʼlum bir bilimlar bazasini hosil qilish.

2,3 
Dots.f-m.f.nAminov Istam 
Barnoyevich 
Ass.Inatov Abror Ismatovich 
1.03 
NMM2007 
Nazariy mexanika 
Talabalarning 
mexanik 
bilimlarini 
oshirishga 
mo’ljallangan. Bu fan bakalavrlar tayyorlashning o’quv 
jarayonida 
talabalarning 
yuqori 
darajadagi 
tayyorgarligi va ko’pgina maxsus fanlar bo’yicha 
chuqur bilimlar egasi bo’lishida asosiy o’rin tutadi. 


Dots.Abdullayev O., Katta 
o’q.Ismoilov E., Katta 
o’q.Kasimova F.


Talabalar turli muhandislik sohalariga oid sodda 
amaliy masalalar uchun hisoblash modellarini tuzish, 
hisob natijalarini tahlil qila oladigan va ularning 
natijalarini ola biladigan mutaxassis bo’lib yetishadilar 
1.04 
O’YaM1004 
O’zbekistonning yangi 
tarixi 
Mustaqillik yillarida O’zbekiston respublikasida yuz 
bergan muhim o’zgarishlar, tub islohatlarning mazmun 
mohiyatini ko’rsatish va jamiyat hayotida talabaning 
o’rnini, o’zligini anglashdan iborat. 


Dots. Vafoeva J 
1.05 
FM3006 
Falsafa 
Yoshlarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan 
falsafiy bilimlar bilimlar qurollantirish hamda ularda 
o’z-o’zini anglash va to’g’ri fikirlash mahorati, 
ko'nikma va malakalarni shakillantirishdan iborat. 


Prof..Yaxshilikov J. 
1.06 
O’RM1006 
O’zbek (rus) tili 
Rus tili bilimi asosida samarali muloqotni barcha 
nutqiy faoliyat turlarida rivojlantirish, o`quv va 
ilmiy, kasbiy, ijtimoiy-madaniy sohalarida talabalarda 
o`zaro fikr almashinuvini shakllantirish, mustaqil 
ravishda kasbiy muloqot qobiliyatlarini egallash
hamda o`rta ta`lim, o`rta maxsus ta`lim jarayonida 
olingan bilim va ko`nikmalarni yanadayam oshirish va 
ilmiy gumanitar dunyoqarashni,rus tili yordamida 
ijodiy fikrlashni , tafakkurni shakllantirish. 

1,2 
Ass.S.T.Yuldasheva 
Ass.G.A.Xadjikurbanova 
1.07 
XTM1008 
Xorijiy til 
Talabalarni chet tilini faol egallashga o’rgatish, ya’ni 
dastur asosida berilgan mavzular bo’yicha o’z fukr 
mulohazalarni chet tilida bayon eta olish hamda shu 
tilda bilidirilgan fikrlarni anglashdan iborat. 

1,2 
ass.Toxirova S, ass. Rafiyev Sh, 
ass. Qayumova Sh, ass. 
Abduraxmonov S, ass. Umurzoqov 

1.08 
O’TM1003 
O’zbek tilini sohada 
qo’llanilishi 
Talabalarning yangi alifbo imlo qoidalari, davlat tilida 
ish yuritish va mutaxassisligiga oid terminlarni 
bilishning ilmiy-nazariy asoslarini, hamda ularning 
ijtimoiy hayotining barcha sohalarida qo’llay olishi, 
ilmiy va ta’lim jarayonlarida tadbiq qilishning ilmiy 
metodik imkoniyatlarini yoritishdan iborat. 


ass. Ubaydullayeva M 
1.09 
JTM1004 
Jismoniy tarbiya va sport 
Talabalarda sport turlarining mashq elementlari, sport 
o'yinlari, sport turlarida hujum va himoya taktikasi va 
texnikasi bilan tanishtirish, o'yinlarda qo'llanadigan 
turli usullarni o'rgatishni takomillashtirish, fintlar bilan 
amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini 
shakllantirish va oshirish, musobaqalar o'tkazish 
usullarini va nizomlarini tuzishga o'rgatish, bolalarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkmol avlodni 
tarbiyalashga mos bilim, ko'nikma va malakalarni 

1,2 
Ass. Qurbonov A,
Ass. Oblonazarov F,
Ass. Raupov 


shakillantirish oshirish hamda takomillashtirishdan 
iboratdir. 
1.10 
DAM10020 
Programmalash asoslari 
“Programmalash asoslari” fanining bosh maqsadi 
talabalarga qo‘yilgan masalani yechuvchi kompyuter 
programmasini tuzishga o‘rgatishdir. Shu maqsadda 
programmalash tillari va muhitlari haqida umumiy 
tushunchalar beriladi va bu tillardan foydalanish 
o‘rgatiladi. Ushbu fan talabalarga dastlabki o‘quv 
yillarida o‘qitiladi va talabaning keyinchalik 
o‘qitiladigan boshqa ixtisoslik fanlari va maxsus 
fanlarni o‘rganishda zarur bo‘ladigan eng asosiy 
tushuncha va ma’lumotlar bilan tanishtiradi. Bu kursda 
asosan, dasturlash asoslari, C++ tilida programmalash, 
obyektga mo’ljallangan dasturlash, visual dasturlash 
hamda ma’lumotlar bazalarini dasturlash kabi bo‘limlar 
o‘rgatiladi. 
21 
1,2,3,4 
PhD, dotsent Yusupov O.R.; 
PhD, assistent Daliyev Sh.K.; 
t.f.n., dotsent Qobilov S; 
PhD, dotsent O'runbayev J.E.; 
assistent Eshonqulov E.; assistent 
Absalomova G.; assistent Davirov 
B.;
assistent Nurmamatov M.; 
assistent Djabborov A.; 
1.11 
AVMM1008 
Algoritmlar va ma’lumotlar 
strukturalari 
“Algoritmlar va ma’lumotlar strukturalari” fanini 
o'zlashtirishning maqsadi dasturlashda ishlatiladigan 
ma'lumotlar tuzilmalarini, ularning spetsifikatsiyasi va 
amalga oshirilishini, ma'lumotlarni qayta ishlash 
algoritmlarini va ushbu algoritmlarni tahlil qilishni, 
algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarining o'zaro 
bog'liqligini o'rganishdir."Algoritmlar va ma'lumotlar 
tuzilmalari rivojlanishiga asos bo'lgan asosiy nazariy 
tushunchalarni shakllantirish, ma'lumotlarning abstrakt 
turi (MAT) modeli (paradigmasi) yordamida murakkab 
(dinamik) ma'lumotlar tuzilmalarini qurish va ulardan 
foydalanish: spetsifikatsiya → taqdimot → amalga 
oshirish, asosiy sinflar haqida tushuncha va bilimlarni 
shakllantirish algoritmlar (ma'lumotlarni qidirish, 
kodlash (siqish), tezkor qidirish, saralash), ularda 
ishlatiladigan ma'lumotlar tuzilmalari va ularga 
asoslangan masalalarni yechishning umumiy sxemalari, 
tanlangan tilda (C#, C/C++, Java, Python) odatiy 
algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarini va ularning 
modifikatsiyasini 
amalga 
oshirishga 
o'rgatish, 
algoritmlar va dasturlarning murakkabligini tahlil qilish 
to'g'risida g'oyalar va bilimlarni shakllantirish. " 

2,3 
PhD, dotsent Yusupov O.R.; 
PhD, assistent Daliyev Sh.K.; 
assistent Eshonqulov E.; 
assistent Nurmamatov M; 
assistent Abdirofiyev N.; 
1.12 
UFM2003 
Umumiy fizika 
Umumiy fizika fanining asosiy maqsadi talabalarni 
asosiy 
fizik 
hodisalar, 
ularning 
mexanizmlari, 
qonuniyatlari 
va 
amaliy 
qo’llanishlari 
bilan 


Dots.R.Turniyozov 


tanishtirishdir. Umumiy fizika fanining asosiy vazifasi 
talabalarda ilmiy-amaliy dunyoqarashni, ya’ni fizikaviy 
hodisalarning tabiatini to’g’ri tasavvur qilish, tabiiy 
fanlar sohasida qo’yilgan har bir aniq vazifalar 
mazmunini umumiy fizika qonunlari bilan bog’lash; 
asosiy 
fizikaviy 
o’lchov 
asbob-uskunalaridan 
foydalana bilish; fizika fanining rivojida o’zbek 
allomalarining qo’shgan hissalaridan g’ururlanishni 
shakllantirishdir; talabalarning mustaqil ishlash 
malakasini, tahliliy mulohaza yuritish qobilyatini
shuningdek asosiy va qo’shimcha adabiyotlardan 
foydalanish mahoratini o’stirish. 
Taʼlimning innovatsion tizimini keng qo`llash, 
o’qitishning interaktiv uslublari va vositalaridan, 
zamonaviy 
axborot-kommunikasiyalari 
hamda 
tenologiyalardan keng foydalanish 
1.13 
EXM3004 
Extimollar nazariyasi va 
matematik statistika 
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika asosiy 
tushunchalari: hodisa, hodisaning ehtimoli,shartli 
ehtimol, bog‘liqmas tajribalarning ketma-ketligi, 
tasodifiy miqdorlar, ularning sonli xarakteristikalari, 
limit teoremalar, katta sonlar qonuni, tasodifiy miqdor 
kovariatsiyasi 
va 
korrelyatsiya 
koeffisienti, 
xarakteristik funksiyalar, ularning xossalari, tanlanma, 
tanlamaning parametrlari, variatsion qator, intervalli 
baholar, baholarni qurish usullari, momentlar va 
haqiqatga maksimal o’xshashlik usullari, normal 
taqsimot parametrlarini baholash, matematik kutilmani 
sigma ma’lum va ma’lum bo’lmagan hollarda baholash, 
statistik gipotezalarni statistik tekshirish, 1-va 2-tur 
xatoliklar, Pirsonning xi-kvadrat kriteriysi kabi 
tusunchalar o’rganiladi. 


Xalikulov S.I.- dots., f.-m.f.n., 
Quljonov O‘.- dots., PhD, 
Yaxshilikov J.J.-assistent 
Toshturdiyev A.M.-assistent 
1.14 
KGM3008 
Kompyuter grafikasi va 
WEB dizayn 
“Kompyuter grafikasi va Web-dizayn” fanini 
o’qitishdan maqsad kompyuter grafikasi va Web dizayn 
elementlari bo’yicha kasbiy sohasida egallashi lozim 
bo’lgan bilimlar va amalda qo’llash uchun ko’nikma va 
malakalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. 
Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo’lgan 
tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o’z ichiga 
oladi. 
Fanni o’qitishdagi vazifalar: 

5,6,7 
Dots.PhD.Xolmonov Sunatillo 
Maxmudovich 
Ass.Rashidov Akbar Ergash o’g’li 
Ass.Xurramov latif Yakubbay 
o’g’li 


-
zamonaviy axborot texnologiyalari orqali 
olinayotgan ma’lumotlarning qanday hosil 
qilinishi 
va 
ulardan 
foydalanish 
haqida 
ma’lumotlarni berish; 
-
kompyuter garfikasi haqida ma’lumotlarni 
berish; 
-
rastrli va vektorli kompyuter grafikasining 
imkoniyatlarini ochib berish; 
-
CorelDraw dasturida ishlash imkoniyatlarini 
va unda bezash ishlarini o’rgatish; 
-
Adobe 
Photoshop 
dasturida 
ishlash 
imkoniyatlarini va unda bezash ishlarini o’rgatish; 
1.15 
TDM3004 
Tizimli dasturlash 
Tizimli 
dasturlash 
fani 

hisoblash 
tizimlari 
arxitekturasi 
va 
tizimli 
dasturlarning 
o'zaro 
bog’liqligini hamda operatsion sistemalar strukturasi, 
funksiyalari va komponentalarini tahlil qilishni 
o'rganadi. Fanni o'zlashtirish natijasida assemblerlar, 
zagruzchiklar, mikroprotsessorlar tuzilishi va ishlash 
prinsiplarini namoyish etish, translyatsiyalash sxemasi, 
translyatorlar turlari haqida bilimlarga ega bo'ladilar. 
Tizimli dasturlash va tizimli programma ta’minotini 
yaratish texnologiyalini ishlab chiqish ko'nikmalarini 
hosil qiladi. 


t.f.n., dotsent Qobilov S; 
assistent Abdirofiyev N.; 
assistent Meliyev F.; 
assistent Oblaqulov S. 
1.16 
MAM10020 
Matematik analiz 
Matematik analiz – bu matematikaning fundamental 
bo‘limlaridan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan 
matematika kursining asosiy qismi hisoblanadi. Ushbu 
fan amaliy matematika yo‘nalishi talabalariga dastlabki 
o‘quv yillarida o‘qitiladi va o‘quvchini keyinchalik 
o‘qitiladigan boshqa ixtisoslik fanlari va maxsus 
fanlarni o‘rganishda zarur bo‘ladigan eng asosiy 
tushuncha va ma’lumotlar bilan tanishtiradi. Bu kursda 
asosan, limitlar nazariyasi, bir va ko‘p o‘zgaruvchi 
funksiyalarning differensial va integral hisobi, qatorlar 
nazariyasi hamda kompleks o’zgaruvchili funksiyalar 
nazariyasining ba’zi kabi bo‘limlar o‘rgatiladi.
Matematik analiz fani – muhandislik, fizika, texnika, 
iqtisod va boshqa sohalarni o‘rganishda, ularning 
masalalarini echishda, ayniqsa turli jarayonlarning 
matematik 
modellarini 
tahlil 
qilishda 
muxim 
axamiyatga ega. 
21 
1,2,3,4 
Dots.R.Mardiyev 
Dots.A.Arziqulov 


1.17 
DTM2006 
Differensial tenglamalar 
Talabalarning 
matematik 
bilimlarini 
oshirishga 
mo’ljallangan. Differensial tenglamalar fanining asosiy 
maqsadi bakalavriatning amaliy matematika yo’nalishi
talabalariga bu fanning fundamental asoslarini yetarli 
darajada o’qitish, bu nazariy bilimlar yordamida
mexanika, fizika, texnika va boshqa sohalarda sodir 
bo’ladigan jarayonlarni differensial tenglamalar ko’ri-
nishda ifodalashni, matematik modellar uchun masala-
ning berilishiga qarab, ularni yechishga o’rgatish va 
ixtisoslik fanlarini o’rgatishga tayyorlashdan iborat. 
Jarayonlarning differensial tenglamalar yordamida
matematik modelini tuzish va yechimlarini topish 
usullarini o’rganish, masalaning berilishiga qarab, 
uning yechimini nazariy tahlil qilish differensial 
tenglamalar fanining asosiy 


Dots.Xodi Zoda Parviz Jafarovich 
1.18 
MFTM3005 
Matematik fizika 
tenglamalari 
Talabalarning 
matematik 
bilimlarini 
oshirishga 
mo’ljallangan. Matematik fizika tenglamalari fani 
xususiy hosilali differensial tenglamalari uchun 
chegaraviy masalalarini yechishga bag‘ishlanadi. 
Matematik fizika tenglamalari fanining maqsadi 
talabalarga fizik jarayonlarni xususiy hosilali differen-
sial tenglamalar yordamida matematik modelini
tuzishini o‘rgatadi. Matematik modellar uchun 
masalaning berilishiga qarab, ularning yechimining 
mavjudligini, yagona ekanligini, boshlang‘ich va 
chegaraviy shartlarga hamda tenglamada qatnashgan 
parametrlarga uzluksiz bog‘liq ekanligini isbotlashdan 
iborat. 
Matematik fizika tenglamalari bilan shug‘ullangan tala-
balar xususiy hosilali differensial tenglamalar va 
ularning yechimlari to‘g‘risida tushunchalar. Xarak-
teristik forma. Ikkinchi tartibli xususiy hosilali 
differensial 
tenglamalarning 
klassifikatsiyasi 
va 
kanonik ko‘rinishi. Ikkinchi tartibli ikki o‘zgaruvchili 
differensial 
tenglamalarni 
kanonik 
ko‘rinishga 
keltirish. Matematik fizikaning asosiy tenglamalarini 
keltirib chiqarish (tor tebranish tenglamasi; issiqlik 
tarqalish 
tenglamasi; 
statsionar 
tenglamalar). 
Matematik fizika tenglamalari uchun asosiy masala-
larning qo‘yilishi: Koshi masalasi va uning qo‘yilishida 


Dots. Malikov Z. 
Dots. Tursunov F.R. 
Kat. o’qit. Shodiyev D.S. 


xarakteristikalarning roli. Korrekt qo‘yilgan masala 
tushunchasi. Chegaraviy masala; Aralash masala va 
boshqa masalalar yechimlarining yagona va mavjud 
ekanligini isbotlash hamda o‘rganilgan nazariy 
bilimlarni amaliyotga qo‘llashni o‘rganishdan iborat. 
1.19 
TTM4004 
Tizimli tahlil 
Turli sohalarga xos bo’lgan tizimlarni, tahlil qilish 
uslubi, va qo’yilgan masalalar tadqiqini o’rganishdan 
iboratdir. Shuningdek, tizimli g’oyalarni yaratilishi, 
tizim nazariyasining asosiy tushunchalari, tizimli tahlil 
va texnologiya haqida tushunchalar o’rganildi. 


Ass.Omonov A.A. dots. 
Bozorov I.N. ass.Jumayev Z.Z. 
1.20 
VXM4004 
Variasion hisob va optimal 
boshqaruv 
Variatsion hisob va optimal boshqaruv kursi 
funksionallarning 
minimumlarini(maksimumlarini) 
topishning nazariyasi va usullarini oʻrganadi. 

Download 361,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish