dalillar yordamisiz, bevosita anglab olish, savqi tabiiy yo‗li bilan bilish qobiliyatini
anglatadigan t. Fal. tarixida I. t.si turlicha ifodalangan. Qad. fal-iy qarashlarda I.
bilishning alohida shakli deb hisoblangan. Mas., Aflotun ta‘limotiga ko‗ra,
58
bilishning obyekti – g‗oyalar dunyosidir, moddiy dunyo, narsalar to‗g‗risidagi
tasavvurlarimiz esa hissiy bilish orqali hosil bo‗ladi. Hissiy bilish, Aflotunning
fikricha, haqiqat emas, chunki u orqali kishilar g‗oyani emas, balki moddiy
narsalarni sezadi, ular to‗g‗risidagi tasavvurga ega bo‗ladi. Haqiqatni bilish,
uningcha, faqat sof tafakkur orqali amalga oshadi. Qad. Sharq fal.sida I.
payg‗ambarlarga, avliyo zotlarga xos bo‗lgan maxsus bilish usuli sifatida talqin
etilgan. Dekart ta‘limotida bilishning birdan-bir to‗g‗ri yo‗li ratsionalizmga
asoslangan deduktiv usuldir. U din va sxolastik fal. o‗rniga kishi aqlini, ilmiy
bilimni yuqori qo‗yadi. Dekartning fikricha, isbotning deduktiv shakli aksiomalarga
asoslanadi, aksiomalar esa, hech qanday isbotsiz sof intuitiv tarzda anglanadi.
Spinoza I.ni bilishning ―uchinchi xili‖, narsalarning mohiyatini qamrab oluvchi eng
ishonchli bilish deb hisoblagan. XX a. fal.sining ayrim vakillari (Bergson, Freyd)
I.ni butun ijodiy faoliyatni belgilovchi yashirin, qorong‗u, ongsiz, boshlang‗ich
ijod, deb qaraydi. Bu bilan ular I.ni intellektga qarama-qarshi qo‗yib, narsalar
mohiyatiga kirib borish aslo mumkin emas, degan g‗oyani ilgari suradi. Hozirgi
zamon fal.sining ayrim vakillari I. ni bevosita bilim, vositalangan bilim bilan
dialektik tarzda bog‗langan jonli mushohada sifatida talqin etadi va I.ni aqldan
ustun turadigan, mistik bilish qobiliyati, degan qarashni rad qiladi. I. haqiqatni
payqashning oddiy yo‗llaridan prinsipial og‗ish emas, u mazkur oddiy yo‗llarning
yuz berishining mantiqiy shakli va amaliyoti bilan bog‗liq qonuniy shaklidir.
Haqiqatni go‗yoki ―to‗satdan‖ payqash zamirida to‗plangan tajriba, ilgari hosil
qilingan bilim yotadi. I.ning psixologik mexanizmi kam o‗rganilgan, lekin mavjud
tajribaviy ma‘lumotlar uning zamirida individning atrofidagi muhit bilan
informatsion, signalli o‗zaro ta‘sir jarayonida bevosita anglangan natija bilan bir
qatorda yordamchi (anglanmagan) natijani aks ettirish qobiliyati bor, deb
hisoblashga imkon beradi. Biroq, muayyan sharoitda amaliyot natijasining mazkur
(ilgari anglanmagan) qismini individ tomonidan anglash imkoniyati tug‗iladi va
bunday intuitiv bilish natijalari vaqti kelib amaliyotda tekshirib ko‗riladi hamda
mantiqiy ravishda isbot qilinadi.