10
BARKAMOL AVLODNI MA’NAVIY YETUK QILIB TARBIYALASHDA
BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING O‘RNI
Mirkamolova Maxsuda Nazirjonovna
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani
28- maktab Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Telefon:+99899 914 79 17
Annotatsiya:
Ushbu maqolada barkamol avlodni yetuk qilib tarbiyalashda boshlang‘ich
ta’limning o‘rni, didaktik o‘yinlarning ahamiyati, masofadan o‘qitish tizimi haqida mulohazalar
yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
barkamol avlod, didaktik o‘yilar, masofadan o‘qitish tizimi.
O‘quvchi ma’naviyatini yuksaltirish, bilimini oshirishda boshlang‘ich ta’limning ahamiyati
katta. bugungi kunda boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi bolaning o‘qishga bo‘lgan ijobiy
munosabati, o‘qish savodxonligi, turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilishi
va ularni kundalik hayotda qo‘llay olishi, mantiqiy va ijodiy fikrlashi, o‘z-o‘zini boshqarishi,
jamoada o‘zini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, chet
tillarini o‘rganishni boshlash, ta’limiy faoliyatini tashkil etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan
iborat.
Bo‘shlang‘ich ta’limda didaktik o‘yinlar vositasida darslarni olib borish bolalarning aqliy
faoliyatiga tezkor kirishishi va adabtatsiya hosil qilishlariga ham ko‘mak beradi. Yangi dars
boshlanishida yoki o‘tilgan darsni mustahkamlash paytida didaktik o‘yinlardan foydalanish
o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish mumkin. boshlang‘ich ta’limda didaktik
o‘yinlarning ahamiyati beqiyosdir. O‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’lum sifatlarni
shakillantirish uchun, o‘qituvchilar, ota onalar tomonidan qollaniladigan usuldir. O‘yin
vositasida o‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi. Turli xil narsa-buyumlar bilan
munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek ularda muomala madaniyati shakllanadi. Quyidagi
didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
“O‘zim tekshiraman”, “Topog‘on”,”Bo‘lishi mumkin emas”, “Doiraviy misollar”, “Davom ettir”,
“Sirli osmon”, “Zanjir”, “O‘yin topishmoq”, “Tez javob”, “Rebus”, “Quruvchi”, “Nima yo‘qolib
qoldi” kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin. Ta’lim jarayonida yangiliklarni tez-tez joriy etish bir
xil dars o‘tishdan qochish, malakali pedagoglarni ish tajribasini o‘z pedagogic jarayonida qollay
bilish, bularning hammasi sifat samaradorligini oshirishdagi vazifalardan biri sanaladi. har bir
o‘qituvch izlanishi bugungi kun talablari asosida o‘zini o‘zi tarbiyalashi o‘z ustida tinmay ishlashi
zamonaviy pedagogic va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirishi uni ta’lim
jarayoniga qo‘llay olishi kerak. hozirgi kunda buning uchun o‘qituvchida barcha imkoniyatlar
mavjud.
Men shu o‘rinda o‘z ish tajribamda erishgan yutuqlarim haqida o‘rtoqlashmoqchiman. O‘z
darslarimda o‘yilardan ko‘p foydalanganligim uchun o‘quvchilarimning birinchi navbatda bilim
samaradorligi juda yaxshi. O‘zim o‘qitadigan fanlardan bilim ko‘rsatkichlari 80 foizdan yuqori.
bolajonlar bilan oramizdagi munosabatlar juda yaxshi. Ayniqsa bolajonlarning orasida muntazam
dars qoldiradigan o‘quvchi umuman yo‘q. davomat ko‘pincha yuz foizni tashkil qiladi. chunki
bolajonlarim maktabga oshiqib kelishadi.Afsuski koronavirus pandimiyasi tufayli ko‘pgina
tanlovlarimiz qoldirildi. O‘quvchilarimiz “Yurt kelajagi” kickintoylar olimpiadasiga juda faol
qatnashib kelmoqda edilar. Onlayin dars rejimiga o‘tganimizdan keyin ham o‘quvchilarimning
deyarli hammasi muntazam mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib borishdi. hozirgi kunda boshlang‘ich
ta’lim sifat va samaradorligini oshirish zamonaviy pedagogik inavatsion va axborot kommunikatsiya
texnalogiyalarini ta’lim jarayoniga keng tadbiq etish ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishni ham
taqozo etadi. bu jarayonda boshlang‘ich sinf o‘qituvchi kasbiy salohiyatini namoyish qila olishi
bolalar pisixologiyasi hozirgi zamon bo‘shlang‘ich ta’lim metodikasini bilishi hamda o‘z ustida
mustaqil ishlashi, fandagi barcha yangiliklardan xabardor bo‘lishi samarali o‘qitish metodikalarini
o‘zlashtirishi lozim.
Ayniqsa hozirgi pandemiya davrida biz bunga yana bir bora ishonch hosil qildik. chunki
karantin e’lon qilinganda AkT laridan bilimimiz yetarli emasligi bilinib qoldi. Ammo bizda
karantin boshlanganda vaqt ko‘p bo‘lganligi uchun tezlikda bilib olishga harakat qildik. 4-chorak
62
10
boshlanganda kundalik vazifalarni muntazam bajarib bordik. Shu bilan birgalikda axborot
kommunikatsiya texnologiyarining imkoniyatlari juda ko‘p ekanligiga amin bo‘ldik.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol
ko‘rinib bormoqda turli ta’lim shakllari qatori masofadan o‘qitishning keng qo‘llanilayotganligi
ham albatta quvonchli holdir. Axborot kommunikatsiya texnologiyarining rivojlanishi masofadan
o‘qitishni tashkil etishni yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etish
hozirgi zamon modellari asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. barcha
oily ta’lim muassasalari kabi xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash
institutlarida ham masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasi amalga oshirish borasida qator ishlar
olib borilmoqda. Shu ishlar doirasida bizning Sirdaryo viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari
Namangan va Jizzax viloyatlarining xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hududiy markazlarida masofadan o‘qib o‘z malaka-tajribamizni oshiryapmiz. bizning
bu faoliyatimida Boyovut tumani xalq ta’limi boshlag‘ich ta’lim metodistimiz Gulnora Xoliqova
yaqindan yordam bermoqda. berilgan topshiriqlarni bizga o‘z vaqtida yetkazib beradi. biz ham
bu topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida bajarib o‘z bilim malakalarimizni oshirib bormoqdamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1
Ijtimoiy tarmoqlar.
2
Shaxsiy tajribalarim haqidagi mulohazalar.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |