Yengil sanoati korxonalari
faoliyatini rejalashtirish va
bashoratlash
Reja:
1
2
3
Korxona faoliyatida rejalashtirishning
o’rni va ahamiyati
Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Rejalashtirish tamoyilari
Umumiqtisodiy,
firmaning
umumiy
nazariyasi, uning
tabiati nuqtai
nazaridan
“Firma faoliyatini rejalashtirish”
tushunchasi 2 ma’noga ega
aniq
boshqaruv
nuqtai
nazaridan
Umumiqtisodiy nuqtai nazardan rejalashtirish
-
bozor va bahoning o’rnini bosa oladigan mexanizm.
Bozor tizimi doirasida uning ishtirokchilari haraktini
yo’naltirib, tartibga soluvchi asosiy omil baho
hisoblanadi. Aynan baho (narx) sotuvchi va xaridor
uchun manfaatli bo’lgan ishlab chiqarish va iste’mol
qilish hajmlari va uslublarini belgilab beradi. Firma ham
bozor tizimi ishtirokchisi sifatida baho mexanizmiga,
talab va taklifqonuniga bo’ysunishga majbur, chunki u
ularning ta’sirini bartaraf eta olmaydi. Shu sababdan
firma bozor dunyosidagi yirik organizmning
kichkinagina elementi bo’lib hisoblanadi.
Rejalashtirish menejmentning tarkibiy
qismi hisoblanadi. Uni tashkilot maqsadlarini
bashoratlash qobiliyati, faoliyat natijalarini va
maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan
resurslarni oldindan ko’ra olish qobiliyati
sifatida izohlash mumkin.
Amaliyotdan ma’lumki, rejalashtirishni qo’llash
quyidagi muhim ustunliklarni yaratadi:
Korxonani zaruriy axborot bilan ta’minlash
imkoniyatini oshiradi
Menejerlarning tayyorgarligini oshirish
uchun sharoit yaratadi
Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muamolarni
aniqlashtiradi
Korxona faoliyatini tartibga solishni yaxshilaydi
Menejerlarni o’z qarorlarini amalga oshirishga
rag’batlantiradi
Resurslarni oqilona taqsimlashga yordam beradi
Korxonada nazoratni yaxshilashga imkon yaratadi
Tadbirkorlik yoki xo’jalik faoliyatining yutug’i
ichki rejalashtirish sifatiga bog’liq. Rejalashtirish
kelgusidagi maqsadlarni aniqlashtirishni va ularga
erishish vositalarini va resurslar taqsimotini ko’zda
tutadi.
Reja umumiy ma’noda – bu kelajak obrazi. Qo’yilgan
maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimidir.
Korxona
rejasi
oldindan ishlab chiqilgan tadbirlar
tizimi bo’lib, bu tadbirlar
maqsadlarni amalga oshirishni
ko’zda tutib, ular mohiyatini
mahsulot ishlab chiqarish va
sotishni belgilangan muddatlarda
bajarilishini ta’minlanishga
qaratilgan uslublar hamda resurslar
orasidagi o’z aro bog’liqlikni
muvofiqlashtirish tashkil qiladi.
Rejalashtirish – bu rejani ishlab chiqish va uni
amalga oshirilishini nazorat qilish jarayoni bo’lib bunda
sharoitlarning o’zgarishiga muvofiq uni korrektirovka
qilish ham ko’zda tutiladi.
Ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish turli
korxona, firma va tashkilotlarda iqtisodiy resurslarni
tanlash va ulardan foydalanish qonunlari, tamoyillari,
qoidalari va usullarini o’rganadi. Ichki ishlab chiqarishni
rejalashtirish mexanizmi korxonaning haqiqiy holatini
mikroiqtisodiy tadqiq qilish va uning kelgusida rivojlanish
darajasini modellashtirishning o’z aro ta’siriga asoslanadi.
Shu sababdan rejalashtirish jarayoni maqsadni aniqlash va
unga erishish yo’llarini belgilashdan iborat.
Rejalarni ishlab chiqarishda ma’lum bir
qoida va prinsiplarga amal qilish zarur.
Birinchi marta rejalashtirish prinsiplari
A.Fayol
tomonidin ifodalangan. Uning fikricha
harakat dasturlari yoki rejalarni ishlab
chiqarishda asosan 5 prinsipiga amal qilish talab
etiladi:
zaruriylik
,
yagonalik
,
uzluksizlik
,
moslashuvchanlik
va
aniqlilik
.
Do'stlaringiz bilan baham: |