tomonidan taklif etilgan, shuningdek, dissertantning shaxsiy ijodiy yondashuvi
bo’yicha asoslangan o’yinlardan samarali, maqsadga muvofiq foydalanildi. "Turli
mavzulardagi suhbat", "Keling, tanishamiz!" kabi muloqot-intellektual o’yinlari
hamda "Birgalikda ovqatlanamiz" nomli sahna ko’rinishidagi o’yinlardan qrinli
foydalanildi.
11.
Rag’batlantirish metodi.
Ushbu metod boshlangich sinf o’quvchilarida
ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga
qathiy rioya qilish, mavjud tartib-qoidalarga
bo’ysunish ko’nikmalarini samarali shakllantirish maqsadida qo’llanildi. Ijtimoiy va
huquqiy mehyorlarga rioya qilish, ularga nisbatan hurmat ko’rsatish o’quvchilarning
xatti-harakatlari, kundalik faoliyatlarini bevosita hamda bilvosita kuzatish, baholash
orqali ragbatlantirilib yeki jazolab borildi. Sinov ishlari davrida o’quvchilarning xatti-
harakatlari rag’batlantirishning ko’ngilni ko’tarish va dalda berish, ishonch bildirish,
minnatdorchilik bildirish, mukofotlash kabi shakllaridan foydalanildi.
12.
Jazolash metodlari.
Ta’lim amaliyotidan mahlumki, o’quvchilar doim ham
mavjud
ijtimoiy talab, qoidalarga so’zsiz rioya qilavermaydilar. SHu bilan birga
ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishini
ham hamisha oqilona baholay olmaydilar, yoki ehtiborsiz bo’ladilar. Boshlang’ich
sinf o’quvchilarining kundalik faoliyatda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya
qilmaslik, ularga nisbatan hurmat ko’rsatmaslik kabi xatti-harakatlari ularga tanbeh
berish, koyish, uyaltirish kabi shakllaridan foydalanildi.
Ukuvchilarga nisbatan
jazolash metodlarining individual tarzda qo’llashga ehtibor qaratildi. Binobarin,
bunday yo’l tutilganda mavjud tartib-qoidalarga rioya qilmagan o’quvchilarning o’z
tengdoshlari, sinfdoshlari oldida obro’lari to’kilmaydi, shuning bilan birga ularning
salbiy xatti-harakatlari ham jazolanmay qolmaydi.
13.
Savol-javob metodi.
Mazkur metod ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doyr
bilimlarni o’zlashtirish jarayonida taqdim etilayotgan materialning o’quvchilar
tomonidan samarali o’zlashtirishini tahlil qilish, darajasini baholash maqsadida
qo’llanildi. Metod ni qo’llashda o’quvchilarning ehtiborlariga
havola etilayotgan
savollarning qisqa aniq, ravshan bo’lishiga alohida ehtibor qaratildi. Tadqiqotni olib
borishda ikki darajali savollardan foydalanildi. Ya’ni:
1) tanib olishga oid savollar;
2) ajratib olishga oid savollar.
Ushbu an’anaviy metodlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy-
huquqiy tarbiyani shakllantirishda, ularda:
➢
Ma’suliyat va Moslashuvchalik
- Shaxsning o’zida,ish o’rnida va hamjamiyat
miqyosida masulyatli bo’lish va moslashuvchanlikni mashq qilish;o’ziga va
boshqalarga nisbatan yuqori marra va standartlarni belgilash va ularga erishish;
➢
Muloqot Ko’nikmalari
-Turli xil shakl va mazmundagi samarali og’zaki,va
yozma va multimediyaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
472
➢
Tanqidiy fikirlash va tizimli fikirlash
- masalani
aniqlashda va murakkab
qarorlar qabul qilishda puxta dalilar keltirishdan foydalanish;tizimlar o’rtasidagi
uzviy bog’liqlikni aniqlash
➢
Axborot va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ko’nikmalari -
Turli
xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni taxlil etish, baxolash, boshqarish
hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash
➢
Shaxslararo va hamkorlik ko’nikmalari
- Jamoada ishlay olish va yetakchilik
qobilyatlarini namoyon etish; turli xil rollar va ma’sulyatlarni
qabul qila
olish;boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh
bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash
➢
O’z-o’zini yo’naltirish
- Shaxsiy tushunish va o’rganish ehtiyojlarni kuzatib
borish; mos keluvchi manbalarni aniqlash;bilim olishni bir jabxadan boshqasiga
ko’chirib o’ta olish
➢
Ijtimoiy mas’uliyat
- jamiyat foydasini nazarda tutgan holda mas’uliyat bilan
harakat qilish; ish o’rnida va jamiyat orasida odob va
axloq bilan ish tutish kabi
hayotiy ko‘nikmalar yoshlikdan shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: