To„qimalarni past xarorat ta‟sirida SHikastlanishi sovuq olish deyiladi. Ko„proq Sibir
va Uzoq SHarq mintaqalarida uchraydi. Sovuq olishda xavo xarorati, kiyim, namlik,
shamol, kishining shaxsiy moslashuv xususiyatlari rol o„ynaydi. Masalan, sovuq
mintaqada yashovchilar ancha moslashgan bo„ladi. Alkogol qon tomirlarni kengaytiradi va
Sovuq olishning reaktiv oldi va reaktiv davri farqlanadi. Reaktiv oldi davri bir necha
soatdan 1 kungacha davom etib, terining oqarganligi, sianoz, sovuqligi, kam sezuvchanligi
bilan tavsiflanadi. Sovuq urgan soxada achishish va paretseziya seziladi, og„riq bo„lishi
mumkin. SHikastlangan soxada xarorat me‟yoriga kelishi bilan reaktiv bosqich boshlanadi.
Reaktiv bosqichda terining qizarishi, qizishi, og„riq achishish kuzatiladi. Teri
shishgan, rangi har xil bo„ladi. SHish va terining rangi SHikastlanishning chuqurligini
1-darajali sovuq olganda qon tomirlari torayib ketishi natijasida sovuq olgan soxadagi
teri oqarib yoki ko„karib ketadi va xech narsani sezmaydi. davolash natijasida bir necha
2-darajali sovuq olishda tiniq suyuqlikka to„lgan po„fakchalar xosil bo„ladi. Terini
o„suvchi qavati shikatslanmagani uchun u 1-2 xaftada tiklanadi.
3-darajali sovuq olishda qonli suyuqlik bilan to„lgan po„faklar xosil bo„ladi.
To„qimalar chuqur SHikastlangan uchun u tiklanmaydi, agar teri kuchirib utkazilmasa,
chandiq xosil bo„ladi. SHikastlangan soxada sezgi yo„qoladi. Nam nekroz kuzatiladi.
4-darajali sovuq olishda (mumiyolanish) bo„g„imlar va suyaklar ham shikatslanadi.
Sovuq urgan soxa qorayib, quriy boshlaydi. Og„riq va zaxarlanish natijasida bemor xalok
bo„ladi.
BTYO. Sovuq olgan odamni issiq xonaga olib kirish, nam kiyimlarni echib tashlash,
badanni sovuq urgan joyini isitish, qon aylanishini tiklash uchun massaj qilish zarur. Sovuq
urgan odamni iliq vannaga kiritib, suv xarorati atsa-sekin 36
0
S gacha oshiriladi.Keyin
bemor issiqqa uralib, badanni SHikastlangan joyiga aseptik bog„lam quyiladi. Sovuq urgan
soxaga yog„ va mazlar surtish mumkin emas. Bemorga issiq choy, kofe ichiriladi, so„ngra
shifoxonaga yuboriladi. Og„ir xollarda analgetiklar qilinadi, Yurak-qon tomir va nafas
faoliyatini tiklashga harakat qilinadi. Teriga infeksiya tushishini oldini olish, organzmni
tiklash uchun vitaminli ovqatlanish zarur. Sovuq olgan kishiga qoqsholga qarshi zardob
yuboriladi.
Dala sharoitida
1. Nam oyoq kiyim, qo„lqop, paypoq echiladi.
2. Issiq qo„l bilan tananing sovuq olgan joylari isitiladi.
3. Issiq ichimlik beriladi.
4. Bog„lom qo„yiladi.
5. SHifoxonaga yuboriladi.
Uy sharoitida
1. Nam oyoq va uts kiyimlari echiladi.
2. Bemor 17-18
0
S li vannaga kiritilib, suv xarorati 36
0
S gacha atsa-sekin ko„tariladi.
3. Issiq choy yoki kofe ichirib, issiq joyga yotqizib, o„rab qo„yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: