3. Mil.avv. VI–III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sin-
fiy tuzilishi. Mil.avv. VI–IV asrlarda Rimning ijtimoiy tuzil-
masi murakkab va tushunarsiz edi. Rim jamiyatida patritsiy-
lar, klientlar, plebeylar va qullar sinfiy-toifaviy guruh sifatida
chiqdilar. Bu guruhlarning har biri jamiyat va ishlab chiqa-
rishda o‘z huquq-majburiyatlari bilan alohida o‘rinni egalladi-
lar. Pater – ota ko‘p sonli oilaning, unga kiradigan boshqa qa-
ram kishilar va qullarning xo‘jayini edi. Qadimgi Rimda otalar
deb yana oliy boshqaruv organi – senat a’zolarini ham aytar
edilar. Patritsiylar ilk Rimning imtiyozli hukmron sinfi – toifasi
edilar. Ular barcha fuqarolik huquqlaridan foydalanar edilar.
Kuriya komisiyalarida ovoz berib, senat a’zoligiga saylanganlar.
Og‘ir qurollangan piyoda qo‘shinda, imtiyozli otliq qo‘shinlarda
xizmat qilar edilar. Har bir patritsiy katta oila jamoasi – ko‘p
sonli familiya (familias)ning boshlig‘i bo‘lib, bu jamoani ta’min-
lash uchun jamoa yer jamg‘armasidan katta ulushlarni olish va
foydalanish huquqiga ega edi.
Mil.avv. IV asr o‘rtalarigacha asosiy magistrat lavozimlari
patritsiylar bilan to‘ldirilar edi. Patritsiylar uzoq ibtidoiy jamoa
davri, urug‘chilik jamoalariga borib taqaladigan urug‘ guruhlari
(gentes)ga bo‘lingan edilar. Yer egalarining imtiyozli hukmron
sinf qatlami bo‘lgan holda urug‘chilik aloqalari muhim o‘rin
egallagan bu tuzilmada Rim patritsiylari jamiyatning konser-
vativ unsurlari edilar. Ular yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-
488
lar, xususiy mulkchilik, qulchilik taraqqiyotiga to‘siq edilar. Ilk
Rimning asosiy sinf – toifalaridan biri plebeylar edi. Plebeylar-
ning bir qismi qaram klientlar sifatida patritsiy urug‘lariga qa-
bul qilingan. Lekin plebeyning ko‘pchiligi tub joy fuqarosi – pat-
ritsiylar ijtimoiy tashkilotidan tashqarida bo‘lib, huquqiy jihat-
dan erkin bo‘lsalar-da, fuqarolik huquqlaridan mahrum edilar.
Plebeylarning asosiy qismi o‘zining avvalgi vatani va Rimdan
tashqarida bo‘lgan urug‘ tashkiloti bilan aloqasini uzgan kel-
gindi kishilar edi.
Plebeylar kichik yer maydonlarida dehqonchilik qilib, savdo -
hunarmandchilik bilan shug‘ullanar edilar. Ularning ko‘pchiligi
asosan Rim atrofidagi qishloqlarda yashab, o‘z jamoa tashkilot-
lari, o‘zaro yordam tizimiga ega edilar. Plebeylar Rim jamiyati-
ning shakllanayotgan jamoa – dehqon tarkibining asosiy qismini
tashkil qilar edilar. Plebeylar orasida tez orada ijtimoiy tabaqa-
lanish yuz berib, boy qatlam ajralib chiqdi. Plebeylarning asosiy
ommasi yer olish va qarzi uchun qullikni bekor qilinishini talab
qilgan bo‘lsalar, o‘ziga to‘q va boy plebeylar birinchi navbatda,
patritsiylar bilan siyosiy teng huquqlik uchun kurashdilar.
Serviy Tulliy islohotlari natijasida plebeylar Rim ko‘ngillilari
tarkibiga kiritildi. Lekin qo‘shindagi barcha boshliq lavozimlari
patritsiylar qo‘lida edi. Bundan tashqari, patritsiylar ozod etil-
gan harbiy soliq (tribut)ni plebeylar to‘lar edilar. Bu davrda Rim
shahrining o‘zida plebeylar va patritsiylar o‘rtasida yer uchun
keskin kurash boshlandi. To‘xtovsiz urushlar natijasida xona-
vayron bo‘lgan, qarzlarga botib qolgan Rim plebey bosib olin-
gan yerlarni taqsimlashda o‘z hissasini talab qildi. Shuningdek,
patritsiylarning zo‘ravonligidan qonuniy himoya va o‘z siyosiy
huquqlarini kengaytirishni talab qilib chiqdilar. Bu kurash mil.
avv. 494-yilda o‘ta keskinlashdi. Og‘ir qarz majburiyatlari, qarz
beruvchining zulmi plebeylarni ekvlar bilan urushda ishtirok
etishdan bosh tortishlariga olib keldi. Ijtimoiy adolatsizlikka
qarshi norozilik belgisi sifatida mil.avv. 494-yilda Rimdan 4,5
km shimoldagi «Muqaddas tog‘»ga chiqib ketishga (sesessiya)
majbur bo‘ldilar.
Sesessiya va harbiy xavf patritsiylarni yon berishga majbur
qildi. Natijada plebey yig‘inlarida har yili ikki yoki to‘rt xalq tri-
buni saylash huquqi olindi. Keyinchalik xalq tribunlari soni
o‘ntaga yetdi. Tribunlar mansabdor shaxslar bo‘lmay, plebs
vakillari sifatida chiqib, uning manfaatlari himoyachisi bo‘ldi-
lar. Xalq tribunlari shahar hokimiyatining faoliyatiga aralash-
489
ishlari, mansabdor shaxslar va senatning qarorlarini bajari-
lishini to‘xtatishlari mumkin edi. Komisiyalarda qabul qilingan
qarorlarga plebeylar veto (taqiq) qo‘ysa, bu qaror yana ovozga
qo‘yilishi mumkin emas edi. Tribunlarning o‘zlari hali faqat ple-
beylar uchun majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilishlari mum-
kin edi. Tribunlar faqat plebeylar orasidan saylanib, daxlsizlik
huquqidan foydalanar edilar. Xalq tribuniga qo‘l ko‘targan kishi
qonundan tashqari deb e’lon qilinar edi. Bunday jinoyat qilgan
kishini har kim jazosiz o‘ldirishi mumkin edi.
Yarim asr o‘tgach, mil.avv. V asr o‘rtalarida plebeylar tazyiqi
ostida patritsiylardan tuzilgan detsemverlar
(«o‘n erkak») komi-
siyasi mavjud qonunlarni kodifikatsiya qildi. Komisiya mis tax-
tachalarga yozilgan XII jadval qonunlarini Rim forumi, bozorlar
va Rim koloniyalariga osib qo‘ydi. XII jadval qonunlari birinchi
va yagona Rim huquqi kodeksi edi. XII jadval qonunlari Rim-
da ijtimoiy munosabatlarni klassik quldorlik jamiyatiga o‘tish
davrini aks ettirdi.
Plebeylarning siyosiy tenglik uchun kurashi davom etdi. Mil.
avv. 447-yildan 2 konsul bilan birgalikda senat qaroriga ko‘ra
3 tadan 8 tagacha konsul hokimiyati vakolati bilan tribunlar
saylana boshlandi. Plebeylarga mil.avv. 445-yildagina tribun
Kanuley
qonuni asosida patritsiylar bilan nikohdan o‘tishga
ruxsat berildi. Yangi senzor mansabi joriy qilinib, ularning vazi-
fasi fuqarolarning mulk senzi majburiyatini bajarishini nazorat
qilish, keyinchalik senatorlar ro‘yxatini tuzish edi. Senzor huk-
mi bekor qilinmas edi. U qat’iy edi. Bundan tashqari, ular daro-
mad-xarajatlar to‘lovini nazorat qilar, katta jamoa ishlarini
tashkil qilar edilar.
Mil.avv. 367-yilda konsul Sekst Lateran 3 ta muhim qonun-
ning qabul qilinishiga erishdi. Birinchi qonun: qarz foizlarini tar-
tibga soldi. Ikkinchi qonun barcha Rim fuqarolari – patritsiylar
va plebeylarga jamoa yerlaridan foydalanishning teng huquqini
berdi. Uchinchi qonunga ko‘ra, konsullik lavozimini plebeylar
ham egallashi mumkin edi. Keyinchalik ikki konsuldan biri ple-
beylardan saylanishi odat tusiga kirdi. Bir vaqtning o‘zida kon-
sullardan sud ishlari yangi mansabdor shaxs – pretorlarga olib
berildi. Pretorlar konsullar kabi senturiy komisiyalarida sayla-
nar edi. Mil.avv. 356-yil ilk bor plebeylardan diktator saylandi.
Besh yildan so‘ng birinchi plebey senzor, mil.avv. 332-yildan
senzorlardan biri muntazam plebey vakillaridan saylanadigan
bo‘ldi. Shundan yana o‘ttiz yil o‘tgach, plebeylardan Rimning
490
oliy kohini – pontifik
saylanadigan bo‘ldi. Plebeylarning patrit-
siylarga qarshi to‘laqonli teng huquq uchun so‘nggi kurashi
mil.avv. 287-yilgi Gortenziy qonunining qabul qilinishi bilan
yakunlandi. Shu davrdan plebey yig‘inlarining qarorlari Rimn-
ing barcha fuqarolari uchun senatning tasdig‘isiz majburiy
qonunga aylandi.
Rimda patritsiy va plebeylarning ikki yuz yillik ijtimoiy-
si yosiy ziddiyatlari mil.avv. III asr so‘ngida nihoyasiga yetdi. Mil.
avv. IV asr oxirida eng boy yangi patritsiy va plebey zodagonlari-
dan iborat yangi nobillar qatlami vujudga keldi. Rim patritsiy
va plebeylar ichidan o‘z boyligi siyosiy-iqtisodiy jihatdan kat-
ta mavqega ega bo‘lgan davlat boshqaruvini monopoliya qilib
olgan uncha katta bo‘lmagan guruh nobillar edi. Nobillarning
iqtisodiy tayanchi katta yer egaligi, ko‘p sonli kliyentlar, jum-
ladan, o‘nlab provinsiya shaharlari edi. Nobillar yirik yer-mulk-
ka egalik qiladigan va davlatni boshqaruvchi oliy toifaga aylan-
di. Nobillar hokimiyatining amaldagi tayanchi senat bo‘lib, u
yerda patritsiy urug‘lari bilan bir qatorda Litsiniy va Liviy kabi
boy plebey urug‘lari ham muhim rol o‘ynadi.
Nobillar senatorlar toifasining oliy guruhi bo‘lib, yirik va o‘rta
quldor yer egalari, savdogar va moliyachilardan tashkil topgan
suvoriylar toifasi bilan birga, hukmron qatlam tarkibini tashkil
qildi. Qolgan fuqarolar – kichik mulkdorlar, erkin dehqonlar,
hunarmandlar va savdogarlardan tashkil topgan plebeyni tash-
kil etdi. Imtiyozli toifalar va plebeyga qarama-qarshi, hech qan-
day huquqqa ega bo‘lmagan ko‘p sonli qullar qatlami turar edi.
Kliyent fuqarolik huquqiy qobilyatga ega bo‘lmay, uning uchun
barcha bitimlarni patron tuzgan.
Ilk Rim jamiyatida kambag‘al va siyosiy huquqsiz kishilar-
ning ko‘p sonli qatlami – kliyentlarni tashkil qildi. Ozod qo‘yil-
gan qullar yoki Rimga ko‘chib kelgan boshqa urug‘ vakillari
patritsiylardan himoya va homiylik qidirishga majbur bo‘lib,
ularga kliyent bo‘lishlari mumkin edi. Kliyentlar patritsiylar-
ning urug‘iga qaram a’zo sifatida kirib, o‘z homiylari urug‘i
no-
mini oldilar. Ularga patron yerlarida ishlash vazifasi, patronni
yurishda, shaharga chiqishida hamrohlik qilish majburiyatlari
yuklandi. Agar patron urushda asir tushib qolsa, kliyent tovon
to‘lab uni qutqarib olishi shart edi. Kliyent vasiyat qoldirma-
gan bo‘lsa, o‘limidan so‘ng uning mulki patronga meros qolar
edi. Agarda kliyent patronga bo‘ysunmasa, sud orqali u qul-
491
ga aylantirilishi mumkin edi. O‘z navbatida, patron kliyentni
boshqalarni tazyiqidan himoya qilishga majbur bo‘lib, sudda
uning manfaatlarini himoya qilar edi. Mil.avv. III asrga borib
yangi ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan kliyentlarning
katta qismi o‘z patronlaridan ozod bo‘lib, davlatdan yer oldilar
va erkin dehqonlarga aylandilar. So‘nggi Rim imperiyasi davri-
da kuchli senator – patrisiylarni patronatiga kichik yer egalari,
hatto qishloqlar, jamoalar va shaharlar o‘ta boshladi. Kichik yer
egalari patronga o‘z yerlarini berib, uni prekariy sifatida qay-
tarib olib, amaldorlar, sudxo‘rlar va sudyalar zo‘ravonligidan
o‘zlarini himoya qildilar.
Mil.avv. V asrgacha qulchilik xonaki (patriarxal) shaklda edi.
Mil.avv. V asrdan qul mehnati xo‘jalikning turli sohalariga kirib
bordi. Rimda qarzi uchun qul qilish mil.avv. 326-yildagi qonun
bilan bekor qilindi. Natijada, qullar qatlami asosan urushlar-
da olingan asirlar hisobidan to‘ldirila boshlandi. Qulga buyum
sifatida qaralmadi. Inson shaxsi huquqlari kam darajada bo‘lsa-
da, saqlanib qoldi. Bu davrda erkin kishi va qullar o‘rtasidagi
farq unchalik keskin emas edi.
Qonunlarda mulk huquqi kuchli himoya qilingan edi. Mulk-
ka daxl
qilish og‘ir jinoyat hisoblanib, qiynoq bilan o‘lim jazosi
berilar edi. Qullar uchun jazo erkin tug‘ilganlarga nisbatan
og‘ir edi. O‘g‘rilik qilgan erkin fuqaro kaltaklanar edi, qullar esa
savalanganidan so‘ng qoyadan tashlanar edi. Sudxo‘r qarzdorni
qul qilish bilan cheklanmay, balki uning hayotiga egalik qilishi
ham mumkin edi.
Rimning istilochilik urushlari lotin shaharlari bilan ziddiyat-
ni keltirib chiqardi. Lotin shaharlari Rimga qarshi qo‘zg‘olon
ko‘tardilar. Ular senatning yarmi lotinlardan va bir konsul ham
lotinlardan bo‘lishini talab qildilar. Natijada mil.avv. 340-yildan
388-yilgacha davom etgan lotin urushi kelib chiqdi. Urush
Rimning g‘alabasi bilan tugadi. Lotin ittifoqi tugatildi. Rimga
yaqin shaharlar uning tarkibiga qo‘shildi va rimliklar bilan teng
huquqqa ega bo‘ldilar. Boshqa lotin
jamoalari rimliklar bilan
fuqarolik huquqida tenglashtirildilar. Ulardan ba’zilari savdo
qilish va mulkka ega bo‘lish huquqi – jus kommersicu, ba’zi-
lari Rim fuqarolari bilan nikoh tuzish huquqi –
jus connubii ni
oldilar. Ammo ularga xalq yig‘inida ovoz berish huquqi beril-
madi. Bundan tashqari, eskidan bo‘lgan qoida – Rimga ko‘chib
o‘tgan va senzdan o‘tgan lotinlar Rim fuqarolari bo‘lar edilar.
Bu ko‘chib o‘tish huquqi – jus migrationis edi. Faqat Tibur va
492
Preneste lotin shaharlari Rim ittifoqchilari bo‘lib qoldilar. Shu
tarzda lotin fuqaroligining boshlanishiga asos qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |