Chiqindilar muammosi
Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan muhofaza
qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza
texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari, ayni chog‘da, dolzarb
hisoblanadi. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish
industriyasi
obyektlari
chiqindilarni
hosil
qiluvchi,
atrof-muhitni
ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi.
Shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar va katta о‘lchamli axlatlar
yig‘ilmoqda-ki, ular о‘z vaqtida va tо‘g‘ri olib chiqilmasa hamda
zararsizlantirilmasa, atrof tabiiy muhitni jiddiy ifloslantirishi mumkin.
Qattiq maishiy chiqindilarning chiqindixonalarda tо‘planib qolishi,
changlarning hosil bо‘lishiga va yoqimsiz hidlarning tarqalishiga olib keladi.
Bir qator mamlakatlarda chiqindilarni utilizatsiya qilish - kuydirish,
poligonlarga kо‘mish yoki yig‘ish, shuningdek kompostlash texnologiyalari
bilan amalga oshiriladi (1-jadval).
О‘zbekistonda har yili 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil
bо‘ladi, ularning 14 % i toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. Bundan
tashqari, Respublikamiz hududida va unga yaqin hududlarda radioaktiv
rudalarni qazib olish о‘tgan asrning 40-yillarida kuchaygan. Shu davr
mobaynida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslanish maydonlari paydo bо‘ldi.
О‘zbekistonning Andijon viloyatidan 30 kilometr uzoq masofada joylashgan
Qirg‘iziston Respublikasining Maylu-Su daryosi qirg‘oqlari bо‘ylab joylashgan
umumiy hajmi 2,5 million m
3
bо‘lgan radioaktiv chiqindilar kо‘milgan 23 ta
ombor va 13 ta balanslangan rudalar tо‘plamlari mintaqaviy ekologik falokat
yuzaga kelishida katta xavfga ega. Sel kelishi va yer kо‘chishi hollari yuz
berganda radioaktiv chiqindilar Maylu-Su, Qoradaryo va Sirdaryo suvlariga
tushishi mumkin, bu esa 1,5 million kishi yashaydigan 300 km
2
maydondagi
О‘zbekiston hududini radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishiga olib keladi.
Radioaktiv chiqindilar tarkibini radionuklidlar va sinov maydonlaridagi yadro
portlashlar tashkil etadi. Radionuklidlar о‘zidan radioaktiv nur chiqaradigan
elementlarning izotoplari hisoblanadi.
Hozirgi paytda, Mayluu-Suu daryosi vodiysida reabilitatsiya ishlari
davom etmoqda.
Chiqindilar hosil bо‘ladigan korxonalar ustidan davlat nazoratini
“Chiqindilar tо‘g‘risida” gi (2002 yil) Qonunga muvofiq, О‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |