432
ijtimoiy, gumanitar va texnikaviy fanlar bilan yaqin hamkorlikda olib boriladi. Hozirga kelib, yuqorida
predmeti ochib berilgan umumiy akmeologiyadan tashqari har doim ko’p tomonli aspektli harakterga ega
bo’lgan odamni konkret faoliyat sohalarida professional shakllanish va rivojlanish masalalari munosabati
bilan akmeologiyaning yangi boshqarish, pedagogik, harbiy, sport va boshqa tarmoqlari shakllanmoqda.
Undan tashqari odamni dastlabki o’rta va kech katta yoshi va ayniqsa o’zini jismoniy sog’lig’ning
cho’qqisiga erishganda, o'zini ma’naviy va fuqarolik potensialining harakatlarini namayon bo’lishida va
professional sifatidagi ish harakatlarida rivojlanishi va o’z-o’zini rivojlantirish qonuniyatlari va
mexanizmlarini markazlashgan tushunishda keying paytlarda ilmiy doiralarga etilgan va hozirda
kuchliroq tasdiqini topayotgan akmeologiya predmeti mohiyatining juda keng ko’lamida ahamiyati
haqida gap ketayapti. Unga odamlarni kichik va katta jamoalarini misol keltirish mumkin: boshqaruv
komandalari, sport jamoalari, ishlab chiqarish birlashmalari, siyosiy partiyalar, etnoslar elatlar, davlatlar
va boshqalar hamda yangi fan predmetini ham an’anaviy tushunishida ularni rivojlanishi va o’z-o’zini
rivojini qonuniyatlari va mexanizmlarini qidirish va tahlil etish harakatini natijasi bo’lib ularni akmega
erishishlarini xudi o’zi bo’lib ko’rinadi. Bu holatda ular kutgan cho’qqilar yoki elarni akmesi asosiy
fenomen bo’lib chiqadi. Ularni umumiy, xususiy alohida xarakteristikalari maqsadga yo’nalgan, tarzda
ketma-ketlikda ochib boriladi va bayon qilinadi. Binobarin bu nomlari keltirilgan odamlar uyushmasida
kelib chiqqan ob’yektiv omillar o’zgarishlarini o’rganish chog’da sodir bo’ladi. Masala konkret ravishda
qo'yiladi va yechiladi. Misol uchun boshqaruv komandasi faoliyatidagi optimum uni xarakteristikasini va
u qanday mezonlarga javob berish kerakligini demak, unda ushbu komandaga erishgan “acme” haqida
tasdiqlamoq va oxiri ushbu komanda bu faoliyatida qo’rqmasdan optimum yoki uni xuddi o’zi acme
darajasida ko’tarila olishi haqida so’z boradi. Yoki boshqa bir misolni ko’rib chiqamiz: davlat o’z gullab-
yashnashiga erishdi, uni iqtisodiyoti va huquqiy munosabatlari, madaniyat, ta’limi, siyosiy hayoti,
fuqarolarini jismoniy va ma’naviy sog’lomligi, ularni axloqiy qarashlari va ularni turmushlarini moddiy
darajasi haqiqatdan ham ko’tarildi. Davlat o’z oldiga qo’ygan vazifasini bajardi. Bu yerda ushbu gullab
yashnashga erishish uchun qanday mexanizmlarishga tushirilgan va harakatga keltirilganligi bosh
masaladir. Shunday qilib akmeologiya predmetini odamni yetuklik darajasidagi rivoji bilan chegaralab
qo’yish va o’z rivojida qaysi sharoitlarda optimumga erishadi va uni optimum qanday bo’ladi deyishi
aniqlash bilan bir qatorda uni predmetini juda keng tushunish kerak bo’ladi. Bunga turli
umumlashmalarni rivoji va ularni rivojida eng yuqori darajaga erishishga imkon yaratuvchi sharoitlarni
aniqlash, hamda ushbu fanda bazaviy kategoriya sifatida akmeni chiqish va shakllarini keng kontinuumda
konkretlashtirish har bir holatda u yoki bu inson rivojida erishgan cho’qqi belgilarini konkret
interallashtirishi va ob’yektivlashtirishi, yoki turli jamoalarning rivojlanishlarida erishilgan cho’qqida
akkumulyasiya qilinishi namoyonligi o’z ifodasini topadi. Shuning uchun ham akmeologiyaning ustivor
masalalaridan biri ushbu shakllarni jiddiy ilmiy mezonlar talabiga javob bera oladigan tadqiqoti, bayoni
ta’rifi, tushuntirilishi va tasnifnomalari muhim. Akmeologiyaning yana boshqa bir muhim taqqos etib
bo’lmaydigan qiyin ko’rinadigan masalasi bo’lib, ob’yetiv va sub’yektiv omillarini yig’indisini
to’plamini aniqlash bo’lib chiqadi. Bu o’z navbatida ularni o’zaro harakati natijasi o'laroq odam
tomonidan yoki jamoa tomonidan “Akme”ga erishishda sodir bo’ladi. Odamlardagi akmeni mazmunli va
formal rasmiy xarakteristikalari mehnatni bir-biridan yiroq sohalarida ko’pincha paydo bo’ladigan o’zini
o’ta muhim parametrlarida (misol sarkardadagi acme va seleksioner olimdagi “acme”) bir-biridan keskin
farq qiladilar. Ushbu akmelarni mohiyatiga kirish va ulardagi umumiylikni tushunish, ayniqsa ulardagi
o’ziga xoslik, alohidalikni, hamda har bir odam yoki jamoa o’zining akmesiga erishish uchun harakat
qilganliklari va uni qonuniyatlari va mexanizmlari o’zlashtirishlari uchun bilimlar zamini o’ta zarur. Bu
bilimlar odamni ontogenezida rivojini (agar u “acme” bilan qozonsa) kichik va katta jamoa tuzilishi va
harakatini o’rganishda (agarda ularni acme bilan qiziqsa) juda ko’p fanlar tomonidan olinadi va bunda
yechiladigan masalalarni xarakteriga javob beradigan ushbu bilimlar intergrasiyasi juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: