2-mavzu: masalalar yechishni o‘rgatishda o‘qituvchining kreativ yondashuvini rivojlantirish reja



Download 355,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana31.08.2022
Hajmi355,21 Kb.
#847960
1   2   3   4   5
Bog'liq
gYGHDZTowg9AJJheLbDJWxtsSiFSVJHudTWgSWPa

S Q Т (rasmi) 


 Qayin daraxtining balandligi terak daraxtidan past bo„lsa, u holda terak 
daraxtining balandligi qayin daraxtidan baland bo„ladi.
Demak, T nuqta Q nuqtadan o„ngda joylashadi. To„g„ri chiziqda nuqtalarning 
joylashishidan daraxtlarning bo„yi eng balandi terak ekanligini aniqlaymiz. 
Bu turdagi masalalarni yechish jarayoni ongli o„zlashtirilganligini aniqlash 
maqsadida quyidagi ko„rinishdagi mustaqil ishni uyushtirish ijobiy natijalar beradi. 
O„qituvchi doskada ushbu ikkita chizmani chizib: so„ngra o„quvchilardan ulardan 
qaysi biri: “Jismoniy tarbiya darsida o„quvchilar balandlikka sakrashda 
musobaqalashadi. Agar Botir Karimdan yuqoriroqqa, lekin Ahmaddan pastroqqa 
sakragan bo„lsa, bolalardan qay biri eng eng yuqoriga sakragan?” masalasi asosida 
qurilganligini aniqlashni so„raydi. Ba‟zi o„quvchilar 1-chizmani, ba‟zilari esa 2-
chizmani belgilashadi. So„ngra o„qituvchi bolalarga o„zlari tanlagan chizmada 
quyidagi ma‟lumotlarni belgilashni so„raydi: Ahmad 98 santimetrga, Karim 90 
santimetrga, Botir 95 santimetr yuqoriga sakragan.
O„quvchilar vazifani doskada bajaradilar va 1-chizmani belgilagan 
o„quvchilar o„zlari yo„l qo„ygan xatoni anglaydilar. O„quvchilarda to„plam 
elementlarini tartiblashga doir sodda masalalarni yechish ko„nikmalari tarkib 
toptirilgach, endi bunday turdagi murakkabroq masalalarni yechishga o„tish 
mumkin. 
B K A 
1)
▬▬▬▬▬▬▬▬▬●▬▬●▬▬▬●▬
2)
▬▬▬▬▬▬▬▬▬●▬▬●▬▬▬●▬
3)
▬▬▬▬▬▬▬▬▬●▬▬●▬▬▬●▬ 
Masalalarning 
ikkinchi 
turiga 
bir 
necha 
mulohazalar 
orasidagi 
munosabatlardan xulosa chiqarishga doir masalalar kiradi. Bu turdagi masalalarni 
yechishning eng qulay usuli, qaralayotgan obyektlar yoki predmetlar soni yoki 
munosabatlarga bog„liq bo„lmagan holda mulohazalar zanjiri tuzilib ularni jadval 
ko„rinishida ifodalashdan iborat bo„lib, agar berilgan munosabat o„rinli bo„lsa, 
jadvalning mos katagiga (+) belgisi, o„rinli bo„lmasa (-) belgisi qo„yiladi.


3-masala. Karim, Vali va Sobir ko„paytirish jadvalini o„rganmoqda. Ulardan 
biri 3 ga, ikkinchisi 5 ga, uchinchisi esa 6 ga ko„paytirish jadvalini o„rganmoqda. 
Agar Vali 5 ga ko„paytirish jadvalini bilsa, Karim esa 5 ga va 6 ga ko„paytirish 
jadvallarini bilsa, bolalarning har biri qaysi songa ko„paytirish jadvalini 
o„rganayotganligini aniqlang.
Yechish. Nazariy jihatdan masala uchta elementdan iborat bo„lgan 
o„quvchilar ismlari to„plami (Karim, Vali, Sobir) bilan o„rganilayotgan songa 
ko„paytirish to„plami (3,5,6) o„rtasida o„zaro bir qiymatli moslik o„rnatishga doir 
bo„lib, ularni yechimini jadval ko„rinishida ifodalaymiz. Bunda jadvalning 
satrlariga ko„paytirish jadvali o„rganilayotgan sonlar, ustunlariga esa o„quvchilar 
ismlari yoziladi. Jadvalni to„ldirishga kirishishdan oldin o„quvchilar bilan 
“O„quvchi qaysi songa ko„paytirish jadvalini o„rgatayotgan bo„lsa, “+” belgisi, 
o„rganmayotgan bo„lsa “,-” belgisini qo„yishga” kelishib olamiz. So„ngra masala 
shartida berilgan, shuningdek, ulardan keltirib chiqariladigan xulosalar zanjiri 
qurib, ularga tayangan holda jadvalni to„ldiramiz: 
Vali 5 ga ko„paytirish jadvalini biladi. Demak, u 5 ga ko„paytirish jadvalini 
o„rganmaydi. U holda “5 ga ko„paytirish” satri va “Vali” ustuni kesishish 
katakchasiga “-” belgisi qo„yamiz.
Karim 5 ga va 6 ga ko„paytirish jadvallarini biladi. Ushbu sonlarga 
ko„paytirish jadvallarini u o„rganmaganligi uchun mos katakchalarga “-” belgilari 
qo„yamiz. Demak, Karim 3 ga ko„paytirish jadvalini o„rganayotgan bo„ladi. Mos 
katakka “+” belgi qo„yamiz.
U holda Vali 6 ga ko„paytirish jadvalini o„rganayotgan bo„ladi. Mos katakka 
“+” belgi qo„yamiz.
Agar Karim 3 ga ko„paytirish, Vali 6 ga ko„paytirish jadvalini o„rganayotgan 
bo„lsa, u holda Sobir 5 ga ko„paytirish jadvalini o„rganayotgan bo„ladi. Mos 
katakka “+” belgi qo„yamiz.
Jadvaldan Karim 3 ga ko„paytirish, Vali 6 ga ko„paytirish, Sobir esa 5 ga 
ko„paytirish jadvallarini o„rganayotganligini aniqlaymiz.


O„quvchilarda to„plamlar o„rtasida o„zaro bir qiymatli moslikni o„rnatishga 
doir masalalar yechish ko„nikmalar tarkib toptirilgach, endi bu turdagi 
murakkabroq masalalarni yechishga o„tish mumkin.
Imron, Bexruz, Diyor va Bilollar sport musobaqasida birinchi to„rtta sovrinli 
o„rinlarni egallashdi. Ulardan qaysi o„rinni egallashganini so„ralganda, uch nafar 
bola javob berdi: Imron 1- va 4- o„rin emasligi, Bexruz 2-o„rinligi, Diyor esa 4-
o„rin emasligini aytdi. Har bir bola nechinchi o„rinni egallagan? 
Yechish. (1-usul) Berilgan ma‟lumotlarga tayanib xulosalar zanjirini qurib, 
jadvalni to„ldiramiz:
Imron birinchi o„rinni ham, oxirgi o„rinni ham egallamaganligi uchun “1-
o„rin” satri va “Imron” ustuni kesishish katakchasi hamda “4-o„rin” satri va 
“Imron” ustuni kesishish katakchasi “-” belgisi qo„yamiz;
Bexruz ikkinchi, o„rinni egallaganligi ma‟lum. Mos katakchaga “+” belgi 
qo„yamiz;
Imron ikkinchi o„rinni egallamagan. Mos katakchaga “-” belgi qo„yamiz. U 
holda Imron uchinchi o„rinni egallagan. Mos katakchaga “+” belgi qo„yamiz. 
Diyor to„rtinchi o„rinni egallamaganligi ma‟lum. Mos katakchaga “-” belgi 
qo„yamiz.

Download 355,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish