O'zbek tilining sohada qo'llanilishi



Download 343,65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2021
Hajmi343,65 Kb.
#84217
Bog'liq
2-mavzu topshirigi



O'zbek tilining sohada qo'llanilishi

2-mavzu


1.

Dastlab yozuvlar rasmlar orqali ifodalangan. Yozuvning bu turi piktografik yozuv deb

nomlangan. U yunoncha "pictus" -chizilgan "graphe"- yozaman yozilgan degan ma'noni anglatadi.

Bunda har bir rasm biror ma'noni ifodalagan. Bunda Quyosh-kunni, Oy-tunni, toshbaqa-baxtni

va hokazo. Yozuvning keyingi bosqichi - ideografik ya'ni grekchadan olingan bo'lib

"ideo"-tushuncha "graphe"-yozaman degan ma'noni anglatadi. Bu turdagi yozuv uchun har bir

yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil ramziy simvolik olinadi. Piktografik va ideografik

yozuvlarning birinchi bosqichi logografik ( "logo"-so'z "graphe"-yozaman) yozuv ancha bo'lib,

yizlab shakllarni chizish va ularning ma'nosini bilish talab etilgan. Shuning uchun kishilar

yozuvning fonografik ("phane"-tovush "graphe"-yozaman) turini o'ylab topishgan. Bunda avvalo

ayrim bo'g'inlarni keyin ayrim tovushlarni biror belgi bilan belgilashgan va yozuvning shu turiga

o'tishgan.

2.

Movarounnahrda run, uyg'ur, moniy, braxma (braxmon) va so'g'd yozuvlari qo'llanilgan. Diniy



kitoblar braxma yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjatlar esa uyg'ur yoki so'g'd yozuvida yozilgan.

Qayd etilgan yozuvlarda ko'p yozma yodgorliklar hozirgacha saqlanib keladi. Runiy yozuvda-

O'rxun-Enasoy tosh bitiklari, uyg'ur yozuvida ( uni Mahmud Koshg'ariy "turkiy yozuv" deb

nomlaydi) - qadimgi turkiy yodnomalar ( VIII X asrlar) "Oltin yorug' ", "Maytri simit", budda va

xristian diniga oid yodnomalar, yuridik hujjatlar esa so'g'd yozuvida bitilgan. Moniy yozuvida

"Xuastuanift" yodgorligi yozilgan. Uyg'ur yozuvi, arab yozuvi bilan barobar XV asrgacha

qo'llanilgan. "Qutadg'u bilig"ning Vena(Hirot) nusxasi (XI asr), "Hibatul haqoyiq" (XII asr)ning A

nusxasi, "O'g'uznoma" ning qadimiy nusxasi (XIII asr oxiri) Xorazmiy qalamiga mansub "

Muhabbatnoma" (1353-yil) asarining qadimgi nusxasi, "Latofatnoma", "Dahnoma" , " Muhzanul

Asror" ( XIV-XV asrlar) kabi asarlarning ayrim nusxasi yoki parchalari uyg'ur yozuvida bitilgan.

Uyg'ur yozuvi so'g'd yozuvi asosida kelib chiqqan. Runiy yozuvi ham qadimgi oromiy yozuvi asosida

kelib chiqqan, degan nazariya hozir asosiy o'rinni egallaydi.

3.

Sobiq ittifoq tarkibidagi turkiy va boshqa xalqlar ( arman, gruzin Boltiqbo'yi xalqlaridan



tashqari) 1940-yil 8-may kuni qabul qilingan farmonga ko'ra rus (krill) alifbosi asosida tuzilgan

alifbodan foydalanib keldilar. Ungacha O'zbekiston va boshqa davlatlarda lotin alifbosidan

foydalanib kelingan. O'zbekiston Markazir Ijroiya Kometitining 1928-yil mart oyidagi III

sessiyasida lotin alifbosi davlat alifbosi deb qaror qabul qilindi. Sobiq Ittifoqning Markaziy

Ijroiya Kometiti Prezdiumi va Xalq Komissarlar Soveti bu qarorni 1929-yil 7-avgustdagi maxsus

qarori bilan ma'qulladi. Lotin alifbosiga o'tishdan avval butun musulmon xalqlari va elatlari arab

alifbosidan foydalanar edilar. XX asrning 20-yillari arab alifbosi ma'lum darajada isloh qilindi.



Chunki arab alifbosida unli tovushlarni ifodalaydigan alohida belgilar yo'q edi. Zeb-u Zabar

"Qur'oni Karim" va arab tilida yozilgan diniy asarlardagina qo'llanilar edi. 1921-yil 1-5- yanvarda

Toshkentda chaqiriligan til-imlo qurultoyi, boshqa masalalar bilan birga, arab harflarini so'z

boshi, o'rtasi va oxirida qo'llanishini soddalashtirish, O'zbek tiliga xos bo'lmagan zod, sod, itqi,

izg'i harflari alifbodan chiqarildi, u, o', a, i harflarini bildiruvchi alohida belgilar qo'shildi.

1922-yil mart oyida bo'lgan maorif va madaniyat xodimlarining ikkinchi qurultoyi ham birinchi

qurultoyi qarorlarini ma'qulladi.

4.

Grafika ma'lum bir tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va orfologik birikmalarni



yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining

har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi odatda,

ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Yangi (lotincha) o'zbek yozuvida ham, krill

o'zbek yozuvida bo'lganidek monograflar ko'pchilikni tashkil qiladi, ularning aksariyati yozma

nutq oqimida oddiy grafema sifatida qatnashib harf va tovush aloqasida simmetriyani- "bir

tovushga bir harf" munosabatini ta'minlaydi. Masalan, maktab ( fonemalar- 6 ta, grafemalar-6

ta harflar - 6 ta) мактаб ( fonemalar - 6 ta, grafemalar - 6 ta, harflar - 6 ta). sh, ch, ng, ts

kabi digraflarning ( analitik grafemalarning) mavjudligi yozma nutq oqimida fonetik-grafik

asimmetriyaning yuzaga kelishi sabab bo'ladi. Maslan, xushchaqchaq ( fonemalar - 9 ta,

grafemalar - 9 ta, harflar -12 ta).

5.

Orfografiya ( grekcha "orthos" to'g'ri " " graphe" yozaman) yozuv sistemasining ikkinchi



komponenti bo'lib, u to'g'ri yozish me'yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi.

Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farq qiladi: grafika qoidalari grafemaning

mazmun planini kodlashtirishda, orfografiya qoidalari esa ma'lum prinsiplar asosida

orfogrammalarni tanlashga asoslanadi. Chunonchi, "orzu" so'zida "z" ning yozilishi 《z》

grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli bu so'zning yozilishi

grafika tomonida boshqariladi. "Avtobus" so'zida esa boshqacharoq holatga duch kelinadi:

so'zdago "v" tovushi jarangsiz "f" ga aylanadi ( aftobus deb talaffuz qilinadi). Shuning uchun uni

ikki xil yozish mumkin: avtobus ( fonematik prinsip asosida) - aftobus ( fonetik prinsip asosida).

Bu ikki holatdan birini me'yor (orfogramma) qilib tanlash orfologiya zimmasiga tushadi. Hozirgi

O'zbek orfologiyasida avtobus deb yozish qoidalashtirilgan. Bundan tashqari orfografiyada

qo'shma so'z komponentlari qo'shib yoki ajratib yozishini, so'z qismlarining satrdan satrga

ko'chirilishini, bosh va kichik harflarining qo'llanilishini belgilab beradigan qoidalar ham borki,

ular grafikaga aloqador bo'lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi.

Qilichov Mirjalol



BA-166-20

Download 343,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish