Birinchidan, ashyoviy huquq - bu fuqarolik huquqi subyektlariga tanilgan
mutloq huquq hisoblangani holda, bu belgisi bilan nisbiy, ya’ni majburiyat
huquqidan keskin farq qiladi.Ashyoviy huquq egasi ashyo ustida o’z huquqlarini
amalga oshirish jarayonida bu huquqni amalga oshirishga to’sqinlik qilayotgan har
qanday shaxsga nisbatan o’zining e’tirozlarini ilgari surishi mumkin.Majburiyat
huquqida esa majburiyat ostidagi shaxs aniq bo’lgani holda, talab o’sha shaxsga
nisbatan ilgari suriladi.Shartnomani bajarmagan yoki zarar yetkazgan subyekt -
qarzdor sifatida namoyon bo’ladi. Majburiyat huquqi shaxslar o’rtasidagi
majburiyatga oid (shartnomali va shartnomadan tashqari) munosabatlarni tartibga
solgani holda, ashyoviy huquq shaxslarni mol-mulkka tegishli bo’lgan to’g’ridan-
to’g’ri munosabatlarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |