O‘tkir yiringli infeksiyalar.
Ko„pincha o„tkir yiringli infeksiyalarni safilakokk, sreptokokk, ichak tayoqchasi,
pnevmokokk, ko„k yiring tayoqchasi qo„zg„atadi.
Yiringli jarayonning kechishi va oqibati quyidagi omillarga bog„liq:
1. Makroorganizmning immunologik holati,
2. Mikroblarning biologik xususiyatlari-dozasi, virulentligi va b.
3. Mikrob tushgan o„choqning anatomo-fiziologik xususiyatlari;
4. Qon aylanishning holati,
5. Bemor qoni tarkibi,
6. Tananing allergiyalanish darajasi.
Mikroorganizmlar tanaga tushganda quyidagi mahalliy belgilar kuzatiladi: arterial
giperemiya, shish, og„riq, shu soxada haroratning ko„tarilishi, a‟zo va to„qimalar
faoliyatining buzilishi. YAllig„lanish ekssudatida ko„p miqdorda leykostitlar yig„iladi.
Umumiy reaksiyalarning kelib chiqishi bakteriyalar toksinlarining va to„qimalarning
parchalanish mahsulotlarini miqdoriga, tananing himoya kuchlariga bog„liq. Umumiy
klinik belgilariga tana haroratining oshishi, titrash, bosh og„rig„i, umumiy holsizlik, aql-
xushning xiralashuvi kiradi. Yurak-qon tomir, jigar va buyraklar faoliyati izdan chiqadi.
Qon tarkibidagi o„zgarishlar: kamqonlik, ECHT oshishi, leykostitar formulaning chapga
siljishi va b. Jigar SHikastlanganda globulinlar miqdori ortishi, albuminlar miqdori esa
kamayishi, buyrak SHikastlanganda peshobda oqsil va silindrlar paydo bo„lishi kuzatiladi.
Yiringli infeksiyalarni oldini olish uchun quyidagilarga e‟tibor berish lozim:
1. SHikastlanishlarning oldini olish,
2. SHikastlanishlarda birinchi tibbiy yordamni to„g„ri tashkil qilish,
3. Qandli diabet va b. kasalliklarni davolash,
4. Turli yiringli jarayonlarni o„z vaqtida davolash.
Kasalxona ichi infeksiyalarini oldini olish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- bo„limda ishlovchilar orasida safilakokk tashuvchilarini sanatsiya qilish,
- bo„limning sanitariya-gigiena holatini qattiq nazorat qilish,
- o„tkir jarrohlik infeksiyasi aniqlangan bemorlarni ajratish,
- muolaja va jarrohlik amaliyoti o„tkazilayotganda aseptika va antiseptika qoidalariga
amal qilish,
- faol emlash,
- gripp epidemiyasi vaqtida maxsus niqobchalardan foydalanish, chunki bu ham
organizmni kuchsizlantirib, yiringli infeksiyalar rivojlanishiga sharoit yaratadi.
O„tkir yiringli infeksiyalarni davolash asosan yallig„lanish o„chog„ini chegaralashga
qaratiladi.Buning uchun yallig„lanish o„chog„i atrofiga novokain va antibiotiklar yuborish,
vena yoki mushaklar orasiga antibiotiklar yuborish, fizioterapevtik muolajalar tavsiya etish
va boshqa tadbirlar bajariladi. Bundan tashqari yiringlagan to„qimani yiringdan tozalash,
antiseptik dorilar bilan yuvish, gipertonik eritma bilan tampon qo„yish va boshqa tadbirlar
bajariladi.
Organizmning
immun
tizimini
yaxshilash
maqsadida
vitaminlar,
autogemoterapiya, kaloriyali va sifatli ovqatlanish tavsiya etiladi. YArani nekroz
massalaridan tezroq tozalanishi uchun proteolitik fermentlardan (ximotripsin, terrilitin)
foydalaniladi. Ayrim hollarda immunomodulyator preparatlari (timolin, timoglobulin v.b. )
beriladi. Antibiotiklar bilan davolash, faol va passiv emlash usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |