O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining 
oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo„yishga, tabiatni muhofaza 
qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va 
jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir
34

Qishloq xo‗jaligida insoniyatning faoliyati ekologiyaga qanchalik 
darajada ta‘sir o‗tkazishi mumkinligini huquqiy jihatdan ekologik 
ekspertiza aniqlab beradi. Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan 
yoki amalga oshirilayotgan xo‗jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik 
talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini 
ro‗yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
35
Xullas, qishloq xo‗jaligida ham ekologik risk mavjud bo‗lib,iloji 
boricha eng samarali hamda so‗ngi echimlarni aniqlash va uni huquqiy 
jihatdan asoslantirib harakat qilinmog‗i zarur. 
6-§. Qishloq xo„jaligida ekologik xavfsizlikni ta‟minlash sohasidagi 
huquqbuzarliklar uchun yuridik javobgarlik 
 
Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlash sohasidagi 
huquqbuzarliklar uchun javobgarlik ekologik-huquqiy javobgarlikning bir 
ko‗rinishidir. Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga oid 
huquqbuzarliklar 
uchun 
javobgarlik 
ham 
yuridik 
javobgarlik 
ko‗rinishlaridan biri bo‗lib, quyidagi o‗ziga xos xususiyatlari bilan 
tavsiflanadi:
1)qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga oid 
huquqbuzarliklar qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlash 
sohasida sodir etiladi; 
2)huquqbuzarlik obyekti-ekologik qonunchilik bilan qo‗riqlanadigan 
ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi; 
3)ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga oid huquqbuzarliklar odatda, bir 
necha obyektga (atrof tabiiy muhit, tabiiy komplekslar, tabiiy resurslar va 
obyektlar, inson salomatligi va boshqalarga) zarar yetkazadi; 
4)qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga oid 
huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga mehnat, fuqarolik, ma‘muriy yoki 
jinoyat qonunchiligi normalarida ko‗zda tutilgan intizomiy, moddiy 
34
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018 y., 03/18/459/0536-son ―Ekologik nazorat to‗g‗risida‖gi 
Qonuni, 3-modda.
35
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2011 y., 1-2-son, 1-modda; 2017 y., 37-son, 978-modda 
―Ekologik ekspertiza to‗g‗risida‖gi Qonuni, 1-modda.


80 
(fuqarolik-huquqiy), ma‘muriy yoxud jinoiy javobgarlik choralari 
qo‗lanilishi mumkin;
5)qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga oid 
huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning o‗ziga xos xususiyatlaridan yana 
biri bu uning tabiatdan foydalanuvchining huquqlarini cheklash va hattoki 
bekor qilish bilan ham bog‗liq bo‗ladi.
Qishloq 
xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga oid 
huquqbuzarliklar tarkibi ham barcha huquqbuzarliklar singari to‗rt 
elementdan (obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv tomon) tashkil 
topadi. Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga oid 
huquqbuzarliklar obyekti-huquqbuzarlik tarkibining asosiy elementi 
bo‗lib, u huquqbuzarlikni mustaqil turlarga ajratishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Qishloq xo‗jaligi obyektlariga bo‗lgan davlat mulkchiligi huquqi, 
qishloq xo‗jaligi muhofazasi va qishloq xo‗jaligi resurslaridan foydalanish 
tartibi, korxona, tashkilot va muassasalarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlari, shuningdek qishloq xo‗jaligidan foydalanuvchilar sifatida 
fuqarolar huquqlarining buzilishi qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni 
ta‘minlashga oid huquqbuzarliklarning obyekti sirasiga kiritilishi umumiy 
nuqtai nazarni tashkil etadi. 
Qishloq 
xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga oid 
huquqbuzarliklarning obyektiv tomoni hatti-harakatning noqonuniyligi, 
qishloq xo‗jaligidan foydalanish jarayonida ekologik zararni yetkazish 
yoki yetkazish xavfi tug‗ilishi hamda ushbu munosabatlar boshqa 
subyektlarining huquq va qonun bilan qo‗riqlanadigan manfaatlarining 
buzilishi, ushbu xatti-harakat bilan vujudga kelgan yoki vujudga kelishi 
mumkin bo‗lgan oqibat o‗rtasidagi sababiy bog‗lanish bilan ifodalanadi. 
Qishloq 
xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga oid 
huquqbuzarliklar tarkibining navbatdag ielementi bo‗lmish huquqbuzarlik 
subyekti esa, voyaga etgan aqli raso jismoniy shaxslar bo‗ladi. Ba‘zi 
hollarda tabiat resurslari mulkdorlari, egalik qiluvchilar, ijarachilar yoki 
tabiat resurslaridan foydalanuvchilar huquqbuzarlik subyekti bo‗lishi 
mumkin. Ba‘zan esa ular hech qanday konkret (aniq) huquqiy munosabat 
ishtirokchisi bo‗lmasligi mumkin. 
Subyektiv tomondan qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni 
ta‘minlashga oid huquqbuzarliklarni qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ayb 
tashkil qiladi va intizomiy, fuqaroviy, ma‘muriy va jinoiy-huquqiy 
javobgarliklar qo‗llaniladi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish