Ma’sul muharrir: S.F. Amirov – t.f.d., prof. (ToshTYMI).
Taqrizchilar: Azimov R.K. - t.f.d., prof. (TDTU);
Xoliqov A.A. – t.f.d., prof. (ToshTYMI).
6
Kirish
Elektroenergetika, elektr ta’minoti, elektromexanika, elektr texnologiya,
qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishlarida
metrologiya asoslari, elektr o‘lchash texnikasi hamda elektr va noelektr
kattaliklarni o‘lchaydigan texnik vositalarning o‘ziga xos xususiyati va o‘lchash
jarayonidagi xatoliklarini tahlil qilish lozim bo‘ladi. Bunday bilimlarni talabalar
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash”, “Elektr o‘lchashlar va o‘lchov
asboblari” hamda “Texnologik o‘lchashlar va o‘lchov asboblari” fanlarini
o‘rganishda va o‘zlashtirishda bilib oladilar.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish sanoati transporti va
umuman iqtisodiyoti nihoyatda tez rivojlanayotgan vaqtda tashqi firma va
jamiyatlar bilan eksport salohiyati oshib borayotgan vaziyatda metrologiya,
standartlashtirish va sertifikasiyalash faoliyati davlat darajasidagi masala bo’lib,
qolgan xar bir yo’nalishdagi bakalavrlarni tayyorlashda tarbiyaviy ahamiyatga ega
omildir.
Hozirgi zamon elektroenergetikasi, elektr ta’minoti hamda avtomatlashtirilgan
tizimlarda birlamchi o‘lchash o‘zgartgichlari (datchiklari) yordamida tok,
kuchlanish, quvvat, elektr energiya, tezlik, burchak va chiziqli siljishlarni,
aylanuvchi momentlarni, ishchi organlarning va texnologik muhitlar haroratini,
gidravlik va pnevmatik sistemalarning bosimini, transportlanayotgan mahsulotlarni
miqdorini, namligini rezervuarlardagi suyuq va sochma materiallar sathini, erigan
moddalar konsentratsiyasini va boshqa noelektrik kattaliklarni yuqori aniqlikda va
ko‘p hollarda uzliksiz o‘lchashni talab etadi.
Bakalavrlarni tayyorlashda metrologiya, standartlashtirish va sertifikasiyalash,
xususan elektr o’lchashlarni tarbiyaviy ahamiyati shundaki, xar qanday ish
faoliyati doirasiga kirgan kishi mazkur faoliyatlar yordamisiz ko’zlangan
maqsadlariga erishib bo’lmaydi. Shu sababli metrologiya, standartlashtirish
sertifikasiyalash asoslarini bilish va amalda qo’llash xar qanday tadbirkorlar,
7
mutaxassislar uchun eksport – bob maxsulotlar ishlab chiqarish muhim omillardan
hisoblanadi.
Ma’ruzalarda olingan nazariy ma’lumotlar va ularni amaliyotda qo‘llash uchun
laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar va shaxsiy vazifalar katta ahamiyatga
egadir. Shu bilan birga bizning nazarimizda har qanday texnik sohada masala
yecha olish nazariy bilim darajasining mezoni hisoblanadi. Masala yechish nazariy
bilimlarni yanada chuqurroq tushunishga hamda mustahkamlashga imkon beradi,
chuqur ta’lim olish va fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi va oxir oqibat
ishlab chiqarish qo’yilgan maqsad va vazifalarni echishga yordam beradi.
Qo‘lingizdagi o‘quv qo‘llanma “Metrologiya va elektr o‘lchashlardan
masalalar to‘plami” auditoriyada olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar, uy
vazifalar hamda talabalarning mustaqil ishlashlari uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanmadagi material ikkita qismdan iborat. Birinchi qismi elektr kattaliklarni
o‘lchash, o‘lchash xatoliklar va natijalarni baholash, o‘lchash asboblarini tanlash
hamda ularni normallangan metrologik xarakteristikalariga bag‘ishlangan. Ikkinchi
qismda magnit va noelektrik kattaliklarni o‘lchash masalalari hamda birlamchi
o‘lchash o‘zgartgichlarini tanlash masalalari keltirilgan. Masalalarni yechish uchun
uslubiy yordam sifatida asosiy atamalarning qisqartirilgan ta’riflari, nazariy qonun
qoidalar, masalalarni yechish namunalari va ko‘rsatmalar hamda keltirilgan
masalalarning javoblari berilgan.
“Metrologiya va elektr o’lchashlardan masalalar to’plami” o’quv qo’llanma
bo’yicha fanni o’rganish natijasida bakalavr asosiy qoidalar, standartlarga sifatni
boshqarishdagi me’yoriy xujjatlar bilan ishlashni, ularda uchraydigan misol va
masalalarni amaliy ishlab chiqarishda tadbiq qilish va qo’llashlari kerak bo’ladi.
O‘quv qo‘llanmada keltirilgan misol, masalalar va mustaqil vazifalar Toshkent
temir yo‘l muhandislari institutiga tegishli yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan
talabalar “Metrologiya va elektr o‘lchashlar” fanidan amaliy va mustaqil
mashg‘ulotlarida foydalanildi va ijobiy baholandi.
O‘quv qo‘llanmani yaratishda mualliflar ko‘p yillik tajribalaridan
foydalandilar hamda keltirilgan adabiyotlardagi masalalarni qayta ishlab chiqdilar.
8
O’zbekiston Respublikasi “Metrologiya to’g’risida”gi qonunda ushbu fan
quyidagi masalalar bilan shug’ullanishi qayd etilgan: o’lchashlarning umumiy
nazariyasi; kattaliklarning birliklari va ularni tizimlari; o’lchash usullari va
vositalari; o’lchashlarning aniqligini topish usullari; o’lchash birligi va o’chash
vositalarning bir xilligini ta’minlash; etalonlar va na’munaviy o’lchash vositalari,
ularning o’lchashlarini uzatish usullari. Bundan ko’rinib turibdiki metrologiya fani
miqdoriy ma’lumotlarni olish, ularga ishlov berish va baholash xususiyatidago
fandir.
Taqdim etilayotgan qo’llanmaga milliy g’oya, y’ani komil insonni zamon
talablariga muvofiq voyaga etkazish maqsadida O’zbekiston olimlari ishlab
chiqqan gidromeliorativ ob’yektlarda suv sarfini o’lchaydigan elektromgnit
datchiklar, elektr o’lchash ko’priklari, kompensatorlar, o’zgartgichlar, temir yo’l
relslarining kichik bo’lgan qarshiliklarni o’lchash sxemasidan foydalanilgan. O’rta
Osiyoda yagona bo’lgan uskuna O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Energetika va
avtomatika institute, Toshkent Davlat Texnika universiteti energetika fakulteti
poligonlarida O’zbekiston patentlari bilan tasdiqlangan katta toklarni o’lchash
uchun yaratilgan elektromagnit datchiklar, O’zbekiston-Xitoy qo’shma
korxonasida ishlab chiqarilayotgan raqamli elekron elektr energiya hisoblagichlari
va yuqori hamda o’ta kuchlanishlarni o’lchaydigan qurilmalar haqida ma’lumotlar
keltirilgan.
Taqdim etilayotgan o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan na’munaviy fan dasturida qayd
etilgan amaliy mashg’ulotlar mavzularini qamrab olgan bo’lib, bir qator tegishli
Evropa va Rossiya Federasiyasida nashr etilgan imkon darajada foydalanilgan.
Mualliflar o‘quv qo‘llanmaning dastlabki nusxasini o‘qib chiqib, uning sifatini
yaxshilash bo‘yicha fikr mulohazalarni bildirgan texnika fanlari doktorlari,
professorlar S.F. Amirovga, R.K. Azimovga va A.A. Xoliqovga samimiy
minnatdorchilik bildiradilar.
Mazkur o‘quv qo‘llanma tasdiqlangan fan dasturi asosida yoritilganligi bois
mavzularga tegishli misol va masalalar soni va ba’zi yechimlari chegaralangan.
9
“Metrologiya va elektr o‘lchashlar”dan davlat tilida yozilgan dastlabki
qo‘llanmalardan biri bo‘lganligi sababli kamchiliklardan holi emas. Soha
mutaxassislari, talabalar, umuman o‘quvchilar fikr-mulohazalari asosida
qo‘llanmani keyingi nashrlari mukammalroq bo‘ladi degan umiddamiz.
Mualliflar
Do'stlaringiz bilan baham: |