O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Fermer xo„jaliklarining 2018-yil 1-yanvar holatiga



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

Fermer xo„jaliklarining 2018-yil 1-yanvar holatiga 
ko„ra, umumiy soni 153385 tani, shu jumladan ixtisosligi: 
paxta-g„allachilik 50651 ta, g„allachilik 7914 ta, chorvachilik 8915 ta, 
bog„dorchilik 48159 ta, uzumchilik 13441 ta, sabzavotchilik-polizchilik 6772 ta, 
tutchilik 3372 ta hamda boshqa yo„nalishda 14161 tani tashkil qildi. 
Respublikamizda 2018 yil 1 yanvar holatiga ko„ra , ularga ajratib berilgan 
umumiy yer maydoni 6839,4 ming gektarni, shu jumladan, ekin yerlar 3400,9 
ming gektar, ko„p yillik daraxtzorlar 290,2 ming gektar, bo„z yerlar 32,7 ming 
gektar, yaylov va pichanzorlar 2522,9 ming gektar hamda boshqa qishloq 
xo„jaligida foydalanilmaydigan yerlar 592,7 ming gektarni tashkil qildi.
13
 
E‟tibor bering! 
Qishloq xo‗jaligi tarmoqlariga investitsiyalarni, ayniqsa, to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish zarurligi ham alohida 
ta‘kidlandi.
14
Shuningdek, davlatga paxta va bug‗doy yyetishtirib berish, qishloq 
xo‗jalik va chorvachilik oziq-ovqat mahsulotlari bilan fermer xo‗jalik 
jamoasi a‘zolari extiyojini ta‘minlash, ular daromadi va turmush darajasini 
oshirish ustuvor maqsad qilinib, iqtisodiy barqaror rivojlangan fermer 
xo‗jaligini shakllantirishga dehqonchilik va chorvachilik tizimlari 
13
O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‗g‗risida Milliy hisobot. Toshkent, 2018 yil. 
14
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 2018-yil 31-oktyabr kuni qishloq xo‗jaligini 
kompleks rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulotlar eksportini oshirish 
masalalariga bag‗ishlangan yig‗ilishdagi nutqi.//Xalq so‗zi, 2018-yil 1-noyabr. 


27 
uyg‗unlashtirildi. Fermer xo‗jaligining tuproq, suv va tabiiy-iqlim 
sharoitlari o‗rganilib, qishloq xo‗jalik ekinlarini optimallashtirish tizimi 
shakllantirilganligi ham ijobiy holdir. 
Endilikda, qishloq xo‗jaligini isloh qilish bo‗yicha aniq maqsadga 
qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida keyingi yillarda 
qishloq xo‗jaligida tarkibiy o‗zgarishlar kuzatilmoqda. Fermer xo‗jaliklari, 
o‗z mohiyatiga ko‗ra, qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishning asosiy shakliga, 
sohani barqaror va samarali rivojlantirishni ta‘minlaydigan etakchi kuchga 
aylandi. Eng muhimi, qishloqda haqiqiy mulkdor – yer egasi paydo 
bo‗lmoqda. 
Qishloq xo‗jaligida olib borilayotgan tub islohotlarni bosqichma-
bosqich amalga oshirilishini ta‘minlash maqsadida, bir qator qonunlar 
hamda farmon va qarorlar qabul qilinganligini ta‘kidlab o‗tish joiz. 
Natijada, qishloqda agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga 
ancha mos keladigan yangi xo‗jalik strukturasi shakllandi. Qishloqda 
davlatga qarashli bo‗lmagan sektor keng rivojlandi, qishloq xo‗jalik ishlab 
chiqarishining strukturasi jiddiy o‗zgardi va umuman olganda, boshqarish 
tizimi va xo‗jalik yuritish usullarida jiddiy o‗zgarishlar yuz berdi. 
Yuqoridagilar asosida ta‘kidlash mumkinki, demak qishloq 
xo‗jaligini davlat tomonidan tartibga solish deganda iqtisodiyotning agrar 
sektorida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan davlat 
boshqaruvi organlari faoliyati tushuniladi.
Qishloq 
xo‗jaligini davlat tomonidan tartibga solishning
asosiy maqsadi aholini sifatli qishloq xo‗jalik mahsulotlari bilan 
ta‘minlash, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash va aholining 
ijtimoiy holatini yaxshilashdan iboratdir. 
Ushbu maqsadni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari 
oldida ma‘suliyatli vazifa va yo‗nalishlarni belgilashni taqozo etadi. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, bugungi kundagi qishloq xo‗jaligini davlat 
tomonidan tartibga solish yuzasidan olib borilayotgan faoliyat 
yo‗nalishining xilma-xilligi, murakkabligi va mazmun-mohiyati bilan 
sobiq sotsialistik qishloq xo‗jalik ishlab chiqarish jarayonini tartibga solish 
yuzasidan davlat boshqaruvidan tubdan farq qiladi. Sobiq Ittifoq 
agrosanoat majmuini boshqarishda markazlashgan davlat boshqaruv 
organlari tizimi orqali ma‘muriy buyruqbozlik chora-usullari asosida 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri amalga oshirilar edi. Bu holat esa o‗z navbatida qishloq 
xo‗jalik korxonalarining mustaqilligini cheklash, tadbirkorlik faoliyatiga 
noqonuniy aralashish, qishloq xo‗jalik korxonalarining iqtisodiy 


28 
manfaatdorligining pasayishi va qishloq xo‗jalik mahsulotlarini o‗sishiga 
salbiy ta‘sir ko‗rsatishi kabi oqibatlarga olib kelardi. 
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan agrar islohotlarning mazmun
-
mohiyati davlat boshqaruv organlarining iqtisodiyotning agrar sektorini 
tartibga solish chora-tadbirlari bilan bir qatorda asosan iqtisodiy chora va 
usullarni qo‗llanishini ham talab etadi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish