Universitet professori talabalari uchun eʼlon qildi: Mening oʻqitadigan fanimni yaxshi bahoga



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
Sana20.08.2022
Hajmi0,53 Mb.
#847341
TuriReferat
Bog'liq
5-6



5-6 sinf uchun 
1.
Universitet professori talabalari uchun eʼlon qildi: “Mening oʻqitadigan fanimni yaxshi bahoga 
topshirish uchun talaba yoki 80 sahifalik diplom ishini topshirishi, yoki 20 sahifalik referat va 
ogʻzaki imtihon topshirishi kerak”. Botir, Sardor va Nodir doʻsti Akbarning ushbu fanni yaxshi 
bahoga topshirish imkoniyati haqida gaplashmoqdalar. Ularning fikri quyidagicha: Botir: “Akbar 
ushbu fanni yaxshi bahoga topshira oladi, chunki u diplom ishini tayyorlab boʻldi”. Sardor: “Akbar 
ushbu fanni yaxshi bahoga topshira olmaydi, chinki u referatni yozish uchun kerakli manbani topa 
olmadi”. Nodir: “Men Akbar ushbu fanni yaxshi bahoga topshira oladi deb oʻylayman, chunki u 
fanni juda yaxshi biladi va ogʻzaki imtihonni topshirishda hech qanday qiyinchilikka duch 
kelmaydi”. Ushbu berilganlarga koʻra, bolalardan qaysilarining gapi toʻgʻri?
*
A.
Botir va Nodirning 
B.
Sardor va Nodirning
C.
Faqat Sardorning
D.
Faqat Botirning 
2.
Prezident maktablariga kirish imtihoniga tayyorlanayotgan oʻquvchilar asosiy eʼtiborni nechta 
misol yoki masala ishlaganiga emas, ularni qanchalik tushunganiga qaratishi maqsadga muvofiq. 
Quyidagi javoblarning qaysi biri sizning yuqoridagi fikrga qoʻshilishingizga asos boʻla oladi? * 
A.
Imtihonga tayyorlashda koʻp oʻqituvchilar oʻquvchilariga iloji boricha koʻproq masala 
ishlatishga harakat qilishadi. 
B.
Imtihonga tayyorlashda koʻp oʻqituvchilar oʻquvchilariga iloji boricha koʻproq masala 
ishlatishga harakat qilishadi. 
C.
Prezident maktablariga kirish istagidagi oʻquvchilar juda koʻp, demak bu borada raqobat ham 
juda kuchli boʻladi. 
D.
Oʻquvchilar imtihonda qanday topshiriqlar tushishini bilmaydilar, shuning uchun ular vaqtlarini 
misol va masalalarni yodlashga emas, turli xildagi masalalarni yaxshiroq tushunishga sarflashi lozim. 
3.
Doktor hamshiraga bemorni davolash uchun “Alfa”, “Betta” va “Gamma” dorilaridan birisidan 
foydalanishni buyurdi, lekin bundan oldin bermorning kasallik tarixi bilan tanishishni qattiq 
tayinladi. “Agar bemor avval “Alfa” dorisini qabul qilgan boʻlsa, unga “Betta” dorisini berish 
mumkin emas. Agar u avval “Betta” dorisini qabul qilgan boʻlsa, “Gamma” dorisi unga aks taʼsir 
qilib, sogʻligini yaxshilash oʻrniga, aksincha, yomonlashtirishi mumkin”. Hamshira bemor avval 
ushbu dorilardan faqat “Gamma” dorisini qabul qilganini aniqladi. Endi u bemorni davolashda ushbu 
dorilardan qaysilaridan foydalanishi mumkin? * 
A.
Alfa va Gamma dorisidan 
B.
Dorilarning ixtiyoriy bittasidan foydalanishi mumkin 
C.
Hech qaysidan 
D.
Alfa va Betta dorisidan 
4.
“Ishtaha” oshxonasi ofitsianti kuzatishlariga koʻra, oshxonaga tashrif buyuradiganlarning ichida 
eng koʻp xoʻranda mantini yoqtirar ekan, bu borada ikkinchi oʻrinda lagʻmon, uchinchi oʻrinni esa 
somsa egallashi maʼlum boʻldi. Oshxonaning baʼzi xoʻrandalari bu ovqatlardan ikkitasini yaxshi 
koʻrar ekan, lekin uchala ovqatni ham bir vaqtda yaxshi koʻradigan xoʻranda topilmapti. Ofitsiant 
tushunarli boʻlishi uchun kuzatishlarini doiraviy diagrammalar yordamida aks ettirmoqchi. U buning 
uchun quyidagi diagrammalarning qaysi biridan foydalanishi mumkin? * 


5.
“Bugun maktabimizda yongʻin xavfsizligi mutaxassisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 
mutaxassis nima uchun maktablarda, va umuman hamma tashkilotlarda yongʻin xavfsizligi burchagi 
tashkil qilinishi haqidagi savolga javob berdi.” Quyidagilardan qaysi biri mutaxassisning ushbu 
savolga javobi boʻlishi mumkin? * 
A.
Olovni oʻchirishga harakat qancha erta boshlansa, uni oʻchirish shunchalik oson boʻladi va uning 
zarari kam boʻladi. 
B.
Yongʻin kelib chiqishining oldini olish uchun elektr jihozlar sozligini doimo nazorat qilib boring, 
bolalarning gugurt bilan yolgʻiz qolishiga yoʻl qoʻymang, ogoh boʻling. 
C.
Koʻpincha masʼullar yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilmaydilar, bu esa oʻz navbatida juda 
noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
D.
Yongʻin juda xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan fojea 
6.
Kechagi mashgʻulotdan keyin murabbiy olimpiadada ishtirok etishni istagan sportchi qanday 
ovqatlanish tartibiga rioya qilishi, nimalar yeyishi kerakligi haqida koʻrsatma berdi. Men uning 
gaplariga qoʻshilmayman, chunki murabbiyning oʻzi bironta olimpiadada ishtirok etmagan ekan. Oʻzi 
hech qanday olimpiadada ishtirok etmagan odam u yerda qatnashish uchun nima qilish kerakligini 
qayerdan bilishi mumkin. Ushbu matn muallifi qanday xatoga yoʻl qoʻydi? * 
A.
Muallif olimpiadada qatnashish uchun qattiq shugʻullanish oʻrniga, bundan qochish uchun 
bahona izlayapti 
B.
Muallif olimpiadada ishtirok uchun toʻgʻri ovqatlanish muhimligini unutdi 
C.
Muallif trenerning olimpiadada qatnashmagan boʻlsa ham, boshqa musobaqalarda muntazam 
qatnashib kelganini bilmaydi 
D.
Muallif biror fikr xatoligini isbotlash uchun oʻsha fikrga qarshi isbot keltirishi kerak, muallifga 
qarshi emas 


7.
Ushbu fikrlardan qaysi biri toʻgʻri * 
A.
b fikr toʻgʻri 
B.
e fikr toʻgʻri 
C.
c fikr toʻgʻri 
D.
g fikr toʻgʻri 
8.
Uchta doʻst, Anvar, Sobir va Bobur 3 xil rangdagi futbolka va kepkada sayrga chiqishibdi. Anvar 
kiygan futbolka rangi yashil, Sobirniki oq va Bobur kiygan futbolka qora ekan. Ularning 
kepkalarining rangi ham shu 3 rangdan birida, lekin hech qaysisining futbolkasi va kepkasi rangi bir 
xil emas ekan. Quyida berilgan javoblardan faqat bittasi xato boʻlsa, qaysi javob xato ekanini 
aniqlang. * 
A.
Anvar oq kepka kiygan 
B.
Bobur oq kepka kiygan 
C.
Bobur yashil kepka kiymagan 
D.
Sobir kiygan kepka rangi yashil 
9.
Futbol oʻyinini sharhlagan kommentator: “Bugungi oʻyinda bizning jamoamiz 2:0 hisobida 
gʻalaba qozondi. Gollarni 9 va 11 raqamdagi oʻyinchilar kiritdi. Lekin ushbu oʻyinning eng yaxshi 
oʻyinchisi deb bir ovozdan 7 raqamli futbolchi tan olindi”. Agar kommentatorning gapi toʻgʻri boʻlsa, 
quyidagilardan qaysi biri toʻgʻri boʻlishi kerak? * 
A.
Bizning jamoamiz hamma oʻyinda gʻalaba qozonadi. 
B.
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun unda gol kiritish shart emas 
C.
9 va 11 raqamdagi futbolchilar gol kiritgan boʻlsa ham, ularning oʻyinini qoniqarli deb 
boʻlmaydi 
D.
7-raqamli futbolchi – jamoamizning eng yaxshi futbolchisi 
10.
Afsonaviy mamlakat qiroli eʼlon qildi: “Malikaga uylanishni istagan shaxzoda eng keskir 
qilichni topishi va ajdarhoni yengishi yoki sehrli koʻzguni izlab topib, uning yordamida yalmogʻiz 
kampirni tutib kelishi lozim”. Agar qirol oʻz soʻzida tursa, quyida berilganlardan qaysi biri aniq 
toʻgʻri boʻladi? * 


A.
Shaxzoda Axmad malikaga uylangan, demak u yalmogʻiz kampirni tutib kelgan 
B.
Shaxzoda Vali malikaga uylanmagan, demak unda keskir qilich ham, sehrli koʻzgu ham yoʻq 
C.
Shaxzoda Ali eng keskir qilich egasi, demak u malikaga uylanadi. 
D.
Shaxzoda Rustam ustadan sehrli koʻzguni sotib olib, yalmogʻiz kampirni tutib keldi, demak u 
malikaga uylanadi 
11.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, operani yoqtiradiganlar klassik musiqani ham yoqtirar 
ekanlar. Klassik musiqani yoqtirganlar esa orkestr konsertiga umri davomida hech boʻlmasa bir marta 
kirar ekanlar, lekin klassik musiqani yoqtirganlar rok musiqasini yoqtirmas ekan. Rok musiqasini 
yoqtirganlar esa albatta pop musiqalarni eshitishni yoqtiradilar. Berilganlarga asoslanib, 
quyidagilardan qaysi toʻgʻri boʻlishi mumkin emas? * 
A.
Rok musiqasini yoqtirganlar operani yoqtirishi mumkin 
B.
Operani yoqtirganlar umri davomida hech boʻlmasa bir marta orkestr konsertiga kiradilar. 
C.
Axmad pop musiqasini ham, operani ham tinglashni yaxshi koʻradi 
D.
Pop musiqasini eshitishni yoqtirganlar klassik musiqani eshitishi mumkin 
12.
Talabalar Feruza, Goʻzal, Hakim, Husan va Kamola yakuniy imtihon topshirish uchun 
keldilar. Goʻzal imtihonni Feruzadan oldinroq topshirdi. Kamola Hakim va Husandan oldinroq 
imtihonga kirdi. Hakim va Feruza imtihonga birga keldilar, demak ular imtihonni ham biridan keyin 
ikkinchisi topshirgan (lekin qaysi ertaroq topshirganini bilmaymiz). Talabalar imtihonni topshirish 
ketma-ketligi quyidagilardan qaysi boʻlishi mumkin? * 
A.
Goʻzal, Kamola, Hakim, Husan, Feruza 
B.
Goʻzal, Husan, Kamola, Hakim, Feruza 
C.
Kamola, Goʻzal, Husan, Feruza, Hakim 
D.
Goʻzal, Feruza, Hakim, Kamola, Husan 
13.
Fazilat, Laylo va Barnolarga dadasi shar sovgʻa qildi. Sharlar jami soni 9 ta, demak har 
qizga 3 tadan shar tegdi. Quyida qaysi rangdagi shar kimga berilgani haqida baʼzi maʼlumotlar 
berilgan: -Qizlarning hech qaysi ikkitasi olgan sharlar ranglari aynan bir xil emas. -Kimga koʻk rangli 
shar berilsa, u sariq shar ham olgan. -Qizil shar olgan qiz koʻk va yashil sharlarni yoqtirmaydi. 
Quyidagi javoblardan qaysi birida qizlardan birontasi olgan sharlar ranglari koʻrsatilgan boʻlishi 
mumkin? * 
A.
Koʻk, yashil, siyohrang 
B.
Yashil, sariq, oq 
C.
Sariq, koʻk, qizil 
D.
Qizil, oq, yashil 
14.
Oʻqituvchilar Anvar, Dilorom, Bobur, Saida, Dilshod va Muhabbatlar yanvar, fevral, 
mart va aprel oylarida malaka oshirish kurslarida qatnashdilar. Har bir oʻqituvchi malaka oshirish 
kursida bir oy qatnashdi, har bir oyda kamida bir oʻqituvchi malaka oshirish kurslariga bordi. 
Bularning kursga qatnashish tartibi haiqda quyidagilar maʼlum: -Bobur malaka oshirish kurslariga 
Dilshoddan ham, Saidadan ham oldinroq bordi. -Saida va Muhabbatlar malaka oshirish kurslariga bir 


vaqtda qatnadilar. -Yanvar oyida malaka oshirish kurslariga qatnaganlar soni fevral oyidagidan 
koʻproq. Berilganlarga koʻra, quyidagilardan qaysi biri oʻqituvchilarning malaka oshirish kurslariga 
qatnashish jadvali boʻlishi mumkin? * 
A.
yanvar – Anvar va Bobur, fevral – Dilshod, mart – Muhabbat va Dilorom, aprel – Saida 
B.
yanvar – Anvar va Dilorom, fevral – Dilshod, mart – Saida va Muxabbat, aprel – Bobur 
C.
yanvar – Bobur, Saida, Muxabbat, fevral – Dilshod, mart- Anvar, aprel – Dilorom 
D.
yanvar - Bobur va Dilorom, fevral – Anvar, mart – Saida va Muxabbat, aprel – Dilshod 
15.
Imtihonda qanday savollar tushishini hech kim aniq bilmaydi. + Imtihonda tushadigan 
namunaviy savollar yetarlicha mavjud + Biror misolni shunchaki yodlab emas, uni tushinib 
ishlaganda, keyingi safar shu yoʻnalishda, lekin boshqacha misollarni ham ishlashda muammo 
boʻlmaydi. = ? Soʻroq belgisi oʻrnida quyidagi javoblardan qaysi biri boʻlishi kerak? * 
A.
Bilimli bola har qanday savollarni ishlashda qiyinchilikka duch kelmaydi 
B.
Imtihonga tayyorlanishdan foyda yoʻq 
C.
Imtihon uchun tayyorlangan namunaviy savollarning imtihonga hech qanday aloqasi yoʻq 
D.
Imtihonda yaxshi natija koʻrsatish uchun namunaviy savollarni yodlash emas, ularni tushinib 
ishlash kerak 
16.
Kompaniya oʻtgan oyda rekord darajada katta zarar koʻrdi. Bu holatni toʻgʻrilash uchun 
kompaniya raxbari endi mahsulotlarni arzonroq narxda sotishga koʻrsatma berdi. Yuqoridagilar 
toʻgʻri boʻlsa, kompaniya egasi qaror qabul qilishda yana qaysi mulohazaga tayangan boʻlishi 
mumkinligini aniqlang:
A.
Mahsulot qancha arzon sotilsa, undan tushadigan foyda shunchalik koʻp boʻladi 
B.
Mahsulot arzon sotilsa, avval mahsulotni sotib olishga qurbi yetmagan odamlar ham sotib olishi 
mumkin boʻladi 
C.
Agar mahsulotlar arzonlashtirilsa, bitta mahsulotdan tushadigan foyda kamaysa ham, mahsulot 
koʻp sotilishi evaziga umumiy foydani koʻpaytirish mumkin 
D.
Kompaniya bir marta zarar koʻrgandan keyin uning keyingi oylarda foyda qilishi imkoni 
boʻlmaydi 
17.
Fermada tovuqlar va quyonlar bor. Jami hayvonlar soni 25 ta, ularning oyoqlari soni esa 
70 ta. Fermadagi tovuqlar va quyonlar sonidagi farqni toping * 
A.
15 
B.

C.

D.
10 
18.
Bolalar bogʻchasi oshpazi ertalabki nonushta uchun har dushanba va payshanba kunlari 
pechenye, har seshanba va juma kunlari pirog va har chorshanba kuni keks pishirib beradi. Bolalar 
bogʻchasi shanba va yakshanba kunlari ishlamaydi. Sentyabr oyida oshpaz bolalar uchun 9 marta 
pechyenye, 8 marta pirog va 4 marta keks pishirdi. Quyidagi sanalarning qaysi birida keks pishirilgan 
boʻlishi mumkin? * 


A.
10 
B.

C.
30 
D.
18 
19.
Fermer sotish uchun bozorga mevalar olib bordi. U olib borgan olmalar jami ogʻirligi 
noklardan 2 barobar koʻp, anorlarning umumiy vazni noklardan ikki barobar kam va behilar 
olmalardan 15 kg kamroq. Agar fermer olib borgan hamma mahsulot umumiy ogʻirligi 150 kg boʻlsa, 
fermer bozorga qancha behi olib borganini aniqlang. * 
A.
15 
B.
60 
C.
30 
D.
45 
20.
Quyidagi jadvalda 4 B sinf oʻquvchilaridan Prezident maktabiga hujjat topshirishni 
istagan oʻquvchilarning baʼzi fanlardan olgan yillik baholari keltirilgan. Bu oʻquvchilardan nechtasi 
Prezident maktabiga hujjat topshira olishini aniqlang. * 
A.

B.

C.

D.

21.
Quyidagi jadvalda Aplle noutbuklari savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkondagi 
ishchilarning oxirgi bir yilda sotgan noutbuklari soni keltirilgan. Har faslda (yoz, kuz, qish va 
bahorda) eng koʻp noutbuk sotgan sotuvchi maxsus nishon bilan taqdirlandi. Oxirgi bir yilda eng 


koʻp nishon olgan sotuvchini aniqlang *
A.
Sanjar 
B.
Dilshod 
C.
Bahodir 
D.
Mansur 
22.
Barmen yangi ichimlik tayyorlash uchun 500 grammlik idishga maxsus sharbatdan 200 
gramm quydi, qolganini suv bilan toʻldirdi. Bu ichimlikni tatib koʻrib, uning sal shirinroq boʻlganini 
sezdi, shuning uchun uning yarmini toʻkib tashlab, oʻrniga yana toza suv soldi. Endi unga bu 
shirinlikning mazasi maʼqul boʻldi va ertaga boʻladigan zayofatga shu nisbatdagi ichimlik 
tayyorlashga ahd qildi. Ertaga boʻladigan zayofat uchun barmenning shogirdi yarmi maxsus sharbat, 
yarmi suv solingan 10 kg ichimlik tayyorlab qoʻygan ekan. Barmen shogirdi tayyorlagan 
ichimlikning taʼmini oʻziga yoqqan shaklga keltirish uchun unga qancha suv qoʻshishi kerak? * 
A.
20 
B.
15 
C.
10 
D.

23.
A)
4 va 5 
B)
1 va 2 
C)
3 va 4 
D)
2 va 3 


24.
A, B, C, D va E qishloqlarini bir-biriga bogʻlab turgan yoʻllar uzunliklari quyidagi 
jadvalda berilgan (km). (Agar ikki nuqta orasida masofa koʻrsatilmagan boʻlsa, demak u qishloqlarni 
toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlaydigan yoʻl yoʻq, boshqa qishloq orqali borishga toʻgʻri keladi). Yoʻlovchi A 
qishlogʻidan E qishlogʻidagi mehmonxonaga yetib borishi kerak, lekin oldin C qishlogʻidagi doʻsti 
bilan uchrashishi kerak. Buning uchun yoʻlovchi eng kamida qancha yoʻl yurishi kerak boʻladi?
A)

B)

C)

D)
11 
25.
Barno bir varaq qogʻozni buklab, buklangan qogʻozning oʻrtasidan bitta kichkina teshik 
ochadi, keyin qogʻozni ochadi, natijada ushbu rasmdagi koʻrinish paydo boʻladi. Barno qogʻozni 
buklash chizigʻi toʻgʻri koʻrsatilgan javobni toping.


26.
Zilolada yuzalari 1 cm2, 4 cm2, 9 cm2 va 16 cm2 boʻlgan 4 ta yurak shaklidagi qogʻoz 
boʻlaklari bor. U ushbu shakllarni ustma ust qoʻyib, shakllarni bir-biriga yelimladi, natijada ushbu 
shakl paydo boʻldi. Paydo boʻlgan shakldagi qora maydonning yuzasi qancha santimetr kvadratga 
teng?
A)
10 
B)
11 
C)
12 
D)

27.
Yulduzning 20 ming soʻm puli bor, uning 4 ta singlisining har birida 10 ming soʻmdan 
pul bor. Hamma opa-singillarning pullari teng boʻlishi uchun Yulduz har bir singlisiga qancha berishi 
kerak? * 
A)
1000 
B)
2000 
C)
2500 
D)
1500 
28.
Jismoniy tarbiya darsida bir necha qizlar aylana shaklida tizilib turibdilar. Oʻqituvchi 
ularga tartib boʻyicha sanashni buyurdi. Sanashni Barno boshlaydi, Barno 1 raqamini aytsa, uning 
yonidagi qiz 2 raqamini, keyingi 3 raqamini aytadi va hakozo. Agar qizlar sanoqni soat strelkasi 
yoʻnalishida amalga oshirsalar, Saida bu hisobda 6 boʻladi, agar soat strelkasiga teskari yoʻnalishda 
amalga oshirsalar, Saida 8 boʻladi. Ushbu darsda necha qiz aylana hosil qilayapti? * 
A) 13 
B) 12 
C)
14 
D)
10 
29.
Yuk mashinasi 2 tonna ogʻirlikni koʻtara oladi, uning yuk solinadigan joyi oʻlchamlari 
eni 180 cm, boʻyi 280 cm va balandligi 160 cm. Ushbu mashinaga quyidagilardan qaysini 
joylashtirish mumkin? * 
A)
Eni 130 cm, boʻyi 80 cm, balandligi 140 cm boʻlgan 4 ta har biri 450 kg lik quti 
B)
Eni 160 cm, boʻyi 200 cm, balandligi 150 cm boʻlgan 2 ta har biri 600 kg lik quti 
C)
Eni 100 cm, boʻyi 180 cm, balandligi 150 cm boʻlgan 3 ta har biri 500 kg lik quti 
D)
Eni 100 cm, boʻyi 120 cm, balandligi 1 metr boʻlgan 5 ta har biri 500 kg lik quti 
30.
Erkin 3x3 oʻlchamli jadval chizdi va uni raqamlar bilan toʻldirmoqchi. Jadvaldagi 
ixtiyoriy yonma-yon kataklardagi sonlar yigʻindisi bir xil boʻlishi kerak. Hozir u jadvalga 2 ta son 
joylashtirdi. U jadvalni toʻldirib boʻlganda, jadvaldagi hamma sonlar yigʻindisi nechaga teng boʻladi?


A)
20 
B)
18 
C)
22 
D)
Toʻgʻri javob bir nechta boʻlishi mumkin 
31.
Toʻrtta qiz ushbu shakldagi tasvirlangan karavotlarda uxlayaptilar. Barno va Raʼno chap 
tarafda, bir-biriga qaragan holda kulrang yostiqlarga bosh qoʻyib yotibdilar, Manzura va Laylo bir-
biriga orqa oʻgirib uxlayaptilar. Qizlarning nechtasi chap tomonga qarab uxlayaptilar?
A)

B)

C)

D)

32.
Rashidda bir xil oʻlchamdagi ikkita kvadrat bor. U bu kvadratlarni bir-biriga yelimladi. 
Rashid quyidagi shakllardan qaysi birini hosil qila olmaydi?


33.
Men sartaroshxonada soch oldirayotganimda orqamda turgan devor soatning oldimdagi 
oynadagi aksini koʻrdim. Bu ushbu koʻrinishda edi. 10 daqiqadan keyin oynada men qanday tasvirni 
koʻraman?
34.
Mening 10 ta oʻrdagim bor. Oʻrdaklar har kuni bitta tuxum tugʻar edi, lekin endi bir 
nechta oʻrdak har 2 kunda 1 tuxum tugʻayotganini payqab qoldim, chunki 10 kunda oʻrdaklar tuqqan 
tuxumlar soni 85 ta boʻlibdi. Mening nechta oʻrdagim har 2 kunda bitta tuxum tugʻayapti? * 
A) 2 
B)

C)

D)

35.
Surayyo 3 ta kitob sotib oldi. Birinchi kitob uchun u hamma pulining yarmidan 1000 
soʻm koʻproq pul toʻladi, ikkinchi kitob uchun qolgan pulining yarmi bilan 2000 soʻm toʻladi va 
uchunchi kitob uchun ikki kitob sotib olgandan qolgan pulining yarmi bilan 3000 soʻm toʻladi. 
Shundan keyin unda 1000 soʻm pul qoldi. Eng boshida Surayyoda jami qancha pul boʻlgan? * 
A)
34 000 soʻm 
B)
45 000 soʻm 
C)
42 000 soʻm 
D)
14 000 soʻm 
36.
Toʻquvchi tikkan kiyimi uchun mato bahosini va oʻz mehnati uchun belgilangan 
summani oladi, bu summa tikilgan kiyim turiga koʻra oʻzgarmaydi. Talabalar formasini tikish uchun 
oʻquvchilar kiyimiga qaraganda 2 baravar koʻproq, oʻqituvchilar formasiga qaraganda 2 baravar 
kamroq mato ketadi. Quyidagi javoblardan qaysi birida bu kiyimlar uchun belgilangan oxirgi narxlar 
keltirilgan boʻlishi mumkin? (Baholar dollarda berilgan) * 
A)
170, 200, 240 


B)
200, 300, 500 
C)
100, 200, 300 
D)
49, 100, 196 
37.
Anton 13-tugʻilgan kunini nishonlash uchun dunyodagi eng baland 8 ta “Amerika toʻgi” 
attraksionlaridan birida (ruschasi “американские горки”) uchmoqchi. Bu attraksionlar dunyo 
boʻylab tarqalgan. Anton qaysi attraksionda uchishni tanlaganda quyidagi maʻlumotlarni inobatga 
olishi kerak: - Anton boʻyining balandligi: 143 cm; - Samolyotda borish va kelish xarajatlari uchun 
$400 sarflay oladi; - Attraksion kamida 90 mil/soat (taxminan 145 km/soat) maksimal tezlikga 
erishishi kerak; - Kutish vaqti 40 daqiqadan koʻp boʻlmasligi kerak. Quyida Anton uchishni xoxlagan 
dunyodagi eng baland 8 ta attraksion haqida maʻlumotlar keltirilgan. Anton uchish uchun qaysi 
attraksionni tanlaydi?
A)
Voyage 
B)
Dodonpa 
C)
Kingda Ka 
D)
Superman 
38.
Uchta oʻquvchi, Ali, Vali va Gʻani 1 dan 5 gacha boʻlgan raqamlar ichidan tanladilar, 
bunda Ali 4 ta raqam tanladi, Vali va Gʻani har biri 3 tadan raqam tanladi. Hech kim bitta raqamni 
ikki marta tanlamadi, hech kimda ketma-ket kelgan 3 ta raqam tanlanmagan va hech bir raqam 2 
martadan koʻp tanlanmagan. Agar Vali tanlagan raqamlar ichida 5 raqami boʻlsa, Gʻani tanlagan 
raqamlarni aniqlang. * 
A)
1,2,4 
B)
1,3,4 
C)
2,3,5 
D)
1,3,5 
39.
Siz sehrli qora qog'ozga turli xil naqshlarni chizishingiz mumkin. Boshida, qog'oz qora. 
Ushbu to'rtta rang qora qog'oz ostida shu tarzda yashiringanki, unga o'tkir narsa bilan sirt ustida 
yurg’izilsa, orqa tarafdagi rang ko'rinadi. Ushbu qog'ozdagi quyidagi rasmlardan qaysi birini 
chizishda aniq 3 ta yashirin rang ko'rinadi?


40.
Viktor kechki ovqatdan oldin pechenye iste'mol qilishni yaxshi ko'radi, endi u och emas, 
lekin chanqagan. Uning onasi bilan aloqa qiladigan maxfiy tili bor: • Agar u «Ha» deb aytsa, «aniq 
emas» degan ma'noni anglatadi. • Agar u "Yo'q" deb aytsa, bu "Ha" degan ma'noni anglatadi. • Agar 
u "aniq emas" deb aytsa, bu "Yo'q" degan ma'noni anglatadi. • Och bo'lganida, u "men sovqatdim" 
deydi. • Chanqaganida, u "issib ketyapman" deydi. • U uxlashni xohlaganida, u "Men ovqat 
istayman", deydi. "Yo'q, chanqadim" ni anglatishi uchun, u onasiga nima deyishi kerak? * 
A)
"Yo'q, men ovqat istayman" 
B)
"Aniq emas, men sovuq qotyapman" 
C)
"Aniq emas, issib ketyapman". 
D)
"Ha, issib ketyapman" 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish