O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Veterinariya faoliyatini huquqiy tartibga solish



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

3-§. Veterinariya faoliyatini huquqiy tartibga solish 
 
Qishloq xo‗jalik faoliyatining alohida turlardan yana biri bu 
veterinariya hisoblanadi.
Veterinariya-
hayvonlarning hayoti va sog‗lig‗i 
muhofaza qilinishini, hayvonlar kasalliklari paydo bo‗lishining, 
tarqalishining oldini olishni va ularni tugatishni, aholini hayvonlar va 
odam uchun umumiy bo‗lgan kasalliklardan muhofaza qilishni, 
O‗zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari 
olib kirilishidan muhofaza qilishni ta‘minlashga, hayvonlarga veterinariya 
xizmati ko‗rsatilishini amalga oshirishga, shuningdek O‗zbekiston 
Respublikasi hududining veterinar osoyishtaligini, davlat veterinariya 
xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya 
xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi 
tushuniladi. 
Veterinariya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‗nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
veterinariya sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 
davlat tomonidan veterinariya sohasidagi normalarni belgilash; 
davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish; 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
veterinariya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini 
ta‘minlaydi; 
veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning 
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
profilaktikasi, 
tashxis 
qo‗yilishi va tugatilishi O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjeti mablag‗lari hisobidan amalga oshiriladigan 
hayvonlarning o‗ta xavfli yuqumli kasalliklari ro‗yxatini tasdiqlaydi; 
hayvonlarning va odamning sog‗lig‗i uchun xavf tug‗diradigan va 
bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va 
xomashyo olib qo‗yiladigan hamda yo‗q qilib tashlanadigan hayvonlarning 
kasalliklari ro‗yxatini tasdiqlaydi; 
davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining veterinariya sohasidagi 
faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. 
Bu sohada O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida 
―Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi 2019-yil 28-mart,


174 
PF-5696-sonli Farmoni
51
va ―Chorvachilik tarmog‗ini yanada rivojlantirish 
va qo‗llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2019-yil 18-mart
PQ-4243-sonli Qarori katta ahamiyatga egadir. 
Unga asosan Respublikada naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning 
ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sun‘iy urug‗lantirishni 
tizimli tashkil etish, qishloq xo‗jaligi hayvonlari orasidagi epizootik 
osoyishtalik hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta‘minlash 
maqsadida: 
1. O‗zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‗mitasi 
O‗zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish 
davlat qo‗mitasi etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy 
vazifalari sifatida: 
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat 
siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro 
standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, xo‗jalik boshqaruvi 
organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‗zaro 
hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni 
amalga oshirish; 
veterinariya sohasi va chorvachilikni barcha tarmoqlarini, shu 
jumladan 
qoramolchilik, 
qo‗ychilik, 
qorako‗lchilik, 
echkichilik, 
yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni 
rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu 
yo‗nalishlar bo‗yicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirish; 
mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib 
kelishidan 
himoya 
qilishni 
ta‘minlash, 
hayvonlar 
kasalliklari 
profilaktikasining va ularni davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga 
joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida 
veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab 
chiqarishni tashkil etish; 
epizootik osoyishtalikni ta‘minlashda hayvonlarning yuqumli 
kasalliklarini o‗z vaqtida aniqlash, tashxis qo‗yish va tarqalishining oldini 
olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish; 
chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlashning yagona mexanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik 
xo‗jaliklariga ozuqa etishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva 
51
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.03.2019 й., 06/19/5696/2843-сон 


175 
ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka 
erishishni monitoring qilish; 
chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni 
hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish, qishloq 
xo‗jaligi hayvonlarini zoti bo‗yicha rayonlashtirish; 
veterinariya va naslchilik to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‗shimchalarning 
sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish; 
veterinariya va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va 
ta‘lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar 
yo‗nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya 
ishlanmalari natijalarini veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga 
joriy etilishini muvofiqlashtirish; 
chorvachilik 
mahsulotlarini 
xalqaro 
talablarga 
muvofiq 
sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta‘minlash, sifat menejmentining 
zamonaviy usullarini keng joriy etish, veterinariya va chorvachilik 
sohalariga xorijiy investitsiyalar va grant mablag‗larini jalb qilish; 
soha kadrlarini tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish va 
qayta tayyorlashni tashkil etish, rahbar hamda mutaxassislarning ish uslubi 
va shakllarini takomillashtirish. 
Shuningdek, farmonga ko‗ra O‗zbekiston Respublikasi Veterinariya 
va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‗mitasi huzurida Veterinariya 
xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‗armasi, hamda O‗zbekiston 
Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligining Chorvachilik, parrandachilik 
va asalarichilik boshqarmasi, Baliqchilik boshqarmasi hamda ularning 
hududiy bo‗linmalari negizida O‗zbekiston Respublikasi Veterinariya va 
chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‗mitasi huzurida faoliyat 
ko‗rsatadigan «O‗zbekchorvanasl» agentligi ham tashkil etildi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish