Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


– SHO‘BA: MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

3– SHO‘BA: MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ 
TAJRIBALARNI VA YANGICHA YONDASHUVNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI 
YAPONIYA MAKTABGACHA TA’LIMINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI 
Axatova Durdona Aktamovna-p.f.n.dotsent (NavDPI

Axatova Xilola Aktamovna-o‘qituvchi (NavDPI) 
Annotatsiya. 
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohatlatlarda maktabgacha ta’imga 
e’tiborning qaratilishi, bunda xorijiy tajribalarning zarurligi haqida fikr yuritiladi, hamda Yaponiya 
maktabgacha ta’limining o‘ziga xos va umumiy bo‘lgan jihatlari, maktabgacha ta’lim mazmuni va unga 
qo‘yilgan talablar yoritib beriladi. 
Kalit so‘zlar.
Maktabgacha ta’lim, islohat, xorijiy tajriba, Yaponiya, ta’lim-tarbiya, bolalar 
bog‘chasi, oila, ona-bola munosabati, Hoikuen, Youchien. 
Bugun Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimida juda katta o‘zgarislarni ko‘rishimiz mumkin. Amalga 
oshirilayotgan islohotlarning, avvalo, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidan boshlanishi globallashuv 
jarayonida bolalar tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz 
hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosligini nazarda tutadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022–2026 yillarga 
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni[1]da 
ham maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor berilib, maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini 
hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, 2022/2023 yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha 
tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024/2025 o‘quv yili yakuniga qadar 100 foizga 
yetkazish kabilar belgilandi. 
Bizda maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda xorijiy tajribalardan keng foydalanish 
masalasiga ham e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi maktabgacha 
ta’lim tizimi va uning mazmuni bilan keng tanishib chiqishimiz lozim. Biz Yaponiyadagi maktabgacha 
ta’limning o‘ziga xosliklarini o‘rganishga harakat qildik. 
Yaponlarning butun turmush tarzida bir-biri bilan chambarchas bog‘langan an’analar va 
zamonaviylik davlat ta’lim tizimi tarkibida ham o‘z ifodasini topgan. Ta’lim tizimi shakllanishi Amerika 
va G‘arbiy Yevropa modelida bo‘lsada, ammo an'anaviy, milliy qadriyatlar saqlab qolingan. 
Yaponiyada 1947-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda maktabgacha ta’lim 
muassasasi umummilliy ta’lim tuzilmasining ajralmas qismi sifatida belgilangan. Maktabgacha yoshdagi 
bolalar uchun ta'lim standartlari ishlab chiqilgan. Yaponlar birinchilardan bo‘lib erta rivojlanish 
zarurligiga e’tibor qaratib, “Uchdan keyin juda kech” prinsipiga amal qilishadi, hayotning dastlabki uch 
yilida bola shaxsiyatiga poydevor qo‘yiladi. Yaponlarning fikricha tarbiyalashda quyidagi tamoyillarga 
amal qilish kerak: bolaning qiziqishini uyg‘otish orqali bilishni rag‘batlantirish, xarakterni tarbiyalash, 
ijodkorlik va turli ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berish. 
Bizning “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturida ham maktabgacha 
ta’lim jarayonining bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning 
harakatlanish ehtiyojlarini qondirish, bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, bolaning 
rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish[2] kabi tamoyillarga amal qilinishi 
ko‘rsatib qo‘yilgan. 
Yaponlarning fikricha, bola aqli teran, tanasi sog‘lom, aqlli va mehribon qilib tarbiyalanishi lozim. 
Yaponiyadagi maktabgacha ta'lim standartlari o‘zgaruvchan ijtimoiy talablarga muvofiq muntazam 
ravishda qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi. 1990, 2006 yillardagi ta'lim islohotlari munosabati 
bilan maktabgacha ta'lim standartlariga eng muhim o‘zgarishlar kiritildi. Unga ko‘ra maktabgacha 
ta'limning asosiy maqsadi bolaning bolalik davri uchun eng mos keladigan yashash sharoitlarini yaratish, 
sog‘lig‘ini, xavfsizligini ta'minlash, ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini, nutqini, atrofdagi dunyoga 
qiziqishini va ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat. Standartlar beshta asosiy yo‘nalishni belgilaydi: 
bolaning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash; boshqa odamlar bilan muloqot qilish 
ko‘nikmalarini shakllantirish; atrofdagi dunyo haqidagi bilimlarni shakllantirish; nutqni rivojlantirish; 
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. 
“Ilk qadam” dasturida bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: 

jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi 

ijtimoiy-hissiy rivojlanish 

nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari 


222 

bilish jarayonining rivojlanishi 

ijodiy rivojlanish. 
Bu jihatdan yaponlarning maktabgacha ta’limi mazmuni o‘zimizning dastur talablariga juda mos 
keladi. 
Yaponiyada maktabgacha ta'lim tizimi quyidagi turdagi muassasalarni o‘z ichiga oladi: davlat, 
prefektura, munitsipal; xususiy; maktablar va universitetlardagi bolalar bog‘chalari. 
Hoikuen (
保育園
) - davlat bolalar bog‘chasi bolalar parvarishi markazi hisoblanib, u 3 oylik 
bolalarni qabul qiladi. Ushbu muassasalar kichkintoylar uchun, hukumat qarori bilan ishlaydigan onalarni 
qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus yaratilgan. Bolani bu yerga qo‘yish uchun zaruriy hujjatlarni taqdim 
etishi lozim. 
Youchien (
幼稚園
) - xususiy bolalar bog‘chasi katta yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan. Bu 
yerda ular qo‘shiq aytish, rasm chizish, o‘qish va hisoblashni o‘rganishadi. Qimmatroq muassasalarda 
ular ingliz tilini o‘rgatishadi. Shunday qilib, ular maktabga to‘liq tayyorgarlik ko‘rishadi. Shuni ta'kidlash 
kerakki, bolalar bog‘chalarining asosiy vazifasi nafaqat ta'lim, balki ijtimoiylashuvdir. Ya'ni, bolalar 
tengdoshlari va butun jamiyat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi. 
Xususiy bog‘chalar orasida alohida o‘rinni nufuzli universitetlar qaramog‘idagi elita bog‘chalari 
egallaydi. Yaponlarda bola bunday bolalar bog‘chasiga kirsa, uning kelajagi ta’minlandi, deb 
hisoblashadi. Tegishli yoshga yetgach u universitet maktabiga kiradi va u yerdan imtixonsiz 
Universitetga kiradi. Bu muassasaga qabul qilish katta mablag‘ talab qiladi va bolaning o‘zi juda 
murakkab sinovdan o‘tadi. 
Yaponiyada maktabgacha ta'lim tizimining 80% dan ortig‘i xususiy bolalar bog‘chalari va 
bolalarga qarash markazlaridan iborat. Yaponiyada davlat va xususiy maktabgacha ta'lim o‘rtasida katta 
farq yo‘q. Davlat yoki xususiy mulkdagi bolalar bog‘chasida bolani boqish uchun to‘lov faqat ota- 
onalarning daromadlariga bog‘liq - oila daromadi qancha ko‘p bo‘lsa, bolalar bog‘chasi uchun to‘lov 
shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Shuningdek, har bir bolalar bog‘chasining o‘ziga xos shakli bor: bir xil shimlar, yubkalar, 
bluzkalar, ko‘ylaklar, shlyapalar va maktab sumkalari. Forma kiyish kerak. 
Yaponiyada o‘qituvchi bo‘lib ishlash sharafli, shuning uchun ham maktabgacha ta'lim 
muassasalarida ko‘plab erkak ma'murlar va o‘qituvchilar bor. 
Yapon bolalarini tarbiyalashda beshta muhim jihatga alohida e’tibor qaratiladi, bular shundan 
iboratki: 1)

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish